Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda Bobo sholg‘om ekibdi. Sholg‘om kattakon bo‘lib, o‘sib yetilibdi


Download 17.58 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1231065
Bog'liq
Sholg


Sholg‘om


Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda Bobo sholg‘om ekibdi. Sholg‘om kattakon bo‘lib, o‘sib yetilibdi.
Bobo sholg‘omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi.
Shunda bobo buvini yordamga chaqiribdi.
Buvi boboni, bobo sholg‘omni tortibdi-toritibdi, biroq sholg‘om o‘rnidan qo‘zg‘almabdi.
Buvi nabirasini yordamga chaqiribdi.
Nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishib-tortishib, bu safar ham tortib olisholmabdi.
Nabira kuchukni yordamga chaqiribdi.
Kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi, biroq sholg‘omni tortib olisholmabdi.
So‘ngra kuchuk mushukni chaqiribdi.
Mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi, lekin tortib olisholmabdi.
Shundan so‘ng mushuk sichqonchani yordamga chaqiribdi.
Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi va oxiri tortib olishibdi.

Birinchi baliqcha


Yura katta, ahil oilada yashaydi. Bobosi, buvisi, dadasi va oyisi ishlaydi. Faqatgina Yura ishlamaydi. Chunki u hali bor-yo‘g‘i besh yoshda.
– Qaniydi, ishlab, hammani xursand qilsam, – deya orzu qiladi Yura.
Bir kuni oila a’zolari uni baliq oviga olib bordi. Bobosi va dadasining ovini havas bilan tomosha qilayotgan Yura baliq tutib, hammani xursand qilgisi keldi. Bobosi unga baliq ov-lashni o‘rgatdi. Qarmog‘iga kichkina baliqcha ilingan-da Yura shunchalik quvondiki… Buvisi baliqchalardan ajoyib sho‘rva pishirdi.
Daryo bo‘yida hamma jam bo‘lib, sho‘rvani ichishardi. – Sho‘rva juda mazali, shirin, – dedi bobosi. – Chunki sho‘rvada Yuraning tutgan balig‘i bor. U eng yaxshi baliqni ovladi.
Bu gapni eshitgan Yura esa xayolida: – Men eng kichkina baliqchani tutdim. Lekin ovni o‘rganib oldim. Hali bobom, buvim, dadam va oyim uchun juda ko‘p baliq tutib beraman, – deya orzu qilardi.


Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling