Bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi


Download 29.5 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1426407
Bog'liq
тавсифнома muxlisa


8 - "A" sinf o'quvchisi Muzaffarov Jamoliddin bilimli, ijodkor va boshqaiarga nisbatan iqtidorli o'quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o'zlashtiradi va a'lо baholarga o'qiydi. Shuningdek, dunyo qarashi keng o'z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O'zi matematikadan tashqari ingliz tilini biladi va o'rganish jarayonini davom ettirmoqda. O'z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so'z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda misollar va tenglamalarni ishlay oladi, o'zi haqida qisqacha bolsa ham malumot bera oladi. O'qituvchilari va sinfdoshiari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o'quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy komputer texnalogiyalaridan ham foydalana oladi. Word kabi dasturlarda ishlash ko'nikmasi mavjud.
Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug'ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o'qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O'zi mustaqil ravishda mavzuni o'zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi.
Mas'uliyatli o'quvchi sifatida o'z kelajagi haqida qayg'uradi va bu tilni yaxshi o'zlashtirib oliy o'quv yurtida o'qishini davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni xohlaydi.
5
Tavsifnoma beruvchi talaba: M. Otabekova
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling