Beton qorishmalari va ularning xususiyatlari


Download 141 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi141 Kb.
#1585917
  1   2   3   4
Bog'liq
Beton


BETON QORISHMALARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruksiyaning va buyumlarning sifatini aniqlaydi. Shu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga bog‘liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.


Beton qorishmasiga xususiyatli bo‘lgan jihatlardan biri uning qulay to‘shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay to‘shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to‘ldirish jarayonida harakatchanligi (oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi.
Beton qorishmasining turli sharoitlarda o‘zini tutishini ta’riflash uchun uning reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo‘riqish, relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladi (1.1-rasm). Bunday tajribalar asosan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida esa odatda beton qorishmasini harakatchanligini (oquvchanligi) turli moslamalar yordamida nazorat qiladilar. Bu jihozlar tez va nisbatan oddiy holda beton qorishmasining zaruriy harakteristikalarini olish imkonini beradi.





1.2-rasm. Sement hamiri va beton qorishmasining reologik xususiyatlarini aniqlaydigan asboblarning sxemalari
a-teshikdan qorishmaning oqish tezligini o‘lchaydigan; b-konusning cho‘kish chuqurligini o‘lchaydigan; c-sharchaning cho‘kish tezligini o‘lchaydigan; d-tortilishdagi zuriqishni o‘lchaydigan; e-koaksial silindrlarning aylanishdagi zo‘riqishini o‘lchaydigan.

Beton uchta asosiy ko'rsatkichga ko'ra tasniflanadi: bog'lovchi turi, o'rtacha zichlik va tayinlash. Aralashmaning tarkibi uchun turli retseptlardan foydalanish, beton uchun ma'lum qo'shimchalarni kiritish, bog'lovchining maxsus turlarini qo'llash va boshqalar tufayli. ishlab chiqaruvchilar tayyor aralashmadan kerakli xususiyatlar va parametrlarga erishishlari mumkin.






Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling