Berilganlar bazasi 1-maruza javoblar
Download 17.24 Kb.
|
BB 1maruza javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: 1
1-dars
MO-ma`lumotlar ombori,uni berilganlar bazasi(BB) nomi bilan ham malumotlar bazasi (MB)deb ham ataladi. Ma`nosi esa bir xil Javoblar: 1-Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi. Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. 2- Uch bosqichli arxitekturada asosiy qoida mijozlar darajasida hech qachon ma'lumotlar bazasi bilan bevosita muloqot qilmaydi; uch bosqichli model barcha aloqa o'rta qatlamdan o'tishi kerak . Kontseptual tarzda uch bosqichli arxitektura linear hisoblanadi. Biroq, [model-view-controller] MVC arxitekturasi uchburchak : ko'rinish yuboriladi tekshiruvchiga yangilanishlar, nazoratchi modeli yangilaydi va versiya to'g'ridan-to'g'ri modeldan yangilanadi. 4-MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi. Ma’lumotlar ombori ( MO ) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi. 5-Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: 1 Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir; 2 Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q; 3 Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi. SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi. SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: 1Ma'lumotlarni so'rov orqali olish. 2Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash. 3Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish. 4Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish. 5Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash. Download 17.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling