11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar


–rasm. G‘ildirakli tebranadigan tegirmonga ta’sir etuvchi kuchlar sxemasi


Download 1.13 Mb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1511075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2–rasm. G‘ildirakli tebranadigan tegirmonga ta’sir etuvchi kuchlar sxemasi.
2–rasmda g‘ildirakli tebranadigan tegirmonga ta’sir etuvchi kuchlar ko‘rsatilgan.

Kuchlar ta’sirida yaratiladigan lahzalar yig‘indisi ma’lumki nolga teng:




Σ M = – Gl sin α – Ph + Pml = 0, (1) bu yerda: G – valik markaziga keltirilgan tebrangich va valik og‘irlik kuchi, n;
l osiladigan markazdan valik og‘irlik kuchi markazigacha masofasi, m;
α – ishlashda tebrangichning burchak og‘ishi,grad;
P materialga bosim yoki (shunga o‘xshash) material va xalqaga ta’siri, n;
h kuchlar R yelkasi, m;
Pm markazdan qochma kuch inersiyasi, n. Kattaliklar G ni mg ga, Pm ni 2R ga almashtirib, (1) formulani qaytadan tuzamiz va shunda quyidagini olamiz:


P=ml (ω2R cos α – g sin α) / h n. (2)



  1. formulani tahlil qilib, α kattalik qisqarishi bilan materialga valikning bosish kuchi kattalashadi. α=0 chegarada l=h ni olamiz va shunda,



P=mωR n, (3)
ya’ni R markazdan qochma kuchlar inersiyasi Pm kattaligiga teng.
Qoidaga muvofiq, g‘ildirakli tebranadigan tegirmonlarda α burchak nolga teng deb qabul qilinadi.


Vertikal (tik) valning aylanishlari soni
Tegirmonning vertikal (tik) vali aylanishlari soni dastlab materialga g‘ildirakning zaruriy bosimini ta’minlashdan yig‘ib boriladi. Valik bosimi materialning har bir miqdori bir necha bor yuklanishga uchrashi hisobi bilan qabul qilinadi, bu vaqtda valikli mashinalar bir marta yuklanadi. Bunday holatda maydalanish katta sondagi ta’sirlarni e’tiborga olib, kichik turtkilarga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, valik bosimi materialning mustahkamligidan va tegirmon o‘lchamlaridan bog‘liqlikda (0,1÷0,25)·106 n/m (valikning bir metri) teng deb qabul qilinadi. Kichik kattaliklar yumshoq jinslarni kukunlashda kichik o‘lchamdagi tegirmonlar uchun, katta kattaliklar esa o‘rtacha qattiqlikdagi jinslarni kukunlashda yirik tegirmonlar uchun qabul qilinadi.
Valiklar tomonidan sodir etiladigan bosim markaziy vertikal (tik) val o‘qi atrofida tebranish bilan valikning aylanishida rivojlanadigan markazdan qochma kuchlar inersiyasi hisobidan ta’minlanadi.
Avval belgilanganidek, valik bilan tebrangichning burchak og‘ishi α, qoidaga muvofiq nolga teng deb qabul qilinadi va shunda (3) formulaga bo‘yicha quyidagini olamiz:
P=mω2R= G/g · ω2R = G/g · (2πn)2 R , (4)

bu yerda: m – valik va tebrangichning ishchi qismi massasi, kg;


ω– aylanish tezligi burchagi, rad/sek;
R aylanish o‘qidan tebranish o‘qigacha masofasi, m;
G valik va tebrangichning ishchi qismining og‘irlik kuchi, n;
g– og‘irlik kuchlarining tezlashishi, m/sek2;
n– vertikal (tik) valning aylanishlari soni, ayl/sek.
Valikning bosimida
R=(0,1÷0,25) 106L n, (5)
bu yerda: L – valik uzunligi, m.
l formulani e’tiborga olib, quyidagini yozamiz
R=(0,1÷0,25)·106 L=G/g · 4π2n2R n,
bu yerdan
n=√(0,1÷0,25)·106Lg/G·4π2R=(157÷250) √L/GR ayl/sek. (6)

G‘ildirakli tebranadigan tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi


Tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Q=1/ka·3600υvLvayl z kg/s, (7)
bu yerda: ka – tegirmonda material aylanishi karraligini hisobga oluvchi koeffitsient; ka =10-15 chegarada qabul qilish tavsiya etiladi;
υv valikning aylanma tezligi, vertikal (tik) val markazidan xalqagacha radius bo‘ylab aylanish tezligi, m/sek;
Lv valik eni, uning diametri 0,5 teng deb qabul qilinadi, m; h valik ostidagi material qatlami qalinligi, 0,03 Dv teng deb qabul qilinadi m;
γayl materialning hajmiy massasi, γayl =1600 kg/m3 deb qabul
qilinadi;
z– valiklar soni.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling