Beta-yemirilish


Download 110.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2020
Hajmi110.11 Kb.
#165313
Bog'liq
Beta-yemirilish - Vikipediya


Beta-yemirilish

Beta-yemirilish (Remirilish, parchalanish)

—atom yadrolarining elektron va

antineytrino yoki pozitron va neytrino

chiqarib radioaktiv yemirilishi

(parchalanishi). Beta-yemirilishning uch

tipi maʼlum: elektron yemirilish

(neytronning protonga aylanishi),

pozitron yemirilish (protonning neytronga

aylanishi) va elektron qamrash.

Elektronlar chiqarganda yayaro

elementlarning davriy sistemasivya

oʻzidan keyin turgan kimyoviy element



izotopiga, pozitronlar chiqarganda

oʻzidan oldin turgan element izotopiga

aylanadi. Elektron Beta-yemirilishda

yadro zaryadi 1 ga koʻpayadi, pozitron

Beta-yemirilishda 1 ga kamayadi; massa

soni oʻzgarmaydi. Beta-yemirilish yadro

kuchlari muammosiga bogʻliq

masalalardan biridir. Yadro kuchlari

elektromagnit va gravitatsion kuchlarga

mutlaqo oʻxshamaydi. Bu kuchlar

yadroning ikki zarrasi bir-biriga juda yaqin

kelgandagina namoyon boʻladi.

Ikkinchidan, bu kuchlar almashinish

xususiyatiga ega, yaʼni zarralar

uzoqlashganda bir-biriga tortiladi,

yaqinlashganda esa itariladi va zarralar

bir-biriga aylanadi. Mac, neytron


protonga, proton esa neytronga aylana

oladi. Demak, proton va neytron ayni bir

zarraning ikki xil holatidir. Yadro tarkibida

hech qanday oʻzgarish roʻy bermaydi.

Baʼzan, zarralar oʻzaro almashinadi.

Bunday hodisa beqaror yadrolardagina

kuzatiladi. Radioaktiv yadrolar tarkibida

yo neytron, yoki protonlar ortiqcha

boʻladi. Neytronlardan biri protonga

aylansa, yadro turgʻun holatga oʻtadi.

Bunda zaryadlar muvozanati saqlanishi

uchun elektron yadrodan tez chiqib

ketadi. Bu holda Rnurlanish roʻy beradi.

Agar yadroda ortiqcha protonlar boʻlsa,

ulardan biri neytronga aylanishi mumkin.

Bunda musbat elektron (pozitron) hosil

boʻladi va tez yadrodan chiqib ketadi.


Neytronning oʻzi beqaror zarradir. U uzoq

vaqt yadrodan tashqarida boʻlsa, oʻz-

oʻzidan proton va elektronga boʻlinadi.

Proton yadroning elektron qobigʻidan

elektron kamrashi natijasida proton

neytronga aylanadi. Koʻpincha, yadroga

eng yaqin Kqobiqdan elektron

‘Kqamraladi, Kqamrash deb shuni

aytiladi. Kkamrashda Kqobiqdagi

boʻshagan joyga yuqoriroq qobiqlardan

elektronlar oʻtadi, bunda foton ajraladi.

Umuman olganda Beta-yemirilish

jarayoni qator murakkab masalalarni oʻz

ichiga oladi. Bulardan biri yadrodan

ajralib chiqayotgan elektron energiyasi

masalasidir. Rnurlanishda radioaktiv

atomdan elektronlar katta energiya bilan


otilib chiqadi. Bu elektronlar energiyasi

har xil usullar bilan (mas, magnit

maydonida elektronlarning ogʻishini

oʻlchash yoʻli bilan) aniqlanadi (qarang

Betanurlar detektoroʻ). Kvant mexanika

qonunlariga muvofiq, yadroda muayyan

miqdordagina energiya boʻlishi kerak.

Haqiqatan yadro yemirilishda diskret

miqdordagi energiyaga ega boʻlgan

azarralar va unurlar tarqatadi. Shu

sababli r-nurlanishda ham aynan shu

holni kuzatish mumkin. Muayyan izotop

yadrosi chiqaradigan elektronlar noldan

maksimal qiymatgacha uzluksiz energiya

taqsimotiga (spektrga) ega boʻladi.

Demak, energiya uzluksiz taqsimlanar

ekan. Bizni energiya taqsimoti


uzluksizligi emas, balki energiyaning

qayoqqa sarf boʻlishi qiziktiradi. Odatda,

ajralib chiqqan toʻla energiya

hisoblanganda u spektr qiymatiga teng

boʻlib chiqadi va barcha elektronlar

energiyasi yigʻindisi umumiy energiya

qiymatidan kam energiya bilan tarqaladi.

Qolgan energiya qayoqqa ketadi?

Energiyaning saqlanish qonuni Beta-

yemirilishda buziladimi? Harakat miqdori

momentining saqlanishi yoki spin

saqlanishi ham goʻyo buzilgandek

boʻladi. V. Pauli Beta-yemirilishda

saqlanish qonunlari goʻyo buzilar ekan,

demak, bu jarayon notoʻgʻri talqin etilgan,

deb fikr yuritdi. U yangi zarra paydo

boʻlishini aytdi. Beta-yemirilishda kam


energiyali va harakat miqdoriga ega

neytral zarra ham ishtirok etadi. Lekin bu

holni tajriba davomida kuzatish kiyin. Har

bir jarayonda muayyan miqdorda

energiya ajralib chiqadi va bu energiya

zarralar orasida ixtiyoriy ravishda

taqsimlanadi, elektronga esa, sharoitga

qarab, shu energiyaning har xil ulushi

toʻgʻri keladi. Shunday qilib, Beta-

yemirilishda p*rQe emas, balki p—

>rQeQlskuzatiladi, bundar—proton, "—

neytron, x— neytral zarra. E. Fermi bu

zarrani "neytrino" deb atadi. Bu italyancha

"neytroncha" demakdir. Hozir bu zarra

"antineytrino" deyiladi. Proton

parchalanishida paydo boʻlgan zarra

"neytrino" deb yuritiladi. Formulada v—


neytrino. Neytrino va antineytrinoning

tinch holatda massasi boʻlmaydi.

Elektron va antineytrino energiyalarining

yigʻindisi neytron va proton massasining

ayirmasidan iboratdir, lekin elektron

energiyasi miqdori har xil boʻlishi

mumkin, chunki har bir yemirilishda

energiya har xil miqdorda taqsimlanadi.

Ikki elektron chiqarish bilan (A, Z) yadro

(A, ZQ2) yadroga aylansa, qoʻsh Beta-

yemirilish sodir boʻladi. Bunda v va v

(neytrino va antineytrino) ayniy yoki ayniy

emasligiga qarab Beta-yemirilish ikki xil

sxemaga ega boʻladi (qarang

Radioaktivlik).

Adabiyotlar



OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

 

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



  Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?title=Beta-

yemirilish&oldid=2054355



" dan 

olindi 

Download 110.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling