Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун


Download 192.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi192.12 Kb.
#198526
Bog'liq
oraliq 30 ballik



Белгияда,  бир    марта    сабабсиз  сайловда  иштирок    этамаганлик  учун 

жарима  тариқасида  50  евро  жарима.  Такроран  бузилганда  жарима  €  125  га 

ошади.  Тўртинчи  "қатнашмасликдан"    сўнг  фуқаро  ўн  йил  давомида  овоз 

бериш ҳуқуқидан, шунингдек, давлат хизматида лавозим олиш имкониятидан 

маҳрум  бўлади.  Грецияда  сайлов  вақтида  мамлакатда  сайловчининг  

малакатда бўлмаслиги  овоз бермаслик  учун  сабаб  эмас. Сайлов вақтида чет  

элда  бўлган  фуқаролар  олдиндан  овоз  беришлари  талаб    этилади.  Иштирок  

этмаганлик  учун  жарималардан  ташқари,  жиддийроқ  жазолар  ҳам  амал 

қилиши мумкин, жумладан, бир ойдан бир йилгача муддатга ҳибсга олиш ва 

озодликдан  маҳрум  қилиш,  шунингдек  унвонлар  ва  лавозимлардан  маҳрум 

қилиш.  25    евродан  70    еврога    қадар    жарима  солиш  амалиѐти  Италия, 

Германия,  Австрия,  Кипр  ва  Люксембургда  ҳам  мавжуд.  Аргентинада    эса, 

$20    дан    $  200  миқдорида  сайловларда  иштирок  этмаганлик  учун  жарима,    

бундан  ташқари  жазо    тариқасида    уч  йил  давомида  давлат  идораларида    

ишлаш    имкониятини  маҳрум  этадиди.  Худди  шундай  амалиѐт  Бразилияда 

ҳам  мавжуд. 

Савол.  Сизнингча,  сайловларда  иштирок  этмаслик  учун  қайси 

давлатнинг энг “асосли” чоралари бор? Агар сайловларда мажбурий иштирок 

этишга қарши бўлсангиз, ўз позициянгизни асосланг. 

 

 



 

 

 



 

 

 




Moraisning  fikriga  ko’ra,  ovoz  berish  subyektiv  jamoat  huquqidir  ammo 

baribir  u  vakillik  demokratiyasida  xalq  suverentetida  siyosiy  va  ijtimoiy 

funksiyasini  yo’qotmaydi.  Majburiy  vazifa  sifatida  bu  18  yoshdan  oshgan  va  70 

yoshgacha  bo’lganlar  uchun  irodaning  namoyonidir.  Bizga  taqdim  etilgan 

muammoli  vaziyatda  saylovda  qatnashmaganlik  uchun  turli  xil  davlatlarda 

,,asosli’’ choralar ko’rilishi haqida fikr bildirilgan.  

Ayrim mamlakatlarda  saylovda  ishtirok  etmaganlik  uchun  turli  choralar  

ko’rilishi  belgilangan. Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish 

nazarda  tutilgan.  Gretsiya  va  Turkiyada  saylovda    ishtirok    etish    majburiyat  

hisoblanib,  ovoz  berishda  ishtirok  etmagan  fuqaro  ozodlikdan mahrum  etilishi  

kabi holatlar belgilab qo’yilgan. 

Braziliya  hatto  Pokistonda  saylovda  qatnashmaganlik  uchun  qamoq  jazosi 

qo`llanishi  ham  mumkin.  Braziliyada  esa  18  yoshdan  70  yoshgacha  bo`lgan 

fuqarolar 

saylovda 

ishtirok 

etishi 

majburiy 

hisoblanadi, 

saylovlarda 

qatnashmaganlik  uchun  jarima  ramziy  bo`lib,  1  dollar  qilib  belgilab  qo’yilgan.  

Saylovlarda  16-17  yoshlilar  hamfda  70  yoshdan  oshganlar  ham  qatnashishi 

mumkin.  

Ushbu  muammoli  vaziyatni  taxlil  qilishda  quyidagi  savollarga  javob 

berishni maqul deb topdik;  

1.  Saylov nima ? 

2.  Qaysi davlatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ,,asosli’’ choralari 

mavjud ekaligi haqida malumotlar mavjud? 

3.  Demokratik  jamiyat  tashkil  etilayotgan  bir  davrda  Saylovda 

qatnashmaganlik  uchun  majburlov  choralarining  belgilanishi  qay 

darajada asosli? 

Yuqoridagi  muammoli  vaziyatni  taxlil  qilishda  qanday  qonun  hujjatari  va 

adabiyotlardan foydalanishimiz asosli. 

1.  Xalqaro davlatlar Konstitutsiyasi 




2.  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

3.  O’zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  Kodeksi 

4.  O’zbekiston  Respublikasining saylov to’g’risidagi qonuni va boshqalar 

Avvalo  biz  fikrimizni  saylov  haqida  qisqacha  ma’lumot  berishdan 

boshlasak. 

Fuqarolarning  o`z  saylov  huquqini  amalga  oshirishi-  ularning  davlatni 

boshqarishda  ishtirok  etishining  eng  muhim  shakllaridan  biri.  Saylovlarda    ovoz  

berish  asosiy  tadbir,  saylovni  ro’yobga  chiqaruvchi  usuli hamda xalq xohish-

irodasini  to’g’ridan  to’g’ri  namoyon  qilish  vositasidir.  Saylov    deganda    odatda  

biror    bir    organni    shakllantirish,    mansabdor    shaxsni  lavozimiga  kirishi  uchun 

vakolat 

berishdagi 

ovoz 

berish 


tushuniladi. 

Saylovni 

demokratiyasiz,  

demokratiyani    saylovsiz    tassavur    etish    qiyin.    Bu    ikki  tushunchalar    doimo  

birga  yuradi. “Demokratiya  va  saylov  tushunchalari  doimo yonma  yon  yuradi,  

ular    o’zaro    birlashib    ketgan.    Saylov    demokratiya    degani  demokratiya    bu  

saylov  degani.  

Ayrim    mamlakatlarda    saylov    ishtirok    etish    majburiyat    ekanligi    shu 

mamlakatlarda    “absenteizm”ning    mavjudligidir.    Saylov    madaniyatining  

pastligi,  saylov    natijalariga    qiziqmaslik,    fuqarolarni    saylovlarda    ishtirok  

etmasligiga  sabab bo’ladi.  Absenteizm-  saylovchilarning vakillik organlari yoki 

mansabdor  shaxslarni  saylashda,  yig`ilishlarda  va  hakozoda  qatnashishdan  bosh 

tortish.  Aholining  o`z  fuqarolik  huquqlarini  amalga  oshirishga  befarq  qarashi. 

Absenteizm 

saylov 

tizimining 

nodemakratik 

ko`rinishiga 

qarshi 

aholi 


noroziligining  bir  shakli,  u  erkin  saylovlarda  o`tkazilayotganda  uchraydi. 

Absenteizmga  qarsi  salbiy  va  ijobiy  sanksiyalar  mavjud.  Buning  uchun  turli 

davlatlarda turlicha cheklov va choralar mavjud.  

Ayrim    mamlakatlarda  saylovda  ishtirok  etishning  majburiyligi  belgilangan. 

Jumladan,    Italiya    Konstitusiyada    saylovni    amalga    oshirish    fuqarolik    burchi  

deb  belgilangan, uning  qonunchiligida  bunday  holat  yuz  bersa  jamoat  izzasi  




qo’llanilishi   belgilangan.    Ayrim  mamlakatlarda   saylovda   ishtirok    etmaganlik  

uchun    turli    choralar    ko’rilishi    belgilangan.  Avstraliyada  saylovda  ishtirok 

etmaslik  uchun  jarima  solish  nazarda  tutilgan.  Gretsiya  va  Turkiyada  saylovda  

ishtirok  etish  majburiyat  hisoblanib,  ovoz  berishda  ishtirok  etmagan  fuqaro  

ozodlikdan mahrum  etilishi  ham  mumkin.  Saylovni  burch  sifatida  belgilash  va  

majburiy  tus  berish  Belgiya, Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham 

mavjud.   

O’zbekiston    Respublikasi    Jinoyat    kodeksining    147-moddasi    “Saylov 

huquqining  yoki  ishonchli  vakillar  vakolatlarini  amalga  oshirishiga  to’sqinlik  

qilish” –deb  atalib,  unda  fuqarolarning  saylash  va  saylanish,  targ’ibot  olib  

borish  huquqlarini    erkin    amalga    oshirilishiga    zo’rlik    ishlatish,    qo’rqitish,  

aldash   yoki  og’dirib    olish   bilan   to’sqinlik   qilish   jazolanishi   belgilangan. Bu  

esa  saylovda ixtiyoriy ishtirok etishning ta’minlashni muhim vositasidir. 

Endi  fikrimizni  bir  nechta  davlatlarda  saylovda  qatnashmaganlik  uchun 

qanday ,,asosli’’ choralar mavjud ekanligi haqida to’xtalib o’tsak; 

        Xususan

demokratiya 

vatani 


atalmish 

gretsiyada 

ovoz 

berishda 



qatnashmaslik uchun hatto saylovchining saylov kuni boshqa mamlakatda bo`lgani 

ham  bahona  bo`lolmaydi.  Belgiyada  uzrli  sabablarsiz  saylovda  qatnashmalik  uch 

marotaba  takrorlansa  10  yilgacha  saylovlarda  qatnashish  huquqidan  mahrum 

etiladi.  Avstriya,  Kipr  va  Lyuksemburkda  saylovlarda  loqaydligi  uchun  saylovga 

qatnashmagan  aholidan  25  yevroda  70  yevrogacga  jarima  undiriladi.  Janubiy 

Osiyoning  tanilgan  mamlaatlaridan  biri  Pokistonda    esa  saylovdan  bo`yin 

tovlaganlik uchun 60 dollarlik jarima undiriladi.   Kazusda berilgan savolga etibor 

beradigan  bo`lsak  qaysi  davlatning  eng  “  asosli”  choralari  bor  deya  tanqidiy 

tomondan  tahlil  qilish  vazifasi  qo’yilgan.  Yuqorida  nomlari  keltirilgan 

mamlakatlarda  qo`llanilgan  choralarning  hech  birini  asosli  emas  ammo  har 

davlatning  o’ziga  .  Chunki  keltililgan  cheklashlar  demokratik  jamiyat  talablariga 

zid  hamda  inson  huquq  va  erkinliklariga  qarshi  qo`yilgan  sanksiyalardir.  Biroq 

ushbu sanksiya va cheklovlar qo`yilmasa, fuqarolar huquqiy ongga ega bo`lmasa, 

davlat boshqaruvida befarqlikka yo`l qo`yilsa ushbu davlat razolatga yo`l tutadi. 




 

Saylov  demokratiyaning  amaliy  ifodasidir.  Saylovlarning  qanday  tashkil  

qilinganligi,    o’tkazilganligiga    qarab,    mamlakatdagi  demokratiya  darajasiga 

xalqaro miqyosida baho beriladi. 

Xulosa o’rnida shuni takidlashimiz joizki, Demokratiya  hamma  joyda  bir  

xil.    Uning    umumiy    tamoyillari    hamma    uchun  tushunarli    bu    –  

demokratiyaning    ajralmas    qismi    bo’lgan    xalq    hokimiyati,    xalqning  xohish-

irodasi    va    ochiq,    erkin    saylovlardir.    Bu    oxir    –    oqibatda    har    qanda 

demokratiyaning  eng  yuqori  pog’onasi  bo’lgan  fuqarolik  jamiyatidir.  Fuqarolik 

jamiyatida  erkinlik  mavjud  bo’lishi  zarur.  Erkinlik  deganda  nafaqat  tanlovda 

erkinlik,  balki  saylov  jarayonlarida  qatnashishda  ham  erkinlik  ta`minlanganligini 

bildiradi.  Saylovlardagi    erkinlik   va  ixtiyoriylik   faqat   ovoz  berishda,  xohish-

irodani bildirishda emas, saylovning barcha tadbirlarida amal qiladi.  

Konstitutsiyamizda  esa  aynan  fuqarolarning  burchlari  keltirilgan,  biroq 

ushbu  bobda  hech  bir  saylovda  qatnashishni  fuqarolik  burch  sifatida  e`tirof 

etilmagan.  

Zeroki, O’zbekiston  Prezidenti  ilgari  surgan  Konsepsiyada  saylovga  to’la  

mazmunga  ega  quyidagicha  tushuncha  beriladi.  “Saylovlar  –  bu  mamlakatimizda 

amalda  bo’lgan  huquqiy    normalarning    nechog’lik    demokratik    ruhda    ekanini  

namoyon  etadigan demokratik  huquqiy  davlatning  uzviy  belgisi,  xalqning  o’z  

xohish-irodasini    erkin  ifoda    etishining,    fuqarolarning    davlat    va    jamiyat  

boshqaruvidagi    ishtirokining    asosiy  shakli  bo’lib,  o’ta  muhim  va  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega masaladir”

1



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                           



1

 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini  

rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . -T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-bet 



 

                                  



Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

1)  O’zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasi 

2)  O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 

3)  O’zbekiston  Respublikasining saylov to’g’risidagi qonuni. 

 

 

                  Qo`shimcha adabiyotlar 



 

 

1)  Lex.uz 



2) 

 

K arimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada 



chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . -

T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 



 

Download 192.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling