Amaliy mashg`ulot №1 Elektrokontaktli datchiklarni ulanish sxemalari bo`yicha tavsiflarni tekshirish


Download 0.6 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1781131
Bog'liq
tajriba-1


Amaliy mashg`ulot №1
Elektrokontaktli datchiklarni ulanish sxemalari bo`yicha tavsiflarni tekshirish.


Ishdan maqsad: elektrokontaktli asboblarning ulanish sxemalari hamda texnologik jarayonlarda qo`llanilish sohasi bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish.
Ishni bajarish bo`yicha kerakli asboblar: o`lchov asbobi (manometr), elektrokontaktli asbob, manba, yorug`lik diodlari, o`tkazgichlar.

Qisqacha nazariy ma`lumotlar
Elektr kontaktli asboblarning afzalligi an`anaviy o`lchov asboblari jumladan manometrik termometr, prujinali manomter va boshqa turdagi asboblarda signalizatsiya moslamasining mavjudligini yaratib beradi. Odatdagi elektr kontakt asboblari bir yoki ikkita ko`rsatgich o`qlarini o`z ichiga olgan signal moslamasi bilan jihozlangan. Bunda elektrokontaktli asbob shkalali o`lchov asbobiga mahkamlanadi.



1.1-rasm. Elektrokontaktli asbobning ulanish sxemasi
1 – harakatlanuvchi strelka; 2,3 – harakatsiz strelka; 4 – elektr kontaktlar; 5 – harakatlanuvchi strelkaning elektr kontakti

Elektrokontaktli asbob texnologik jarayondagi parametrning reglament qiymatlari oralig`ida sozlanadi. Ya`ni o`lchov asbobi soat strelkasiga qarama-qarshi harakatlanganda va ma`lum bir chegaraga yetganda yopiq zanjirni hosil qiladi. Shunda haraktsiz va harakatlanuvchi kontaktlar ulanganda operatorga minimal qiymatga yaqinlashgan xabarni ya`ni signalni yuboradi. Natijada reglamentni muvozanat holatiga keltirish uchun ijrochi mexanizm harakatga keltiriladi. Aksincha harakatlanuvchi kontakt soat strelkasi bo`ylab harakatlanish natijasida maksimal qiymatga yaqinlashayotganini bildiradi.


Elektr kontaktli asboblar odatda bosimni o`lchash asboblari, ortiqcha, vakuum, differensial prujinali bosim o`lchagichlarga o`rnatiladi. Bunda suyuqlik, gaz yoki bug`ning bosimini o`lchash muhitlariga qo`llaniladi. Bu yerda bosimning minimal hamda maksimal chegaralarini ifodalovchi elektr signalni uzatadi.
Ushbu elektrokontaktli asboblar ikkilamchi asboblarga yoki dasturlanuvchi kontroller qabul qiladigan standart elektr signallar bo`yicha, jumladan, 0-5 mA, 0-20 mA, 4-20 mA tok kuchi va 0-5 V kuchlanishli signalida ishlaydigan boshqaruv tizimlari bilan ishlashga mo`ljallangan bo`lishi mumkin.





1.2-rasm. Elektr ulanish sxemasi

9 V kuchlanishli doimiy manbaning musbat tomoni elektrokontaktli asbobning harakatlanadigan strelkasi ulanadi. Ikkilamchi asbobning kirish signali 4…20 mA tok kuchi standart signalni qabul qiladi. Bu yerda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni tenglamasidan kerakli qarshilikni hisoblash kerak bo`ladi.


bunda minimal tok kuchi qiymati uchun,
maksimal tok kuchi qiymati uchun o`zgarmas rezistorlar tanlanadi.


Multimetr yordamida tokni o`lchash
O`zgaruvchan hamda doimiy tokda tok kuchini o`lchash uchun zanjirga multimetr ketma-ket ulanadi.
Shuni ta`kidlash kerakki, ampermetr past qarshilikli qurilma bo`lib, umuman olganda qarshiligi 0,1 Ω dan kam. Agar multimetrni bilmasdan quvvat manbaiga parallel ravishda ulansa, bu past qarshilik oqimni faqat multimetr orqali cheklaydi.
Aytaylik, bu 0,1 Ωli qurilma 240 V manba orqali ulangan bo`lsa, tok taxminan 2400 A (240/0,1 = 2400 A) bo`ladi. Bu yuqori tok ampermetrni ishdan chiqishi (kuyishi)ga olib keladi.
Shunday qilib, ampermetr ketma -ket yoki tok o`lchanadigan sxemaga mos ravishda ulanishi kerak. Shuning uchun ampermetrlarni chiziqli ampermetr deb ham atashadi.
Raqamli multimetr yordamida tokni o`lchash
Qator hollarda o`lchash asboblarining o`lchash chegarasini kengaytirish zaruriyati tug`ulib qolsa, masalan o`zgarmas tok zanjiridagi ampermetrning o`lchash chegarasini kengaytirmoqchi bo`lsak, o`lchash mexanizmiga parallel ravishda qarshilik ulanadi. Bunday qarshilik shunt qarshilik deyiladi. Qarshilikning kattaligi yuqori aniqlik bilan beriladi, chunki aynan mana shu kattalik asbobning o`lchashdagi xatosini belgilab beradi.
Quyidagi rasmda ko`rsatilganidek, nominal tok o`tganda, multimetr to`liq o`lchovni ko`rsatadi. Shunday qilib, ampermetrning to`liq ko`rsatishiga qarab, shunt qiymati o`zgaradi.



1.3-rasm. Amрermetrni zanjirga ulash

Amaliy mashg`ulot bo`yicha vazifalar





  1. Kuchlanish manbai 12 V ni tashkil etadi. Elektrokontaktning ikkilamchi asbobga kirish signali 0 va 5 mA ni tashkil etishi kerak. Ikkilamchi asbobga kirish signali bo`yicha qarshilik qiymati hisoblang. Sxemasini chizing va yozma hisobot tayyorlang.

  2. Kuchlanish manbai 24 V ni tashkil etadi. Elektrokontaktning ikkilamchi asbobga kirish signali 0 va 20 mA ni tashkil etishi kerak. Ikkilamchi asbobga kirish signali bo`yicha qarshilik qiymati hisoblang. Sxemasini chizing va yozma hisobot tayyorl

  3. Kuchlanish manbai 9 V ni tashkil etadi. Elektrokontaktning ikkilamchi asbobga kirish signali 0 va 5 V ni tashkil etishi kerak. Sxemani chizing va yozma hisobot tayyorlang.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling