Bilish jarayoni va emotsiyalar Reja


Download 48.54 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi48.54 Kb.
#1738655
  1   2   3   4
Bog'liq
mavzu soat juftlik Emotsiya va hissiyot. Emotsiya nazariyalari R



" Bilish jarayoni va emotsiyalar




Reja:

  1. Emotsiya va emotsional kechinmalar klassifikatsiyasi. Affektlar, ehtiros va kayfiyat

  2. Hissiyot. Hissiyot va emotsiyaning bog’liqligi hamda farqi.

  3. U. Djems - G. Lange “Periferiyu” nazariyasi, U. Kennon - P. Bard nazariyasi, emotsiyaning psixoanalitik nazariyasi, P.K. Anoxinning emotsiyani biologik nazariyasi, P.V.Simonovning emotsiyaning axborotlar nazariyasi.

  4. K.Izard differensial emotsiyalar nazariyasi. Emotsional reaksiyalarning fiziologik mexanizmlari.







  1. Emotsiya va emotsional kechinmalar klassifikatsiyasi. Affektlar, ehtiros va kayfiyat

Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi.

Download 48.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling