Bernulli qonuni Bernulli qonuni – suyuqlik tezligining suyuqlik bosimiga bogʻliqligi haqidagi fikrlarning aksi. Koʻpchilik Bernulli qonuni notoʻgʻri boʻlsa kerak deb oʻylashadi, ammo bu Bernulli qonuni aslida nima deganini tushunmaslikdan boʻlishi mumkin. Bernulli qonuni quyidagicha: - Bernulli qonuni – suyuqlik tezligining suyuqlik bosimiga bogʻliqligi haqidagi fikrlarning aksi. Koʻpchilik Bernulli qonuni notoʻgʻri boʻlsa kerak deb oʻylashadi, ammo bu Bernulli qonuni aslida nima deganini tushunmaslikdan boʻlishi mumkin. Bernulli qonuni quyidagicha:
- Bernulli qonuni: gorizontal oqayotgan suyuqlikning tezroq oqayotgan nuqtalarida bosim sekinroq oqayotgan nuqtalarga nisbatan kichik boʻladi.
- Shunday qilib, diametri oʻzgaradigan gorizontal suv quvurining suv tez harakatlanadigan qismi suv sekin harakatlanadigan qismiga qaraganda kichikroq bosim ostida boʻladi. Bu koʻpchilikka erish tuyuladi, chunki odamlar yuqori tezlikni yuqori bosim bilan bogʻlaydi. Ammo biz keyingi boʻlimda haqiqatan ham suv ortida oldiga nisbatan kattatoq bosim boʻlsa, u tezroq harakatlanishini koʻrsatamiz. Quyidagi boʻlimda biz Bernulli tenglamasini keltirib chiqaramiz va uni tushunishga harakat qilamiz.
Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi? - Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi?
- Siqilmaydigan suyuqliklar oʻzgarmas hajmiy oqimni ushlab turishi uchun quvurning ingichka qismiga yetib kelganda tezlashishi kerak. Shu sababli ingichka joʻmrak quvurdagi suvning tezlashishiga olib keladi. Ammo bir narsa sizni oʻyga solayotgan boʻlishi mumkin. Agar suv siqilish paytida tezlashsa, u qoʻshimcha kinetik energiya oladi. Bu qoʻshimcha kinetik energiya qayerdan keladi? Joʻmrakdanmi? Quvurdanmi?
- Biror jismga kinetik energiya berish uchun uning ustida ish bajarilishi kerak. Buni ish-energiya qonuni bilan tushuntirish mumkin.
Shunday qilib, agar suyuqlikning biror qismi tezlashayotgan boʻlsa, suyuqlikning bu qismi uchun tashqi kuch ish bajarishi kerak. Suyuqlik ustida qanday kuch ish bajaryapti? Hayotda suyuqlik ustida manfiy ish bajarayotgan kuchlar juda koʻp, biroq biz sistemani mukammal va suyuqlik toʻliq laminar oqmoqda deb tasavvur qilamiz. Laminar (qatlamli) oqim suyuqlikning parallel qatlamlarda (oʻzaro kesishmasdan) oqishini anglatadi. Laminar oqayotgan suyuqlikda girdoblar yoki burilishlar boʻlmaydi. - Shunday qilib, agar suyuqlikning biror qismi tezlashayotgan boʻlsa, suyuqlikning bu qismi uchun tashqi kuch ish bajarishi kerak. Suyuqlik ustida qanday kuch ish bajaryapti? Hayotda suyuqlik ustida manfiy ish bajarayotgan kuchlar juda koʻp, biroq biz sistemani mukammal va suyuqlik toʻliq laminar oqmoqda deb tasavvur qilamiz. Laminar (qatlamli) oqim suyuqlikning parallel qatlamlarda (oʻzaro kesishmasdan) oqishini anglatadi. Laminar oqayotgan suyuqlikda girdoblar yoki burilishlar boʻlmaydi.
- Shuning uchun biz dissipativ kuchlar tufayli energiya yoʻqotilmaydi deb olamiz. Xoʻsh, qaysi nodissipativ kuchlarning ishi suyuqlikning tezlashishiga sabab boʻlmoqda? Atrofdagi suyuqlikning bosimi suyuqlik ustida ish bajaradi va tezlashtiruvchi kuch hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |