Biloliddin Akbarov Ona tili va adabiyoti "Buxoro maktabi" Sa’diy Sheroziy davrida shayx deb kimlarga aytilgan?


Download 70.39 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi70.39 Kb.
#1047072
  1   2   3
Bog'liq
03.10.2020


Biloliddin Akbarov Ona tili va adabiyoti “Buxoro maktabi”



1. Sa’diy Sheroziy davrida shayx deb kimlarga aytilgan?
A) so‘fiylar boshlig‘iga B) din arboblariga
C) ijodkorlarga D) A va B
2. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Do‘stlar oldida poband o‘lsam erdi jovidon,
Yaxshi erdi ajnabiy birla kezardim bo‘ston.
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
3. Qaysi fransuz va nemis ijodkorlari o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziy she’rlariga murojaat qilganlar?
A) Gyote va Kane B) Hayne va Gyote
C) Volter va Hayne D) Volter va Gyote
4. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilidan ko‘prog‘ini sayohatda o‘tkazgan?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
5. Shahar qozisi va eski to‘n kiygan darvesh bilan bog‘liq voqea qaysi asardan olingan?
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mufradot» D) A va B
6. «Gap insonning salla-to‘nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo‘lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo‘lardi» fikrlari qaysi asardan olingan?
A) «Qutadg‘u bilig» B) «Hibat ul-haqoyiq»
C) «Bo‘ston» D) «Guliston»
7. Sa’diy Sheroziy qaysi hikoyasini «O‘sha darvesh men o‘zim edim», – deb tugatadi?
A) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»ni
B) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatini
C) Shahar qozisi huzuridagi voqea bayon qilingan
hikoyatini
D) «Darvesh hikoyati»ni
8. Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari keyingi necha asr davomida o‘zbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan?
A) 2–3 B) 4–5 C) 6–7 D) 8–9
9. Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarida keltirilgan hikoyatlarni toping.
1) «Ayb qidirmaslik haqida»;
2) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»;
3) «Darvesh hikoyati»; 4) «Hunar o‘rganmoq haqida»;
5) «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i».
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
10. «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i» hikoyati Sa’diy Sheroziyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
11. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyati boshlanmasi hisoblanadi?
Birov ilmdon-u bo‘lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog‘i yakbor,
Kichik bir xatoga gapirma qo‘pol,
Ulug‘lar demishlar: «Yaxshilikni ol!»
A) «Ayb qidirmaslik haqida»
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»
C) «Hunar o‘rganmoq haqida»
D) «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i»
12. Quyidagi bayt Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatining xotimasi sifatida keltirilgan?
Ota merosini gar istasang o‘rgan ota ilmin
Ki, qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lg‘ay.
A) «Hunar o‘rganmoq haqida»
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»
C) «Ayb qidirmaslik haqida»
D) «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i»
13. «Guliston»dagi «Hikoyat»da kim «davosiz dard,
hayosiz dushman» ga qiyoslanadi?
A) yomon xotin B) yomon shogird
C) nodon kishi D) bilimsiz inson
14. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi
hikoyatidan olingan?
Qo‘shunlar haqidir boylig-u gavhar,
Shoh ziynati uchun emas siym-u zar.
Gar askar bo‘lmasa shohidan rizo,
Vatan chegarasi qolur xavf aro.
A) «Darvesh hikoyati»dan
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan
C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatidan
D) Astar va avra bo‘z kiyib yuradigan podsho hikoyatidan#
15. Jamshid podsho haqidagi voqea Sa’diy Sheroziyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
16. Abdulla Avloniyning qay­si asari Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari ta’sirida yozilgan?
A) «Maktab gulistoni»
B) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»
C) «Birinchi muallim»
D) «Turkiy guliston yoxud axloq»
17. Alisher Navoiy qaysi asarida «Guliston» va «Bo‘ston» asarlarini sevib o‘qiganligini ta’kidlaydi?
A) «Lison ut-tayr»da B) «Mahbub ul-qulub»da
C) «Majolis un-nafois»da D) «Farhod va Shirin»da
18. Quyidagi bayt Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?

Download 70.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling