Binolarning oqova suv tarmoqlari va jixozlari


Download 20.42 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1570007
Bog'liq
Binolarning oqova suv tarmoqlari va jixozlari


Binolarning oqova suv tarmoqlari va jixozlari.
Ichki kanalizatsiya deb shunday muhandislik jihozlari va inshootlari tushuniladiki, qaysiki o‘ziga turli xil oqava suvlarni qabul qilib, ularni lokal tozalashni o‘tkazib binoning va inshootlarning ichidan ularni ma’lum bir yo‘nalishda oqizib, ularni bino va bir guruh binolar ichidan chiqarib, aholi punktida joylashgan tarmoqqa chiqarib tashlaydigan tizimga aytiladi.
Ichki kanalizatsiya tizimini quyidagicha farqlanadi: iflosliklarni to‘plash va chiqarib tashlash usuli bo‘yicha, oqava suvlarni turlari va uni tozalash usuli bilan, xizmat ko‘rsatish joyi va oqavani chiqarib tashlash bo‘yicha. Tarmoqni shamollatish va oqava suvni chiqarish usullari bo‘yicha.
Iflosliklarni to‘plash va chiqarib tashlash usuli bo‘yicha ichki kanalizatsiya o‘zi oqadigan va olib chiqib ketiladigan turlarga ajratiladi.
O‘zi oqar kanalizatsiya markazlashtirilgan deyiladi, agar bino kanalizatsiyasi bor joyda joylashgan bo‘lsa.
Bu tizimda binolardagi oqava suvlar qabul qilinib, tashqariga olib chiqiladi va nohiya, mikrorayon kanalizatsiya tizimiga olib chiqib tashlanadi.
Oqava suvlarni uyushgan holda oqizib ketish tizimi bo‘lmagan joylarda, kanalizatsiya tizimiga, mahalliy oqava suvlarni tozalash inshootlari kiradi; oqizib ketish tarmoqlari o‘zi oqar yoki bosim ostida ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
Olib chiqib ketiladigan kanalizatsiya tizimi alohida-alohida oqava suvlarini joyida to‘plab transportlar yordamida tozalash inshootlariga olib boriladi.
Ichki suv ta’minoti tarmoqlari bo‘lmagan binolardagi oqava suvlar ma’lum bir chuqurliklarga to‘planib zararsizlantiriladilar
Oqava suvlarning turi bo‘yicha: xo‘jalik, sanoat korxona suvlari va yomg‘ir suvlariga bo‘linadilar. Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha-kanalizatsiya tizimlari umumlashtirilgan va alohida turlarga ajratiladilar.
Oqava suvlarni uzatish bo‘yicha quvurlar va ariqli tizimlarga ajratish mumkin.
Tarmoqlarni shamollatish usuli bo‘yicha: ichki kanalizatsiya tizimi stoyaklari shamollatiladigan va shamollatilmaydigan tarmoqlar bir va ikki qavatli binolarda qo‘llaniladi.
Maxsus jihozi bor tizimlar oddiy va maxsus jihozlar bilan jihozlangan turlarga ajraladilar. Maxsus jihozlarga maxalliy bosim bilna oqava suvlarni ko‘tarish nasoslari kiradi. Bu nasoslar oqava suvlarni to‘g‘ri kanalizatsiya tarmoqlariga yoki tozalash inshootlariga uzatadilar. Uzatiladigan suvlar asosiy kanalizatsiya tizimini ishdan chiqarmasligi kerak, chunki bu oqava suvlarda zararli moddalar bo‘lishi mumkin.
Bino ichidagi kanalizatsiya tarmoqlarini loyihalash qMq 2.04.01-97 talablari asosida amalga oshiriladi. Bino rejasini santexnik jixozlari joylashgan qismida yoki bir guruh jihozlar joylashgan erlarda oqova suvlarni olib ketish stoyaklari o‘rnatiladi.
Binodagi hamma stoyaklar shartli ravishda STK 1-1, STK 1-2 va hokazo ko‘rinishda belgilanib boriladi. Ko‘ndalang kesmalarda sanitar jixozlarni chizish shart emas, ammo ularni joylashish erlarini harflar yordamida belgilash kerak: Un-unitaz, Um-umivalnik, M-moyka, V-vanna, P-pissuar va VE-bide. Stoyaklardagi reviziyalar podvalda, birinchi va oxirgi qavvatlarda joylashtiriladi (rasm-31). Besh qavatdan yuqori bo‘lgan binolarda esa har 3 qavatdan so‘ng reviziya o‘rnatish tavsiya etiladi. Tarmoqlarni gorizontal uchastkalarida har 15 m masofada reviziya, 10 m masofada esa prochistkalar joylashtiriladi. Stoyaklarni bino tomi ustidan 0,5 m balandroqqa chiqariladi, uni diametri stoyak diametriga teng kelishi shart, ustiga fluger o‘rnatiladi. Santexnik jixozlarni polni yuzasiga nisbatan joylashtirilsa qo‘yidagi masofalar asosida amalga oshiriladi (rasm-31):
- vanna smesiteli – 1000mm;
-umivalnik va moyka smesiteli – 1000mm (agar devor ichida bo‘lsa) yoki umivalnik yoki moykani o‘zida joylashtiriladi;
- bachogi yuqorida joylashgan unitaz krani – 1600mm
- suv sepish krani – 250 mm (joylashish tirqishi yuzasidan).
Sanitar-texnik jixozlar ostidan kanalizatsiya stoyaklari tomoniga tavsiya etiladigan o‘lcham va qiyalik ostida quvurlar joylashtiriladi. Turar joy binolarida hamma quvurlar ochiq holda pol yuzasidan 10-15 sm masofa balandligida o‘tkaziladi. Jamoa binolarida esa quvurlar pastki qavat potoloklari ostidan o‘tkaziladi.
Bino ichida joylashgan har bir stoyak hovli kanalizatsiyasiga alohida-alohida chiqarilib quduqlarga ulanadi. Tashqariga chiqarilayotgan quvurlar binoga nisbatan 900 chiqariladi.
Tashqariga chiqarilayotgan quvurlar binolarni katta-kichikligiga qarab 100-150 mm dan kam bo‘lmasliklari kerak. Stoklarni tashqariga ulanish masofani bino ichi va tashqarisi bilan qo‘shib hisoblanadi. Binoning tashqi devori va undan quduqqacha bo‘lgan masofa kamida 4 m masofaga egadir. quvurni burilish burchagi suyuqlikni yaxshi o‘tishini ta’minlashi kerak. Tashqi kanalizatsiyaga ulanish sxemasida stoyakni nomeri, uni er yuziga nisbatan joylashishi belgisi, quvir joylashishi lotogi belgisi, er belgisi va polni belgisi, bundan tashqarii quvur diametri va nishabi ko‘rsatiladi.
Tashqariga quvurlarni chiqish uzunligi, nishabi 12- jadvalda berilgan.

12- jadval



quvurlar diametri, mm

Oqava suv olib ketish quvuri

Vo‘pusk (tashqi quvur)

Nominal nishab

Minimal nishab

Maksimal uzunligi m

Minimal nishabi

50

0,035

0,025

6

0,025

100

0,02

0,012

7,5

0,012

150 va yuqori

-

-

10

0,010


Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling