Bino va inshootlar qurilishi”kafedrasi bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi


Download 184.41 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi184.41 Kb.
#1446736
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bosimov J




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI”KAFEDRASI


« BINO va INSHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI»
fanidan

Bir qavatli sanoat binosini temir-beton


sinchini montaj qilish texnologiyasi”
mavzusida kurs loyihasi uchun



Bajardi: Bosimov J


Tekshirdi: Raxmonov N


Jizzax-2023 y
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotining izchil ravishda o‘sishi, demokratik islohatlarning bosqichma bosqich amalga oshirilishi aholining yashash tarzi, turmush sharoitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning turar-joy binolarining sifatiga bo‘lgan talabi ham o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda bunyod etilayotgan binolarning loyihalari puxta o‘ylanib, zamon talablariga javob berishi, zamonaviyligiga, milliy masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qurilish mashinalaridan foydalanib qurilish ishlarni qisman qo‘lda va to‘ liq mexanizatsiyalash hamda avtomatlashtirish mumkin. Ko‘p qavatli g‘ishtli uyni qurishda g‘isht va qorishmani yuqoriga olish mexanizmlar yordamida bajarilsa, g‘ishtni terish esa qo‘lda bajariladi. Ishni bunday tashkil qilishda jarayon qisman mexanizatsiyalashadi. Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishi barcha jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashni talab qiladi, ya’ni ishlab chiqarishdagi barcha jarayon mexanizmlar yordamida bajarilib, ishchi faqatgina bu mashinalarni boshqarish bilan shug‘ullanadi. Qurilish mashinalarining asosiy vazifasi qurilishdagi ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va qo‘l mehnatini kamaytirishdan iborat. Ish unumdorligi qurilish mashinalarining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, bajarilgan ishning ishning hajmini vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
SHuning uchun ham ish unumdorligini oshirish, bajarilgan ishning sifatini yaxshilash, tannarxini kamaytirish qurilish mashinalariga qo‘yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Mashinalarning ish unumdorligini oshirish uchun birinchi navbatda, ish vaqtida dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanish, mexanizmlarning ishonchliligini oshirish va universallashtirish hamda avtomatlashtirish, foydali ish koeffitsientini oshirish va shu kabilar talab qilinadi.
Mashinalarni bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chirish qulay bo‘lishi ham ularni ush unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday mashina ish jarayonida mehnat muhofazasi qoidalariga to‘liq javob berishi kerak. Ulardagi to‘xtatish va signal qurilmalari yuqori darajada sifatli bo‘lishi, ag‘darilishga va surilishga qarshi ustivorligi ta’minlangan bo‘lishi talab qilinadi. Mashinada ish bajaruvchi operator ish bajariladigan maydonni va yon atrofini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Mashina konstruksiyasi gigienik talablarga to‘liq javob berib, operatorni toliqtirmaydigan, bajarish qismlari esa qulay joylashgan bo‘lishi kerak.
Mashina kabinalari germetik berk bo‘lib, chang va shovqindan saqlangan, undagi zaharli gazlar miqdori, shovqin va tebranish ruhsat etilgan darajada bo‘lishi ta’minlanadi. SHovqin va tebranishlarning miqdoriy chegaralari maxsus hujjatlar orqali qonunlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Download 184.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling