1. Antik davr yodgorligi Mingtepa yodgorligining o'rganilish tarixi


Download 22.45 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi22.45 Kb.
#1018309
  1   2
Bog'liq
ANTIK DAVR YODGORLIGI MINGTEPA YODGORLIGINING O\'RGANILISH TARIXI


ANTIK DAVR YODGORLIGI MINGTEPA YODGORLIGINING O'RGANILISH TARIXI

Reja:

1. Antik davr yodgorligi
2. Mingtepa yodgorligining o'rganilish tarixi
3. Mingtepa”ning ichki mudofaa devori hamda minoralari

Mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan.


1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.
S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi.
E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.
Yonboshqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda (200x170 m. 3,4 ga) to’rt tomonini ikki qatorli devor o’rab olingan. Avval paxsadan keyin esa to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan (40x40x10 sm). Devor pastki qismi qalinligi – 5 m, balandligi 5-10 m. Darvoza to’g’ri burchakli bir necha aylanma yo’ldan iborat yo’lakka ega bo’lib, uning kengligi – 5 m. Devor va darvoza devorida kungurlar mavjud emas, balki shaxmat uslubida joylashgan nayza o’qi uchli shinaklar mavjud, ular o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20-1,84 m, ichki tomonda kengligi 0,18-0,12 sm, tashqi tomonda esa 0,30-0,40 sm. Devorlar burchagida uchta shinak joylashgan bo’lib, turli tomonga yo’nalib, kungur vazifasini bajargan.

Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling