Biologiya-9-sinf-2023


Download 307.53 Kb.
bet1/10
Sana11.05.2023
Hajmi307.53 Kb.
#1451333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
biologiya-9-sinf-2023







OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI
VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TAʼLIM MARKAZI
2022–2023-OʻQUV YILIDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIM
MAKTABLARINING 9-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN
BIOLOGIYA FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR
TOSHKENT – 2023
Imtihon materiallari Respublika taʼlimi markazining Biologiya fani Ilmiy-metodik kengashida 2023-yil 30-martdagi 1-son qarori asosida foydalanishga tavsiya etildi.
Tuzuvchilar:
E. Ochilov – Respublika taʼlim markazi biologiya fani metodisti.
M. Suyunova – Toshkent shahar Chilonzor tumani 202-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi.
Taqrizchilar:
S. Haytbayeva – Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-IDUM oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi.
S. Yodgarova – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi.
Muharrirlar:
O. Musurmonkulova – Respublika taʼlim markazi metodisti.
X. Baxtiyorova – Respublika taʼlim markazi metodisti.


BIOLOGIYA
9-SINF

20222023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida biologiya fanidan yakuniy imtihon ushbu tavsiya etilgan bilet savollari asosida ogʻzaki soʻrov shaklida oʻtkaziladi.


Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15%20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-, 7-, 8-, 9-sinflari biologiya fani boʻyicha mavzularini qamrab olgan.
Shuningdek, tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Har bir oʻquvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda oʻquvchiga 3 tadan savol beriladi. Savollarning ikkitasi nazariy, bittasi amaliy, laboratoriya mashgʻulotiga oid boʻladi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Biologiya fanidan variativ reja boʻyicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik kengash qarorlari bilan qoʻshimcha savollar va masalalar kiritishi zarur.
Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Baholar umumlashtirilib oʻrtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4

202


Download 307.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling