Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan


Download 63.85 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi63.85 Kb.
#1021973
Bog'liq
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi

Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Go’ri Amir maqbarasidek ikki, qavatli, pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona bo’lgan. Maqbaraning gumbazi yiqilganidan so’ng unig ichiga qor-yomg’irlar tushib sag’ananing tomi ham yiqilib tushgan. 1941 yili arxeolog Yahyo Fulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, shu paytgacha no’malum bo’lgan ko’pgina narsalarni aniqladilar. Bibixonim madrasasi – Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) "oʻz onasi sharafi"ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi taʼkidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba oʻqigan.

  • Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Go’ri Amir maqbarasidek ikki, qavatli, pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona bo’lgan. Maqbaraning gumbazi yiqilganidan so’ng unig ichiga qor-yomg’irlar tushib sag’ananing tomi ham yiqilib tushgan. 1941 yili arxeolog Yahyo Fulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, shu paytgacha no’malum bo’lgan ko’pgina narsalarni aniqladilar. Bibixonim madrasasi – Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) "oʻz onasi sharafi"ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi taʼkidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba oʻqigan.
  • Bibixonim madrasasi yonida unga "qoʻsh" uslubda Tuman ogo xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399 yildan oldin bunyod etilganligi haqida maʼlumot beradi. Chortokli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bogʻlangan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar—tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona—sardoba esa kichikroq boʻlib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. 
  • 1875-yil zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi oʻpirilib, pastda toshtobutlar borligi maʼlum boʻldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941-yilda oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar goʻyo bu rivoyatni tasdiklagandek boʻldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan. Tuman ogʻo xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996-yilda taʼmir etilgan.

Download 63.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling