Beshariq tumani xtb tasarrufidagi 33 idum ning navbatdan tashqari ota-onalar yig‘ilish bayonnomasi


Download 0.68 Mb.
Sana05.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1079700
Bog'liq
ota-onalar majlisi


Beshariq tumani XTB tasarrufidagi 33 - IDUM ning navbatdan tashqari ota-onalar yig‘ilish
BAYONNOMASI
18.11. 2022 – yil Qum qishlog‘i
Qatnashdilar:
Maktab direktori : M. Madraximov, Hudud profilaktika inspektori : U.Qodirov , MMIBDO‘- J.Olimov , maktab psixologi – I.Musaev , O’IBDO’: D.Ahmadjonova va o’quvchilar hamda ularning ota-onalari
Ko‘riladigan masala

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-ahloq qoidalari”ga to‘liq amal qilish hamda ijrosini ta’minlash ularning o’qishi ,sifatli ta’lim olishdagi bilim samaradorligini oshirish.


Yigilishni maktab direktori M.Madraximov ochib, bugungi yigilishni mazmun moxiyati haqida tushuncha berdi.U o‘z so‘zida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
Yosh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktabining odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o’tdi .
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi . Jumladan:
Maktabda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, «Maktab ichki tartib-qoidalari»ning tarkibiy qismi sifatida « Maktab o‘qituvchi va xodimlarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqilganligini o‘qib eshittirdi.
Masala yuzasidan Hudud profilaktika inspektori : U.Qodirovga so‘z navbati berildi. U o‘z so’zida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob- axloq qoidalarining boblari va bandlari bilan o‘qituvchi va xodimlarni yana bir bor tanishtirib chiqdi. Maktabda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos tarbiya berish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish xakida to‘xtaldi.
O‘qutuvchi va xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «Ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish xar bir ota – onaning vazifasi ekanligini aytib o’tdi .

Yuqoridagilarni inobatga olib,
Yigilish qaror qiladi:

  1. Yuqorida o‘qib eshittirilgan ma’ruzalardagi masalalar ma’lumot uchun qabul qilinsin;

  2. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-ahloq qoidalari” to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilsin;

  3. Ushbu buyruq mazmun-mohiyati haqida o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilsin;

  4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-ahloq qoidalari”ga rioya etish qat’iy belgilab qo‘yilsin;



Maktab direktori : M.Madraximov
Yig‘ilish kotibi : N.Abdullayeva

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling