11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar


Download 1.13 Mb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1511075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar

Reja:


  1. Sharli o‘rta yuradigan tegirmon.

  2. Valikli o‘rta yuradigan tegirmon.

  3. G‘ildirakli tebranadigan tegirmon.

  4. Tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlarning konstruktiv chizmalari.




  1. Sharli o‘rta yuradigan tegirmon

Sharli o‘rta yuradigan tegirmonlar (1–rasm) sharikli podshipniklarni eslatadi. Tegirmonning o‘lchamlaridan bog‘liqlikda ularning pastki xalqasida (1) 190–275 mm diametrli metall sharlar deyarli bir–biriga zich yotqizilgan.
Pastki xalqa reduktor (3) orqali elektrodvigateldan aylanishga keltiriladi. Sharlar yuqori xalqaning (4) og‘irligi va prujinani (5) qo‘shimcha qisish hisobidan xalqaga siqiladi, sharlardagi bosim tuyiladigan materialning turidan bog‘liqlikda 1,8 dan 6,0 Kn o‘zgaradi.

Yuqorida joylashganligi bo‘yicha ikki qatorli sharlarda o‘rta xalqa uzatmali hisoblanadi.


Maydalanishga ega material ta’minlagichga (6) beriladi va oqish yo‘li bo‘yicha sharlar bilan tuyiladigan pastki xalqaga yo‘llanadi. Markazdan qochma kuch inersiyasi ta’siri ostida maydalangan material xalqa yoniga tashlanadi va qisqa quvur (8) orqali 25–30 m/sek tezlik bilan kirayotgan havo oqimi ushlab oladi. Material havoli oqim bilan tayyor mahsulotga va donaga bo‘linadigan separatorga (9) yo‘llanadi. Tayyor mahsulot qisqa quvur orqali (10) olib chiqiladi, donalar esa pastga beriladi va batamom yanchilishga kiradi.


1–rasm. Sharli o‘rta yuradigan tegirmon.

Pastki xalqaning aylanma tezligi shunday hisoblar bilan tanlanadiki, markazdan qochma kuch inersiyasi ta’sirida paydo bo‘ladigan zarralarning tayyor mahsulot uchun eng katta yo‘l qo‘yiladigan o‘lchamlari sezilarli oshib ketganda xalqadan otib yubormasligi e’tiborga olinadi.


Sharning diametri kukunlashga tushayotgan bo‘laklar o‘lchamlaridan kelib chiqib tanlanadi. Sharlar diametri Dsh va bo‘lak diametri db o‘rtasidagi nisbatni aniqlanishi, xuddi shunday uslub bo‘yicha qamrash burchagi α bilan aniqlanadi, xuddi shuningdek ezib maydalash aralashtirish mashinasini hisoblarida ham shunday bo‘ladi:
α ≤ 2φ ,

bu yerda: φishqalanish burchagi; tg φ = f (ishqalanish koeffitsientiga teng).


Xuddi shunday hisoblash uslubi bo‘yicha quyidagi aniqlangan edi.


Dsh / db = 1 + cos α / 1 – cos α . (1)
f =0,3 ga teng bo‘lganda quyidagini olamiz, bunda φ =16040 va α=33020΄:
Dsh / db = 1 + 0,835 / 1 – 0,835 = 11. (2)

Ko‘rsatilgan nisbatni 10% past qabul qilish tavsiya etiladi va tamomila quyidagini olamiz:


Dsh / db = 10 . (3)



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling