Bezorilik — jamoat tartibi, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib urush — doʻpposlash, badaniga shikast etkazish. Bezorilik


Download 27.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi27.99 Kb.
#268611
Bog'liq
Bezorilik - Vikipediya



Bezorilik

Bezorilik — 

jamoat tartibi

, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib 

urush


— doʻpposlash,

badaniga shikast etkazish.



Bezorilik — shaxsning jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzishi va jamiyatga oshkora hurmatsizlik

koʻrsatishdan iborat xatti-harakati. Qonunlarda maʼmuriy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan

mayda B. va jinoiy javobgarlikka tortiladigan B.ka oid tegishli jazo choralari qoʻllaniladi.

Jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan

jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, yaʼni, mayda B. uchun eng kam oylik ish

haqining 3 baravaridan 5 ba-ravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga

maʼmuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi (OʻzR MJKning 183-moddasi).

Jinoyat huquqida B. xususan jiddiy zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan holda sodir etilsa, eng

kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq

tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanish nazarda tutilgan. B. umum eʼtirof etgan

axloqqoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalangan oʻtaketgan behayolik bilan qilinsa;

yosh bola, qariya, nogʻiron, ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab, koʻp miqdorda zarar yetkazib,

birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib, sodir etilgan boʻlsa, ashaddiy B. deb

hisoblanadi va S y.gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. B. takroran yoki

xavfli residivist tomonidan; oʻqotar qurolni namoy-ish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki koʻllab;

ommaviy tadbirlar oʻtka-zilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan

hokimiyat vakiliga yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini

kurgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib, sodir etilsa, oʻta ashaddiy B. hisoblanadi va 5

yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (OʻzR JKning 277-

moddasi).

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

Huquqshunoslikka



 oid ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib,

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar


Download 27.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling