11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar


G‘ildirakli tebranadigan tegirmon


Download 1.13 Mb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1511075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
G‘ildirakli tebranadigan tegirmon

Qurilish buyumlari ishlab chiqarishida g‘ildirakli tebranadigan tegirmon qo‘llaniladi, ular yumshoq va o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarni (gil tuproq, kaolin, gips, bo‘r, talk, grafit) maydalash uchun mo‘ljallangan (1–rasm).


Tegirmon quyidagi konstruksiyaga ega. Aylanadigan vertikal (tik) valga (1) chorbarmoq (2, bir-biriga ko‘ndalang qilib chalishtirilgan ikki detal) mahkamlangan, uning pastki qismiga g‘ildiraklar (4) bilan to‘rtta tebrangich (3) sharnirli osilgan. Markazdan qochma kuchlar inersiyasi hisobidan vertikal (tik) valning aylanishida, tebrangichlar o‘zining g‘ildiraklari bilan qo‘zg‘almaydigan tuyadigan xalqaga (5), g‘ildiraklar vaxalqa o‘rtasiga tushadigan materialni maydalab siqib ishlaydi. Material tegirmonga ta’minlagich (6) orqali uzatiladi. Tegirmonning korpusiga xalqali kollektor (7, katta truba) orqali tushayotgan maydalangan material havo (gaz) oqimi bilan ushlab olinadi va tegirmonga o‘rnatilgan separatorga olib chiqiladi. Separatorga olib chiqilgan materialning yirik zarralari tegirmonning pastiga tushadi va unda tamomila tuyiladi, tayyor mahsulot esa siklonga (havoni yoki gazni har xil qattiq jismlardan tozalaydigan apparat) tushib, cho‘kadi va keyin olib qo‘yiladi. Havo siklon orqali tegirmonga qisman qayta yo‘llanadi, qolgan qismi esa yengli tozalagich orqali tozalanadi va keyin atmosferaga chiqarib yuboriladi.


1–rasm. G‘ildirakli tebranadigan tegirmon.
G‘ildirakli tebranadigan tegirmon 300 dan 700 mm gacha g‘ildiraklar diametrida 600 dan 1800 mm gacha likoplari diametri bilan tayyorlanadi. Tegirmonning elektrodvigateli va shamol parrakning quvvati 4,5 dan 235 kvt gacha bo‘ladi. 008 raqamli elakda 10% qoldiq qolishida o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarni kukunlashda tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi tegirmonning o‘lchamidan va materialning turidan bog‘liqlikda 0,2 dan 12 t/s gacha tebranadi. Shamollatish qurilmasi tegirmon sarflaydigan energiya miqdoridan 25 dan 35% gacha iste’mol qiladi.

G‘ildirakli tebranadigan tegirmon tuyish va quritadigan agregat sifatida ishlashi mumkin. Bunday holatda havo zaruriy haroratgacha qizdiriladi.







Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling