Biologik membranalar, plazmalemma, hujayra organoidlari - endoplazmatik to'r, ribosoma, golji apparati va lizosoma tuzilishi.
Sitoplazma strukturasi
Sitoplazmaning suyuq tarkibi shuningdek – sitozol deb ham atashadi. Yorug’lik mikroskopda hujayraning ichidagi suyuqliklari: plazmasi yoki zolyasini kuzatish mumkin. Ularda yadro va boshqa organoidlar “suzib yurishadi” ganday ko’rinadi, haqiqatdan esa eukariot hujayrasining ichki qismlari qat’iy qoidaga buysunib tartiblshgan bo’ladi. Organiodlar harakatlari maxsus transportirovka sistemasi – mikrotrubkalar vositasi(“hujayra yo’lalri”)da koordinatsiyalanadi. Ulardagi harakatlar maxsus oqsillar – deneinin va kinezinlar (dvigaellari) yordamida harakatga keltiriladi. Alohida oqsil molekulalari ham hujayra ichida pala-partish emas, balkim yuqoridagi qoidalarga amal qilgan xolda zarur kompartment(“joy”)alariga maxsus signallar tizimi bilan hujayra transport sistemasi tomonidan aniqlanib kerakli joylariga yetkaziladi.
Hujayra membranasi tasviri. Rasmda faqat integral oqsillar berilgan:
Kichik havorang va oq shariklar lipidlarning gidrofil “boshchalari”;
Ularga biriktirilgan chiziqlar – gidrofob “dumlar”;
Qizillari – globulalar;
Sariqlar - spirallar
Sariq oval nuqtachalar – xolesterol molekulasi;
Sariq-yashil rangli shodalar – glikokaliksni shakllantiruvchi oligosaxarid zanjirlari.
Endoplazmatik retikulum (to’r)
Eukariot hujayrada bir-biriga o’tuvchi membrananing bo’limcha(trubka, sisterna)lari mavjud bo’lib, u endoplazmatik retikulum(to’r) deb yuritiladi. Unda ribosomalar birikkan membranalari – granulyar (donador)da oqsillar sintezi amalga oshadi. Ribosomalari yo’q membranalari esa silliq (agranulyar) qobiqlari lipidlar sintezi amalga oshadi.
Silliq va donador endoplazmatik to’rlar bir-biridan ajratilmagan bo’lib, yadro qobig’idagi teshikchalar bilan birikib turishadi.
Hujayra yadrosi, endoplazmatik to’r va Goldji apparatilarining sxematik ko’rinishi:
(1) Hujayra yadrosi. (2) Yadro memranasi teshikchalari. (3) Granulyar(donador) endoplazmatik to’r. (4) Agranulyar(silliq) endoplazmatik to’r. (5) Silliq endoplazmatik to’rdagi ribosomalar. (6) Transportlanuvchi oqsillar. (7) Transportlshuvchi vezikulalar. (8) Goldji kompleksi. (9) Mitoxondriya ichki membranasi
(10) Mitoxondriyaning tashqi membranasi (11) Membranalar orasidagi bo’shliq
Do'stlaringiz bilan baham: |