Beton qorishmalarini qorishtirgich mashinalari Reja


Download 27.45 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1781118
Bog'liq
Beton qorishmalarini qorishtirgich mashinalari


Beton qorishmalarini qorishtirgich mashinalari
Reja:
1.Beton va qorishma aralashtirgichlar qo‘llanilishi
2.Beton aralashtirgichlar vazifalari va tasnifi
3.Avtobetonaralashtirgichlar tuzilishi va asosiy ko‘rsatgichlari
4.Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar


  • Beton va qorishma aralashmalari hamda quruq qorishma aralashmalari shahar qurilishi sharoitlarida markazlashtirilgan beton va qorishma zavodlarida yeki uzellarida tayerlanadi, tayer mahsulotlar esa qurilish ob’ektlariga maxsus transport vositalari yerdamida yetkazib beriladi. Ob’ektlar o‘zaro hamda zavodlardan uzoq joylashgan, ish hajmi kam bo‘lgan hollarda beton va qorishma aralashmalari qurilish ob’ektining o‘zida tayerlanadi. Beton va qorishma aralashmalari ularning tashkil etuvchilarini aralashtirish mashinalarida, ya’ni beton va qorishma aralashtirgichlarida mexanik yo‘l bilan aralashtirib tayerlanadi

  • Aralashmaning sifati tashkil etuvchilarning qo‘shilish darajasi va ularning o‘zaro bir xilda taksimlanish aniqligi bilan belgilanadi. Aralashmani tayerlash texnologik jaraeni ketma-ket bajariladigan bir nechta jaraenlardan iborat: aralashtirgichlarni tashkil etuvchilar (boglovchi, to‘ldiruvchi va suv) bilan yuklash, ularni aralashtirish va tayer aralashmani transport vositasiga agdarib berish. Ana shunga ko‘ra beton qurilmalari yeki zavodlarining asosiy jihozlari: beton qorgichlar, dozalash qurilmalari, tashish etuvchilar bunkeri va tashish vositalaridan iborat bo‘ladi.

  • Betonqorgichlar. Beton aralashmalari beton qorgichlarda aralashtiriladi.

  • Betonqorgichlar: 1) ishlash tarziga ko‘ra – davriy va uzluksiz ishlaydigan; 2) aralashtirish usuliga ko‘ra – tashkil etuvchilar erkin tushgan holda aralashtiriladigan va majburiy aralashtiradigan turlarga bo‘linadi.

  • qorgichlar davriy ishlaganda material bilan yuklash, aralashmani qorish va uni bo‘shatish porsiyalar bilan, davriy ishlaganda esa yuklash, qorish va aralashmani bo‘shatish uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan beton qorgichlarning tuzilishi sodda, xoohlagan marka va bikirlikdagi beton chiqarishga tez moslashtirish mumkin. Uzluksiz ishlaydigan beton qorgichlar ixcham, metall sarfi kam bo‘lib, ular ko‘proq avtomatlashgan texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi.

  • Bu ko‘rsatkich tayerlanadigan beton aralashmasi sifati va ish unumiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo belgilanganidan ko‘p bo‘lsa zararlidir, chunki markazdan qochma kuch ta’sirida material barabanning ichki yuzalariga qopishishi oqibatida aralashtirish sifati pasayadi.

  • Shuning uchun ham aylanishlar takrorligi aralashtiruvchi baraban hajmiga qarab belgilanadi va 2400 l hajm uchun 12 aylmin va 100 l hajm uchun esa 24 aylmin teng bo‘ladi. Uzluksiz ishlaydigan beton qorgichlarda aylanma tezlikni to‘gri tanlash ham katta ahamiyatga ega (ayniqsa material o‘z ogirligi hisobiga tushganda). Aylanish takrorligi katta bo‘lganda material baraban orqali aralashmasdan o‘tib ketadi.



  • Betonqorgichlar qanday va qancha beton tayerlash kerakligiga karab tanlanadi. Bikir beton aralashmalari majburiy aralashtiradigan qorgichlarda tayerlanishi kerak. Bunday materiallarni aralashtirish uchun hozir titratib qorgichlar qo‘llana boshlandi.

  • Muhim gravitatsion beton qorgichlar 330…3000 l foydali hajmga ega bo‘lib, ular ko‘proq zavodlarda qo‘llanadi.

  • Qorishma qorgichlar qurilish qorishmalarini (sementli, ohakli, loyli, gipsli, shlakli va murakkab) gisht-tosh izolyatsiyalash, suvash o‘rnatish va tom yepish ishlarida foydalanish uchun tayerlab beradi. Bu mashinalarda qorishmaning tashkil etuvchilarini qo‘zgalmas idishda gorizontal yeki vertikal kurakli vallar (kurakli qorishma qorgichlar) yeki tez aylanadigan kurakli rotorlar (turbulentli qorgichlar) yerdamida majburan aralashtirib qorishma aralashmasi tayerlanadi.

  • Ko‘chma qorishma qorgichlar 30, 65, 125 va 250 l, muhimlari esa 400, 800 va 1200 l xajmli bo‘ladi. Muhim qorishma qorgichlar bilan asosan avtomatlashtirilgan qorishma uzellari va zavodlari komplektlanadi.

  • Qorishmalar tayerlash texnologik jaraeni bunkerlarga shtabel yeki transport vositalaridan quruq aralashmalarni uzatish, ularni dozatorlarga berish, tashkil etuvchilar va suvni dozalash, ularni aralashtirish qurilmasiga uzatish, aralashtirish, tayer qorishmani to‘kib berish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.

  • Qorishma aralashtirgich qurilmalarining asosiy jihozlari qorishma aralashtirgich, dozalash qurilmalari, sarflash bunkerlari, tashish qurilmalari va boshqarish sistemasi qismlaridan iborat.

  • Turbulentli qorishma aralashtirgich 65 l hajmga ega bo‘lib, sementli va ohakli qorishmalar, mastika va emulsiya aralashmalari hamda to‘ldiruvchilari o‘lchami 30…40 mm bo‘lgan plastik beton aralashmalari tayerlash uchun xizmat qiladi.

  • Aralashtirish – dozalash bo‘limiga qum handaq-bunker, ya’ni qum omboridan, sement esa sement omboridan keladi. Qum avtotransport vositalaridan olib kelinib, buldozerlar yerdamida omborga uzatiladi. +um ombori yerni o‘yib, betonlab tayerlangan handaq bo‘lib, yen devorlarida har birining hajmi 15 m3 bo‘lgan sektorli zatvorlar bilan jihozlangan bunker mahkamlangan.

  • Tovar beton va qorishma aralashmalarini aralashtirish qurilmalari va zavodlaridan uzoq masofalarda (10 km va undan ko‘p) joylashgan qurilish ob’ektlariga yetkazib berish uchun, yuk avtomobillari shassisiga o‘rnatilgan maxsus avtotransport vositalari – avtobeton aralashtirgich avtobeton va avtoqorishma tashigichlar qo‘llanadi. Ular isrofga va yo‘lda aralashma sifatining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Beton qorishtiruvchi avtomobil
Bugungi kunda respublikamizda yo‟l bitumlarini yetishmaganligi sababli qo‟shni Rossiya, Qozog‟iston, Turkmaniston respublikalaridan bitum import qilinmoqda hamda yo‟llardagi holatlarga o‟z ta‟sirini ko‟rsatmoqda. Mamlakatimiz qurilish sementi ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o‟rinlarda turadi. Yurtimizda chaqiqtosh, qum, shag‟al mahsulotlari mahalliy resurslar bo‟lganligini inobatga olsak sementbeton qoplamali yo‟llarimiz iqtisodiy tejaliadi hamda o‟zimizda ishlab chiqilgan sementdan ishlatamiz. Shuningdek Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 2 oktyabrda yo‟l xo‟jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‟ishlangan yig‟ilish selektorida avtomobil yo‟llari qurishda bosqichma-bosqich sementbeton qoplamali yo‟llarga o‟tish kerakligi, xalqaro standartlar asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda avtomobil yo„llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‟mirlash haqida topshiriq belgilab berilgan.
Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil, chet davlatlar tajribalarini o‟rganish va milliylashtirish, texnologoyalar imkoniyatlarini o‟rganish va sohaga yo‟naltirish, mantiqiylik va umumlashtirish metodlari qo‟llanildi. Ma‟lumki sementbeton qoplamali yo`llarni qurishda asosiy masala ularning qurilish xarajatlarining ko‟pligidir: sementbeton qoplamali yo„llarni qurish narxi 15- 20 foizga qimmat bo„lsada, ekspluatatsiya muddati 2-3 baravar ko„p va saqlash xarajatlari 3 baravar kam. Buning sababi sementbetonni tayyorlash texnologiyasini murrakabligi, portlant sementning qimmatligi hisoblanadi. Tadqiqotlariga ko‟ra, taxminan 5 yildan so‟ng sementbeton va asfaltbeton yo‟llarning ekspluatatsion xarajatlari muvozanatlashadi. Sementbeton o‟z mustahkamligini 100 yil ichida oshirib boradi bundan kelib chiqib sementbetonli yo`llarimiz 50 yil yaxshi holatda xizmat qilishi mumkin. [3] O‟zbekistonda yo‟l qurilish ishlarida sementbeton qoplamalarga o‟tish boshlangan davrda, yo‟l qurilish materiallariga, ayniqsa zamonaviy talablarga javob beruvchi iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‟lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish portland sementga bo‟lgan talab ko‟payib bormoqda. Sementbetonli yo‟llarmizning bugungi kundagi holati yaxshi emasligi sabablari quydagicha: portland sement importi, qurilish texnologiyasi qiyinligi, mutaxassis yetishmasligi, ob-havo ta‟sirida buzilishlari, sementbeton elastikligining yaxshi emasligi hamda qurilgan yo‟llarimiz
yorilib, titlib ketayotganligi sababo‟lmoqda . Bugungi kunda beton qoplamasidan ta‟mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi va smetasida ko‟rsatib qo‟yiladi. Bunga nazar solodigan bo‟lsak olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijasi shuni ko‟rsatadiki sementbeton qoplamasiga nisbatan asfalatbeton qoplamasidan qurilgan yo‟llarimizni ta‟mirlash jarayoni murakkab ekanligini guvohi bo‟lishimiz mumkin, buni o‟ziga yarasha ilmiy-amaliy sabablarini ko‟rishimiz mumkin bo‟ladi
Sementbeton yo‟llarimizdagi mavjud muammoni bartaraf etishda mikrokirmizyondan foydalandim. Xususan ekologik, elastik va haroratga, texnologik talablarga javob beradigan, yuqori markali sementbeton qoplamalarni qurishda mikrokirmizyondan foydalanishni takidlash joizdir. Bu qorishmani tayyorlashda ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo manbalari (95%) chaqiqtosh, qum, shag‟al, ohaktosh mamlakatimizda mavjud [5]. Ammo bularni bog‟lovchi komponent portland semenemt chet ellardan (Rossiya, Germaniya va Xitoy) olib kelinmoqda. Ayni shu muammoni hal qilish uchun yurtimizda ishlab chiqilayotgan sementga mikrokirmizyon kukunini qo‟shib yo‟lbop beton qorishma iqtisodiy samara beradi [6]. Mikrokirmizyon qo‟shilishi natijasida sementbeton qoplamali yo‟llarning elastikligi oshadi, harorat bardoshligi oshadi, suvga chidamliligi oshadi. Shuni ta‟kidlash kerakki mikrokirmizyon qo‟shib tayyorlangan qoplama portland sementdan tayyorlangan qoplama bilan birxil natija bermoqda.

XULOSA
Demak, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan sementga mikrokirmizyon qo‟shib avtomobil yo‟li uchun sifatli qorishma tayyorlash portland sement importini kamaytirishdan iborat. Bu qorishmani tayyorlashda ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo manbalari (95%) chaqiqtosh, qum, shag‟al, ohaktosh mamlakatimizda mavjudligi iqtisodiy samaradorlik garovidir. Mikrokirmizyon kukunidan faydalanish yurtimiz iqtisodiyotiga salmoqli foyda beribgina qolmasdan ekesport qilish hamda chet davlatlarida sementbeton qoplamali yo‟llar qurish imkoniyatlarini ochib beradi. Shu jumladan, mikrokirmizyondan foydalanib sementbeton qoplamalar qursak quydagi samaradorlilarga erishamiz: - Smentbeton qoplamaning elestikligi oshishi; - Sovuqqa chidamligini oshishi; - Suv o'tkazuvchanligi 50% ga, sulfatga chidamliligi 100% ga ko'tariladi; - Sementning 40 foizigacha tejash imkonini beradi; - Sementbeton qoplamali yo‟llarni xizmat mudatining oshishi; - Iqtisodiy samaradorligini oshishi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Pleshkov A. “Buldozer, skreper, avtogreyderlar”, Toshkent


2. www.wikipedia.uz
3.Asqarxo’jayev T.E. Shukurov R.U. Yo’l qurilish mashinalaridan foydalanish. Toshkent, Sharq, 2007 y. 327 b.
4. Asqarxo’jayev T. E. Yer qazish va yo’l qurilish mashinalarining hisobi va nazariyasi. Toshkent. Fan va texnologiya. 2006 y. 272 b. 5. Akbarov A. “Qurilish mashinalari”, Toshkent 1993 y.
Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling