Birikmasiz tо‘G‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi. Reja: Birikmasiz tо‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi. Yog‘och materiallarini kesish tо‘g‘risida umumiy tushuncha Foydalanilgan adabiyotlar


Download 20.64 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi20.64 Kb.
#1095857
Bog'liq
BIRIKMASIZ TО‘G‘RI BURCHAK SHAKLIDAGI BUYUMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI


BIRIKMASIZ TО‘G‘RI BURCHAK SHAKLIDAGI BUYUMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.

Reja:
1.Birikmasiz tо‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi.


2.Yog‘och materiallarini kesish tо‘g‘risida umumiy tushuncha
3.Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Birikmasiz tо‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi
Yog‘och materialini kesish tо‘g‘risida umumiy tushuncha.
Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari bilan ishlashni о‘rgandilar.
Yog‘och materiallarini rejalash, yо‘nish, arralash, randalash. Ish usullarini о‘rganish va malaka hosil qilish: Chizma,kо‘rgazmava mehnat xavfsizligi qoidalari.
Yasash uchunbuyumlar: Plakat taxtachasi; chizma uchun chorchо‘p; yо‘nalish kо‘rsatkich taxtachasi; supurgi dastasi, kurak dastasi, bolta dastasini tayyorlashni о‘rganadilar.
Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikmalar tayyorlash hamda ularni texnologiyasini bajarishdagi tabaqalashtirish. Unda:
Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish.
Birikmani bajarishda qо‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallarni о‘zlashtirish.
Mix va burama, yog‘och mixlarni tanlash, shu bilan birga mix va burama orqali bajaradigan ishlar:
Detallarni biriktirshpda sifat talabi; Sifatsizlik turlari va ularni bartaraf qilish; Mehnat havfsizliga qoidalari; Ish usullarini о‘rganish va malaka hosil qilish; Detallarni qalinligiga qarab mixlarni tanlash; Yog‘ochlarni qattiq va yumshoqligiga qarabmixlarni qoqish; Biriktiriladigan detalni qalinligiga qarab buramamixlarni tanlash va mahkamlab biriktirish;
Amaliy ish: biriktiriladigan qattiq yog‘ochlarga mix va burmamix qoqishdan oldin uniparmalab olish. Yasaladigan buyumlar:Burchakchizg‘ich, mixlar uchun quti, gul tuvagi, shaxmat qutisi.

2.Yog‘och materiallarini kesish tо‘g‘risida umumiy tushuncha


Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog‘och materiallarni о‘lchash va rejalash kerak bо‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi.
О‘lchash deb yog‘och materialdning о‘lchamlarini va shaklini aniqlashni aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, matr, ruletka, gо‘niyalar, xatkash transporti va о‘lchov andozalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bо‘lingan xolda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda о‘lchash, kerakli tо‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining tо‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.
Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi.
Ular ham shunday maqsadlarda ishlatiladi. Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bо‘lishi uchun buklanadigan qilib yasaladi.
Ruletlar bir nechametr uzunlikdagi metal va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bо‘lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bо‘lgan uzunliklarni aniq ishlash uchunishlatiladi.
Gо‘niyalar yog‘och yoki boshqa materialdan foydalaniladi. Ular tо‘g‘ri burchaklarni о‘lchash, belgilash, chizib va tekshirib kо‘rish uchun ishlatiladi.(10-rasm) Shu bilan birga boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan gо‘niyalar ham ishlatiladi.
О‘lchov andazalari bir xil buyumni kо‘plab tayyorlashda qо‘llaniladi. О‘lchov andazasi bir xil uzunlikni kо‘p marta о‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Shu maqsadda tayyor buyum namunasidan ham foydalanish kerak.
Rejalar deb tayyorlanadigan buyumning kerakli о‘lchamlardagi shakllarini yog‘och materiallariga chizishni aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan о‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, har turli rejalash andozalaridan foydalaniladi.
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan xolda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama u kunda uning teshiklariga о‘rnatiladigan reykalar о‘ziga urnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki qalamlardan iborat bо‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mumkin.
Pargar (sirkul) turli aylanalar, aylana yoylari chizish ham da uzunliklarni о‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan, umumiy о‘qqa о‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar oyoqlaridan birinchi uchiga igna ikkinchisining uchiga qalam о‘rnatiladi. О‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna о‘rnatiladi.
3. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Z.Davletsheva Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent “Sano standart” nashriyoti 2017
2. G‘.Abduqodirov Kasb ta’limi praktikumi .T.: 2012.-260 b.
3. Gaipova N.S.va boshqalar. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari. O‘quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
4. 5. Iskandarov A.S.Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.-T.: «Fan va texnologiya» 2004 yil..-400 b.
5. Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari. Darslik Toshkent 2008 yil.
6. Shermuxammedov R., Yaxyaev S.S., Parmonov A.E. Kasb ta’limi praktikumi (Chilangarlik).-T.: «Iqtisod-Moliya» 2009 yil..-60 b.
7. S.S.Yaxyayev va boshqalar. Childangarlikdan amaliy ishlar. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod -moliya” 2008 yil.



Download 20.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling