Benkov nomidagi respublika rassomlik


Download 28.44 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1729780
  1   2   3
Bog'liq
Germaniya uyg’onish davri


BENKOV NOMIDAGI RESPUBLIKA RASSOMLIK KOLLEJI


San’at tarixi fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Germaniya uyg’onish davri
Bajardi: Murodov Hojiakbar

Tekshirdi: _________________


Toshkent 2023-y

Germaniya uyg’onish davri
Reja:

  1. XVII XVIII asrlar Germaniya san’ati

  2. XIX asr Germaniya san’ati


XVII XVIII asrlar Germaniya san’ati


XVII-XVIII asr Evropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va feodalizmdan kapitalizmga o’tish jarayonining tugashida so’nggi bosqich bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi bu o’zgarishlar bevosita san’at taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Fan, san’at va madaniyat gurkirab o’sa boshladi. San’atda real hayotni tasvirlash rivojlandi. Ozodlik g’oyalari, shakllanib kelayotgan burjua parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko’pgina san’atkorlar asarlarining g’oyaviy mazmunini belgiladi. San’at majmuasining kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, manzara, maishiy janr ko’p san’atkorlarni o’ziga torta boshladi. Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san’ati shakllandi. Sotsial kuchlarning o’zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati kurash harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta keskin formada olingan bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida, flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni namoyon bo’lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor. Uning namoyandalari uyg’onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o’tmish san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san’atning etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi. Uning hayoti, histuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida o’zining badiiy ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diego Velaskes, Gollandiya rassomlari - Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga quvonch baxsh etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda (diniy, hayotiy) ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy pokizaligini va jismoniy go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni tasviriy san’at vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga harakat qiladi. Rembrant umrining so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi orqali hayotning murakkabligi, uni bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik og’ir ekanligini ochib beradi. Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z o’g’lini bag’riga bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar mehnat mavzusida yirik asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib, mehnat go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam to’quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt haqidagi orzularini ko’ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam mehnati, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani to’ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi.
XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik oldiga ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi hajmi kamaydi, uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar loyihalashtirilishiga alohida e’tibor berila boshlandi, shaharda me’morchilik ansambllari paydo bo’ldi. Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi. Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi.

Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling