Bilan ish yuritishi


Download 26.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi26.03 Kb.
#1789570
  1   2   3
Bog'liq
5-mavzu



5-mavzu. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING O‘QUV-ME’YORIY HUJJATLARI 
BILAN ISH YURITISHI 
Reja: 
1. Tarbiya fani o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari: fanning o‘quv reja, 
fanning ishchi o‘quv dasturi, o‘qituvchining fanga doir taqvim mavzuiy rejasi, dars 
ishlanmasi bilan ishlashga tayyorlash. 
2. Fanning o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturi, ularning o‘zaro aloqadorligi va 
bir-biridan farqi.
3. Taqvim mavzu rejaning tuzilishi va unga qo‘yilayotgan talablar. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich ta’lim, kredit, modul, 
mutaxassislik, o‘quv faoliyat, “kredit soati”. 
Oʻquv rejasi - oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan fan, ularning boʻlimlari, oʻqitilish 
tartibi hamda har bir fanning yil davomida oʻqitilishi, ularning oʻquv yili va haftasida 
qancha miqdorda oʻtilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. 
Oʻzbekistonda Oʻquv rejasi tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. 
Bir tipdagi oʻquv yurtlari uchun Oʻquv rejasi yagona va majburiydir. Shu bilan birga, 
har bir oʻquv yurti Oʻquv rejasini belgilangan miqdorda oʻzgartirishi mumkin. 
Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy oʻquv yurtlari uchun oʻziga xos Oʻquv 
rejasiga ega boʻlishga ruxsat etilgan. Oʻquv rejasining umumiy va majburiyligi taʼlim 
tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha aʼzolariga ilm olishning bir 
xil imkoniyatlarini taʼminlaydi. 
OʻzRda taʼlim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi uchun 
ham Oʻquv rejasida taʼlimning insonparvarlashuviga alohida eʼtibor berilgan. Oʻquv 
yurtlarining Oʻquv rejasi muayyan qismlardan iborat boʻlib, ularda oʻquv yurti 
oʻquvchisi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim boʻlgan ilmiy, 
maʼnaviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy koʻnikma va malakalar hisobga olingan. 
Umuman olganda talabalar ehtiyojlari, rivojlantirishga mo'ljallangan ta'lim va 
talabalar psixologiyasi va ularning pedagogikasi to'g'risida dars rivojlanishiga ta'sir 
qilishi mumkin bo'lgan ba'zi fikrlar kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Eng asosiysi
talabalarni o'rganishni takomillashtirishdan iborat , ammo o'quv dasturlarini ishlab 
chiqish uchun boshqa sabablar ham mavjud. Masalan, boshlang'ich va o'rta maktab 
o'quvchilarining o'rta maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'quv rejasini 
nazarda tutgan holda, o'quv maqsadlari birlashtirilgan va bir bosqichdan keyingi 
bosqichga o'tishini ta'minlashga yordam beradi. Agar o'rta maktab o'quv dasturi 
o'rta maktabda kelajakda o'rganiladigan boshlang'ich maktabni oldindan bilmagan 
holda yaratilgan bo'lsa, u o'quvchilar uchun haqiqiy muammolarni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va 
fanlar dasturlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi 
hamda kasbiy kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, talabalar 
majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirishi, amaliyotlarni o‘tishi va natijada kasbiy 


faoliyatida zarur bilim, ko‘nikma va malaka kompetentsiyalarini egallashini 
ta’minlovchi mazmunda ishlab chiqiladi. 
O‘quv rejasi kredit-modul tizimi asosida shakllantiriladi. Bunda o‘quv jarayoni 
grafigi, haftalar kesimida o‘qish vaqti, attestatsiyalar, amaliyotlar, ta’tillar, 
semestrlar bo‘yicha o‘tiladigan mashg‘ulotlar turlari, ajratilgan soatlar, kreditlar
fanlar kodi, Davlat attestatsiyasi va boshqalar ko‘rsatiladi. 
O‘quv rejalarga kiritiladigan majburiy va tanlov fanlari turdosh oliy ta’lim 
muassasalar bilan hamkorlikda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan 
belgilanadi. 
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga 
olgan o‘quv yuklamasining hajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 
30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga tengdir. 
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya 
mashg‘ulotlarining hajmi haftasiga: kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni 
amalga oshirilayotganda 22-32 akademik soat oraligida; 
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) o‘qish shakli uchun bir haftada 
odatda besh kun, auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 20 soat 
qilib belgilanadi. 
O‘qishning me’yoriy muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 hafta 
davom etishi zarur. 
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq: 

Download 26.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling