11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar


–rasm. Tez yuradigan 2–rasm. Tez yuradigan markazdan


Download 1.13 Mb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1511075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1–rasm. Tez yuradigan 2–rasm. Tez yuradigan markazdan
markazdan qochma tegirmon. qochma sharli tegirmon.

Ushbu tegirmonning kamchiligi xuddi tez yuradigan markazdan qochma tegirmonning konstruksiyasiga o‘xshash hisoblanadi. Sharlar (1) kuraklar (3) ko‘magida markaziy o‘q (2) atrofida aylanishida harakatga keltiriladi va ular taqqoslanganda tezda yeyilishi bilan farqlanadi.


Markazdan qochma ko‘p pog‘onali g‘ildirakli tegirmon yuqorida qayd etilgan tegirmonlardan farqi shundaki, materiallarni maydalanishi sharlar bilan emas, balki g‘ildiraklar bilan amalga oshirishi hisoblanadi. Tegirmonning vertikal (tik) valida o‘tkazish richaglari o‘rnatilgan bo‘lib, ularga shaxmat tartibida joylashgan g‘ildiraklar sharnir bilan mahkamlangan.
Vertikal (tik) valning aylanishida g‘ildiraklar markazdan qochma qochma kuchlar inersiyasi ta’sirida korpusning ichki devorlariga siqilib, korpus devorlari va g‘ildiraklari orasida joylashgan materialni maydalaydi.


3–rasm. Markazdan qochma ko‘p pog‘onali g‘ildirakli tegirmon.

Ajoyib konstruksiyasi bo‘yicha Bolgariyada ishlab chiqilgan markazdan qochma ko‘p pog‘onali g‘ildirakli tegirmon xalqalari bilan erkin aralashtiruvchi hisoblanadi (3–rasm). Markazdan qochma va tug‘yonlashtiruvchi kuchlar ta’siri ostida sodir bo‘ladigan markazi siljigan debalansli qurilma (1) bilan xalqa (2) ketma–ket korpusning (3) yon devorlariga siqilib, uning orasida joylashgan material maydalanadi.


Ushbu tegirmonda materialga ta’sir etuvchi chastota 0,3 Mn/m2 solishtirma bosimda 1,5 marta oshadi. Tegirmonda erkin joylashtirilgan g‘ildiraklar ma’lum e’tiborga ega.


Nazorat uchun savollar

  1. O‘rta yuradigan tegirmonlarning tiplari va ularning ishlatilishini tushuntirib bering?

  2. Sharli o‘rta yuradigan tegirmonning konstruksiyasi va uning ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  3. Prujina bosimi materialga nisbatan qanday bog‘liqlikda tanlanadi?

  4. Ishqalanish koeffitsienti qanday holatda teng deb qabul qilinadi?

  5. Sharli o‘rta yuradigan tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi qanday aniqlanadi?

  6. Valikli o‘rta yuradigan tegirmonning konstruksiyasi va uning ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  7. Likoplar aylanishlari soni qanday hisoblar bilan tanlanishi kerak?

  8. Valiklar aylanishlari soni qanday aniqlanadi?

  9. Valikli o‘rta yuradigan tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi qanday aniqlanadi?

  10. Valikli o‘rta yuradigan tegirmon iste’mol qiladigan quvvat qanday bog‘liqliklarda aniqlanadi?

  11. G‘ildirakli tebranadigan tegirmonning konstruksiyasi va uning ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  12. G‘ildirakli tebranadigan tegirmonga ta’sir etuvchi kuchlar nimalardan iborat?

  13. Tegirmonning vertikal (tik) vali aylanishlari soni qanday aniqlanadi?

  14. G‘ildirakli tebranadigan tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi qanday aniqlanadi?

  15. G‘ildirakli tebranadigan tegirmon iste’mol qiladigan quvvat qanday bog‘liqliklarda aniqlanadi?

  16. Tez yuradigan markazdan qochma tegirmonda materiallarni kukunlash jarayoni boshqa tegirmonlarga nisbatan qanday farqlanish bilan amalga oshiriladi?

  17. Tez yuradigan markazdan qochma tegirmonning konstruksiyasi nimalardan tashkil topgan va uning ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  18. Tez yuradigan markazdan qochma sharli tegirmonning konstruksiyasi nimalardan tashkil topgan va uning ishlash prinsipini tushuntirib bering?

  19. Tez yuradigan markazdan qochma tegirmonning kamchiligi va afzalligi nimalardan iborat?

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling