Yurispuridensiya va ijtimoiy fanlar


Huquqiy tarbiyani tashkil qilishda metodlardan foydalanish


Download 46.08 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2023
Hajmi46.08 Kb.
#1146191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

2.2 Huquqiy tarbiyani tashkil qilishda metodlardan foydalanish..
O’quvchilar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan, akademik litsey o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin. Har bir mashg’ulot turning pedagog maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellectual salohiyatini safarbar etishi, ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim.
Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib, o’zaro almanishib turadi. Tabiiyki, bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’ishtiriladi.3
O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash-bu ularning o’zaro almashinuvi vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarni chuqyrlashtiradi va yaxlit holda mashg’ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishni rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi.
Metodlarni ta’lim jarayonining o’zaro bog’liq ziddiyatlarni yechish usullari sifatida talqin qilar ekanmiz, biz metodlarni birmuncha terab tizimlashtirishning predmetli asosini va mazmunli mantig’ini payqab olamiz. Pedagog o’quv jarayonini rejalashtirishda shu asosda aniq ketma-ketlikdan, metodlardan eng maqbul jamlanmasidan materiallarning o’ziga xosligi, litsey o’quvchisi tayyorgarligi, vaqt omili va kursning umumiy ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini inobatga olib foydalanadilar.
Huquqni o`qitish metodikasi bo`lajak o`qituvchilarga dars-berish yo`llarini o`rgatadi. Fanni o`qitish, sifatini belgilashda metodika fani katta o`rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o`qituvchi to`g`ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Huquq fani o`qituvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol kishi qilib tarbiyalash singari katta va ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Huquqni o`qitish va tarbiyalash metodikasi o`quvchilarga nimani o`qitish va qanday o`rgatish degan savolga javob berib
-O`quvchilarga fan asoslarini singdiradi.
-Ularni o`rgatish metodlarini aniqlab beradi.
Fan asoslari, huquq bo`yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab qo`yilgan. Huquqni o`qitish metodikasi fanning o`ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud.
1. Dars ob`ektlari har xil bo`lib, mashg`ulotlarning mazmuni bir-biridan tubdan farq qiladi.
2. Darsning mazmuni, mohiyati, yo`nalishlarini belgilashda o`qituvchining sifatlari, bilim darajasi, mahorati va hokazolar muhim o`rin egallaydi.
3. O`quvchilarning bilim natijasi har xilligi inobatga olinadi.
4. Darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va me`yoriy normalar bilan bevosita bog`liq bo`ladi.
5. Huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligini hisobga olinadi va hokazo.
O`qituvchining dialektik qonunlariga amal qiluvchi uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart.
-Har bir mavzuni turlicha usullar bilan o`tish qonuniydir.
-Har bir mashg`ulot turli-tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi.
-Huquq mashg`ulotida asosan me`yoriy qoidalar o`rgatiladi.
-Darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o`rgatib boriladi.
Huquq fanlarini o’qitishda biz bir qancha metodlardan foydalanamiz. Biz foydalangan metodlarimiz iloji boricha o’quvchilarning ongiga yaxshi yetuk darajada singib borishi lozim. O’quvchilarga to’liq bilim berish uchun avvalo o’zimizda to’liq bilim bo’lishi kerak.
Huquq fanlarini o’qitishda bir qancha metodlardan foydalanamiz. Ular quyidagilar
1. Kuzatish metodi
2. Tajriba metodi
3. Surash metodi
4. Ogzaki metod
5. Ko’rgazmali metod
Biz ana shu metodlardan foydalanib dars o’tgandagina uning natijasi samarali bo’lishi mumkin. Ana shunda o’quvchilar ongiga to’liq singdira olamiz.
Endi metodlarimizga tavsif beradigan bo’lsak. Ular kuzatish metodi - jamoani va shaxsni huquqiy tarbiyalashda qo’llaniladi. Jamoaga nisbatan tashki kuzatuv metodini, shaxsga nisbatan ham tashki, ham ichki kuzatuv metodlarini qo’llash mumkin. Ichki kuzatuv metodi faqat individual huquqiy tarbiyada qo’llaniladi. O’quvchining ichki kechinmalarini kuzatib borish uning ruhiy xayotiga e`tibor berish tarbiyachiga maslaxat va yo’l-yo’riqlar mazmunini aniqlashga imkoniyat yaratib berdi.

Download 46.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling