Yurispuridensiya va ijtimoiy fanlar


Download 46.08 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2023
Hajmi46.08 Kb.
#1146191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
YURISPURIDENSIYA VA IJTIMOIY FANLAR”
KAFEDRASI

HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARIFANIDAN


5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”


bakalavriat ta’lim yo’nalishi 3 kurs talabasi
Soxibov Jamol

Huquqiy tarbiya vositalari”


mavzusidagi


K U R S I S H I
Ilmiy rahbar: A.Gulova


Bajardi: J.Soxibov
Buxoro-2023
MAVZU:HUQUQIY TARBIYA VOSITALARI.
REJA:
I.bob. HUQUQIY TARBIYANING VOSITALARI

    1. 2.Huquqiy tarbiya omillari

    1. Jahon huquqshunosligida huquqiy tarbiya taraqqiyoti.

II.bob.TARBIYA VA HUQUQIY TARBIYA TUSHUNCHALARI

    1. Huquqiy tarbiya shakllari.

    2. Huquqiy tarbiyani tashkil qilishda metodlardan foydalanish.

III.bob.HUQUQIY TARBIYANI OLIB BORISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

    1. Huquqiy tarbiyani olib borishda pedagogik texnologiyalar turlari

    2. Huquqiy tarbiyani jarayonida treninglar foydalanish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yu­qori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da «…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib uzluksiz ta’lim sharoitida pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va iste’dodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o’qitish texnologiya va o’quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo’llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.
Tadqiqot obyekti – Pedagogikani o’qitishda foydalaniladigan didaktik materillar va ularning turlari
Tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonida sifatli natijaga erishishga imkon yaratadigan didaktik qoidalar va vositalar
Tadqiqot maqsadi – pedagogika fanini o’qitishda o’quv-didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikka erishishning pedagogik jihatlarini o’rganish
Tadqiqot farazi – didaktik jarayonning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. O’quv jarayonini loyihalashning asosiy bosqichi hisoblangan maqsadga erishilganlikni obyektiv nazorat qilish shakl va uslublarini yaratish va uni amalga oshirish kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi, ya’ni:
- o’quvchilarda nazariy materiallarni tasavvur qilib o’rganish imkoniyati yuzaga keladi;
- o’quv materiallarini vizuallashtirish orqali o’quv materialini o’rganish nisbatan motiv yuzaga keltiriladi;
- ta’lim-tarbiyadan kutilgan natijalarga erishish barcha o’qituvchilar uchun yetarli darajada ta’minlanadi.
Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslangan holda tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi:

  • Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalarni yoritish

  • O’quv - didaktik materiallarning turlarini o’rganish

  • O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va foydalanish yo’llarini o’rganish.



Download 46.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling