Yurispuridensiya va ijtimoiy fanlar


II.bob.TARBIYA VA HUQUQIY TARBIYA TUSHUNCHALARI


Download 46.08 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi46.08 Kb.
#1146191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

II.bob.TARBIYA VA HUQUQIY TARBIYA TUSHUNCHALARI
2.1 HUQUQIY TARBIYA SHAKLLARI
Huquqiy tarbiya o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra; keng va tor ma’nodagi shakllarga bulinaladi. Keng ma’nodagi tarbiya deganda butun jamoaga, ko‘pchilikka ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiya. Tor ma’nodagi tarbiya alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo‘lidir. Huquqiy tarbiya natijasida keng xalq ommasi va shaxs o‘z xatti-harakatlari ekanligini tushunsa, huquq normalariga ongli ravishda rioya etsa maqsadga erishgan bo‘lib hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya muntazam olib boriladigan aniq maqsadni ko‘zlangan va shaxsga ta’sir eta oladigan huquqiy ong, bilim va qonunlarga rioya etish xislatlari yoki fazilatlari to‘plamidir. Barcha fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish ishlari huquqni muhofaza qilish va jamoat tomonidan olib boriladigan ishdir. Buning natijasida qonunchilikni mustahkamlash, huquq normalarini hurmat qilish, ularni bilishga erishiladi. Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun eng avvalo uni bilish talab etiladi. Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatlarini noqonuniyligini o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki tartib qoidalar, qonun normalariga rioya qilmaslik natijasida intizomiy, ma’muriy va hatto jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirilishi shart.
Ilgarigi davrlarda huquqiy tarbiya siyosiy tarbiya bilan bog‘liq holda olib borilar edi. Shaxs va jamiyat o‘rtasida munosabatlar shaxs faoliyatini hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni foydali faoliyatga o‘rgatishidir. Masalan, yoshlarni biron hunarga, muomalaga, san’atga va yurish turishga o‘rgatish shular jumlasidan.
Huquqiy tarbiya qadimdan davlat bilan birga shakllanganligini ham unutmaslik kerak. Huquqiy tarbiya o‘ziga xos xarakterga ega. U vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan tuzilmalardan tashkil topadi va aniq maqsadlarni ko‘zda tutadi. Shaxsda, mehnatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishda jamiyat va davlat manfaatlari, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilish ruhi shakllanadi. Axloq normalari bilan huquq normalari bir-biri bilan yaqin turadi.
Amaliyotda huquqiy tarbiyaning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko`p qirrali huquqiy tarbiya shakllarini ko`rsatib beruvchi adabiyot deyarli yuk. Bu tarbiya, yuqorida aytib o`tganimizdek, oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiy tarbiya- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchu nasos bo`la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda ta’sir ham o`tkazishi kerak.
Huquqiy tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, professor- o`qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko`rinishidagi ta’sir yo`li, ta’sir etish usullari yotibdi.
Huquqiy tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug`ullanuvchi uslubida o`z ifodasini topadi.
Masalan, o`quv yurtlarida huquqiy tarbiya shakli, mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O`quvchilarga dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o`rgatish, o`yin darslari o`tkazish tariqasida olib boriladi.

Huquqiy tarbiya shakllari quyidagilarcha bo`lishi mumkin:


a) huquqiy bilim;
b)huquqiy tashviqot;
v) jamoatchilik tomonidan olib boriladigan ishlar;
g) huquqni himoya qiladigan davlat organlarining ishlari bilan tanishish (tergov, sud jarayonlarida qatnashish);
d) xalq deputatlarini nomzodlikka tavsiya qilish majlislarida, mahalliy hokimiyatlar qoshidagi voyaga yetmaganlar komissiyalari ishlarida ishtirok etish.
Huquqiy tarbiyani jamoa o`rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin.
Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o`tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki huquqshunos uyushmalari to`zilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish uyg`otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o`rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan tarzda suhbat olib boriish maqsadga muvofiqdir.

Download 46.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling