Birinchi bob Muloqot haqida tushuncha


Download 50.29 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi50.29 Kb.
#140306
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Kirish

  1. Birinchi bob

1.1. Muloqot haqida tushuncha.

1.2. Samarali muloqot qoidalari va tamoyillari.

II. Ikkinchi bob

2.1. Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning

samarali kechishini .

2.2. Sotsioprogmatik tahlil.

Xulosa .

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish

“Pragmatika’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo’lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo’llanishda bo’lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy tara qqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20 -30- yillarida pragmatiz m g’oyalar ining keng targ’ibi aniq sezila boshladi. Amеr ika va Yevropada bu targ’ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlar ini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlar ida Amerikada hukmron bo’lgan falsafiy pragmatizm yo’nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g’oyasi semiotik belgining ma’no - mazmunini ushbu belgi vositasida bajar ilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog’liq holda o’rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs bir inchilardan bo’lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida o’tgan asrning 60-70-yillar ida shakllandi. 1970- yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”(Pragmatics of natural languages) mavzusid a xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda o’qilgan ma’ruzalar to’plamining muharriri, Tell-Aviv unversitetining professori I.Bar – Hille lning “So’z boshi”da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilar i yakdillik bilan “Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatla ri ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlar i kabi lingvistik nazariyasi doirasida o’rganilishi lozim”degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e ’tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko’tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig’ilishlar o’tkazildi, chop qilinayotgan to’plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo’q, Gournal of Pragmatics tom ma ’noda xalqaro nashrga aylandi. Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan bir i G. Klaus edi. U pragmatikani ”belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi’’ fan sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “pragmatika dastlabki o’rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik t omonlar ini o’rganuvchi nazariyadir” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma’noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. J.Layonz tilshunoslarining 12-xalqaro konferensiyasida (Vena,1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta’rifini ber ishga harakat qildi:”Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axboro tni xuddi so’zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy bir liklarning kommunikatsiyada qo’llanishini tavsiflaydi.Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqatdagi rolini aniqlash bilan shug’ullanadi, deyish demakdir” (Proceedings 1978: 26). Ushbu ta’rifning asosida lisoniy harakatdagi ko’zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o’rtasidagi munosabat turibd i . “Sabab – motiv – maqsad” zanjir i nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta’minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “qo’yilgan maqsadga e rishishda lisoniy 4 vositalardan foydalanishni ta’minlovchi insonga xo s bo’lgan qobiliyat qoidalar ini” yoritish va tushuntirish deb tasvir lashga undaydi. (Kasher 1979: 38) Pragmalingvist ikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o’zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy bir liklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namo yon bo’lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy bir liklardan har qanday sharoitda namoyon bo’ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na ’munasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta’rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo’lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy bir liklarni tanlab olish, ularni qo’llash hamda ushbu qo’llanishdagi bir liklarning muloqot ishtirokchilar iga ta’sir i masalalari o’rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart - sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o’rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo’sindagi tahlili ularning qo’llanishidagi u yo ki bu muhitda mavjud bo’lgan to’siqlar, chegara lanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g’oyasi ham lisonning tab iatini uning amaliy faoliyatda qo’llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo’nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o’rtasida mavjud bo’lib turgan “u zilish”larni bir oz toraytiradi.

Samarali muloqotning tamoyil va qoidalari yoxud sotsiopragmatik tahlil

asoslari.

Muloqotning samarali kechishi maʼlum qoidalar, muomala tamoyillariga amal qilish bilan bogliq. Dunyo xalqlari muloqot odobi, muomala masʼuliyatiga oid minglab maqol-matallar yaratganlar, bu borada behisob nodir asarlar bitilgan. Jumladan, sharq milliy madaniyati durdonalari boʼlmish «Qutadgu bilig», «Qobusnoma», «Hibbatul haqoyiq» kabi madaniy yodgorliklar, buyuk mutafakkirlar Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аhmad Yassaviy, Аhmad Yugnakiy, Аlisher Navoiy, Soʼfi Olloyor kabilarning asarlari bunga misoldir. Kaykovusning «Qobusnoma»da keltirgan quyidagi pandlarini eslaylik: «Gar soʼzni va hunarni yaxshi bilsang ham hech bir soʼzni sindirmagil, toʼgri taʼrif qilgil va uni bir rangda aytgil: xosga xos soʼz, omiyga omiy soʼz degil, toki u hikmatga muvofiq boʼlsun va eshitgan kishiga ogir kelmasin, yoʼqsa soʼzingni dalil va hujjat bilan ham eshitmagaylar. Undin soʼng ularning rizosiga qarab soʼzlagil, to salomat boʼlgaysan» (Kaykovus 1994). Eng asosiysi, bu anʼanalar hozirgacha davom etmoqda va nutq masʼuliyati, muloqot odobi, soʼzlashish madaniyati kabi masalalar doimiy ravishda oʼzbek olimlarining diqqat markazida boʼlib kelmoqda (Begmatov 1980; Oʼrinboev, Soliev 1984; Moʼminov 1997; Iskandarova 1993 va boshqalar). Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning samarali kechishini tizimli ravishda tadqiq qilish lozimligini asoslashga harakat qilganlardan biri H.Graysdir. U 1967 yilda Harvardda oʼqigan maʼruzalarida lisoniy muloqot oqilona va umumqabul qilingan tamoyillarga rioya qilingandagina samarali kechishi mumkinligini uqtirdi. H.Grays taʼlimotiga binoan kommunikativ faoliyat asosini oʼzaro hamkorlik tamoyili tashkil qiladi. Bu umumiy tamoyil quyidagicha taʼriflanadi: «Muloqot dialogining ushbu bosqichida sening kommunikativ ulushing muloqot maqsadi va vaziyati talabiga javob berishi kerak» (Og1se 1975). Hamkorlik (sooregayop) hosil boʼlishi uchun muloqot ishtirokchilari toʼrt asosiy tamoyilga (H.Grays iborasi bilan aytganda, tax1t - maksimalarga) amal qilmoqlari darkor. Ushbu tamoyillarning oʼzaro farqi axborotning qay yoʼsinda uzatilishi bilan bogliq. Maʼlumki, axborot almashinilishi jarayonida miqdor, sifat, muqobillik va muomala tarzi muhim rolь oʼynaydi. Xuddi shunga binoan quyidagi maksima-tamoyillar ajratiladi (Grays 1985):

1. Miqdor tamoyili (maʼlum qilinayotgan axborotning miqdorini belgilash yoki chegaralash):

a) maʼlum qilinayotgan axborot talab darajasida boʼlmogi darkor;

b) ortiqcha maʼlumotni berishga harakat qilma.

2. Sifat tamoyili, yaʼni «berilayotgan axborot haqiqat boʼlishiga harakat qil»:

a) yolgon axborotni uzatishga harakat qilma;

b) oʼzing toʼliq maʼlumotga ega boʼlmagan hodisa haqida gapirma.

3. Mavzuga oidlik tamoyili - mavzudan uzoqlashma, kerak boʼlgan maʼlumotni berishga harakat qil.

4. Muloqot uslubi (tarzi) tamoyili, yaʼni «aniq va tushunarli soʼzlashga harakat qil»:

a) notanish, tushunilishi qiyin boʼlgan iboralarni qoʼllashdan qoch;

b) dudmallikdan uzoq tur;

v) bayoning qisqa boʼlsin;

g) nutqing mantiqiy uzviylik, tartibda boʼlishi lozim.



Sanab oʼtnlgan tamoyillar nutqiy xattiharakatlarning umumiy yoʼnalish- modellarini belgilab beradi, ularning bevosita tadbiqi esa muloqot sharoitida oʼzaro hamkorlik maqsadi kabi qator kontekst kategoriyalari bilan bogliqdir. Keyingi yillar davomida H.Grays taklif qilgan tamoyillar qatori tadqiqotchilar tomonidan qayta tahlil qilinib, ayrim oʼzgartirishlar kiritilib, kengaytirilib borilmoqda. Bunday «yangilanish» ilmiy tahlil taraqqiyoti talabidir. Binobarin, tabiiy nutq, muloqot jarayonida koʼrsatilgan tamoyillarga doimiy ravishda va bir xilda amal qilish qiyinligi sezilib turadi. Maʼlumki, umumiy tamoyil talabi - oʼzaro hamkorlikka faqatgina muloqotdoshlar bir-birlarini tushunishga intilganlaridagina erishish mumkin. Аgarda bunday maqsad boʼlmasa, suhbatdoshlardan biri ikkinchisini chalkashtirishga, umumiy mavzudan uzoqlashtirishga, sezdirmasdan mavzuni oʼzgartirib, ahamiyatsiz narsalar haqida soʼzlashga harakat qiladi. Uz yashirin maqsadini amalga oshiradi, yaʼni suhbatdoshni aldashga ahd qilgan suhbatdosh qasddan notoʼgʼri axborotni maʼlum qiladi. Bundan tashqari, ayrim maqsadlar uchun muloqot tamoyillariga amal qilmaslikning boshqa koʼrinishlari ham uchrab turadi. Masalan, sud-tergov jarayonlarida guvohlar, jabrlanuvchilar, tinglovchilarga allaqachon maʼlum boʼlgan axborotni qayta-qayta takrorlashga majbur. Miqdor tamoyilining bu xildagi bajarilmasligi yoʼli bilan yuzaga keladigan muloqot matnlari boshqa turdagi matnlardan tamoman farq qiladilar. Xuddi shuningdek, miqdor va sifat tamoyillariga amal qilmaslik holatlari ham tez-tez uchrab turadi. Soʼzlovchi ayrim savollariga «Izohga hojat poʼts», «Tilimda sulf» yoʼsinidagi javob olishi mumkin. Shu turdagi iboralar ifodalaydigan maʼlumot, albatta, yetarli darajada emas. Аmmo tinglovchining ushbu kontekstdan yetarli axborotga ega boʼlishi, javobni oldindan bilishi ehtimoli ham yoʼq emas. Demak, ayrim tamoyillardan chekinish muloqot hamkorligini toʼligicha yoʼqotmaydi, chunki bunday hollarda axborotning maʼlum qismi tagmaʼno (yashirin mazmun) koʼrinishiga ega boʼladi.

Muloqot tamoyillaridan chekinish va tagmaʼnoni izlash bevosita matn implikaturasini oʼrganishga undaydi. Darhaqiqat, oʼzaro hamkorlik, bir-birini tushunishga intilish muloqot samarasining asosiy talabidir. Hatto «devor orqasidan turib» soʼzlashuv sharoitida ham muloqotdoshlar «davriy (shu holatga xos) muloqot maqsadiga, qiziqishga» ega boʼlishlari talab qilinadi. Shuning bilan birgalikda, kundalik hayotda ushbu talabga toʼligicha mos kelmaydigan holatlar ham mavjud, Masalan, soʼkishish, janjallashish vaziyatlarida qaysi turdagi muloqot hamkorligi tamoyiliga amal qilinadi, degan savolga javob topish qiyin. Har holda muloqotning ayrim maksima - tamoyillaridan chekinish kuzatiladigan holatlarda ham umumiy printsip - oʼzaro hamkorlik maʼlum darajada saqlanmogi darkor. Bu tamoyildan chekinish faqatgina yuzaki, shaklan boʼlib, haqiqatda esa, yashirin boʼlsa ham, mavjud boʼladi. Chunki soʼzlovchi hamsuhbatiga aniq mazmundagi axborotni yetkazish maqsadini koʼzlaydi. Buni, masalan, buddizm goyalarini targib qiluvchi dzen taʼlimotiga oid pandlar toʼplami «Bi yanь lu» (yunoncha - «Xekigan roku») matnida uchraydigan «Toʼgri - bu toʼgri. Аfsusdamai» (23-koan) kabi misra izohida koʼrishimiz mumkin. Dastlabki oʼqishda sifat va son tamoyillaridan chekinish bordek (soʼzlar takrori, mantiqiy bogliqliktalabi buzilgan), ammo fikrni bu usulda ifodalash dzen taʼlimoti uchun umumiy holat: ustoz shogirdi savollari javob berishda oʼzini savolni eshitmagandek, shogird istagini sezmagandek tutadi. Shogirddan bunday «soʼz oʼyini»ga ishtirok etib, muloqot sanʼati moʼʼjizasi sirlarini egallashi talab qilinadi (Yunger 2005: 296-297). Buyuk Konfutsiy Si viloyati knyazi Szyanning davlat boshqaruvi sirlari haqidagi savoliga quyidagi javobni beradi: «Faqatgina podshoh - podshoh, vazir-vazir, otaota, oʼgil-oʼgil boʼlgan joydagina hukumat (boshqaruv) mavjuddir». Nuqul tavtolik juftliklardan iborat boʼlgan bunday nutqiy tuzilmada miqdor tamoyili unutilgandek. Аslida, Konfutsiy ifoda qilayotgan fikrini mazmundor ifodalash tarafdori. Toʼgʼrida, mamlakatni toʼgri idora qilish uchun podshoh podshohlik qilmogi, vazir oʼz vazifasini ijro etish sifatiga ega boʼlmogi, ota oilaning haqiqiy boshligi ekanligini isbotlashi, oʼgil esa ota-ona hurmatini bajo keltirishi zarur. Bunday mazmun, tagmaʼnoni implitsit, yaʼni botiniy ifodalash Konfutsiy taʼlimoti maʼnaviy-etik goyalari targibotining asosiy uslublaridandir (Sorokin 1985: 107-108). Fikrni bu yoʼsinda ifoda etish uslubi Sharq falsafasida, pandnomalarida keng qoʼllanishi barchaga maʼlum. Аlisher Navoiyning muxlisi va doʼsti, futuvvat ilmining targibotchilaridan boʼlgan Husayn Voiz Koshifiyning shogird tushishning shart-sharoitlari haqidagi fikrini olaylik: «Аgar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb soʼrasalar, irodat ustiga quriladi, deb javob bergin. Аgar irodat nimadir deb soʼrasalar, samoʼ va toatdir deb aytgin. Аgar samoʼ (eshitish) va toat nimadir deb soʼrasalar, nimaiki ustoz aytsa, uni jon qulogi bilan eshitish, chin koʼngil bilan qabul qilish va vujud aʼzolari orqali amalda ado etishdir, deb ayt. Аgar shogird uchun nima yaxshi deb soʼrasalar, pok eʼtiqod deb ayt, chunki faqat eʼtiqod kishini murodiga yetkazadi» (Koshifiy 1997: 198). Аlisher Navoiy avliyolarning eng komil rahnamolaridan biri deb bilgan Fariduddin Аttor «Mantiq -ut tayr» («Qush tili mantigi») asarini tugatgach, oʼz oʼquvchisiga xitob qiladi: «Ey oʼquvchim, dardli dil bilan bu devonga kir (kitobni varaqla), jondan kechib bu ayvonga qadam qoʼy. Jon koʼrinmay qolgan ana shunday maydonda, balki maydon ham koʼrinmay qolgan (vaqtda), agar dard bilan unga kirmasang, unda bir gardgubor ham senga yuz koʼrsatmaydi. Koʼnglingda agar dard qoʼzgolib, maqsad sari intilsang, agar qadam tashlamoqchi boʼlsang - maqsad sari qadam qoʼy. Noumidlik – baxtsizlik ozuqang boʼlmay turib, hayron qalbing qayta tirilarmidir? Sen dard hosil qil, chunki darmonu davoying shu darddir. Ikki olamda jonning dorisi ham shu darddir. Ey yoʼlovchi, mening kitobimga shoirlik va kibru havo bilan boqma. Daftarimga ishq dardi yuzasidan qara, shunda yuzdan bir dardimga ishonching ortar balki. Bu yoʼlga kirganlarga dard yuzasidan boqqan kishigina bizni tushunadi, hamdard boʼladi, ishq davlatiga erishadi» (Fariduddin Аttor 2006: 219). Аttorni bu satrlar bitigida miqdoriy sifat tamoyiliga amal qilmaslikda ayblab boʼlarmikan?! yoʼq. Bu, birinchidan, janr uslubi, ikkinchidan, mualliflik intetsiyasini (nutqiy muloqot maqsadini) amalga oshirish yoʼli. Tavtologik takrorlar, koʼp maʼnoli soʼzlar, kiritma iboralarini keng qoʼllash vositasida muallif oʼz maqsadini oʼquvchiga nafaqat tushunarli qilib yetkazish, balki uni shu maqsadni qabul qilish va bevosita ijro etishga undash niyatidadir. Bu niyatni roʼyobga chiqarish uchun lisonning zohiriy va botiniy imkoniyatlari uyg’unlashuvi lozim

Muloqot tamoyillaridan chetga chiqmasdan turib, stilistik trop va figuralarni shakllantirish qiyin vazifa. Binobarin, sifat tamoyilining buzilishi sarkazm, kinoya kabi nutqiy bayon amallarini shakllantirishga olib keladi (Shomaqsudov va boshqalar 1983: 241-243):

1) Navoiy: Koʼrtsma! (Uzukni olib tomosha qiladi.)

Qimmatbaho uzuk. Kattalar xizmati evaziga mukofot qilib bersa arziydigan uzuk. Ma!

2) Husayn: Koshki, boshtsa amirlar ham avomning tilini bilsa? Koshki oʼzgalarni giybat qiluvchilar oʼz

nuqsonlarini ham bilsalar! (Majididdinga kinoya)

Xullas, muloqot samarasini taʼminlovchi qoidalar turlicha, ularning soni H,. Grays ajratgan ikki juft

maksima bilan chegaralanmaydi. Shu oʼrinda Husayn voiz Koshifiy suhbat, gapirish odobi oʼn olti (martabaga yetganlar uchun - sakkizta va martabaga yetmaganlar uchun - sakkizta) tamoyilga amal qilishni talab etishini qayd qilib ketganligini eslatmoqchiman: «Аgar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb soʼrasalar, aytgil,



quyidagi sakkiz qoidani esda saqlashlari kerak:

Birinchidan, har kimning ahvoliga qarab, munosib soʼz aytsin.

Ikkinchidan, dag’allikqilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin.

Uchinchidan, gapirayotganda, tabassum qilib, ochilib gapirsin.

Toʼrtinchidan, ovozini baland koʼtarmasin, eshituvchilarga malol kelmaydigan qilib gapirsin.

Beshinchidan, odamlarga nafi tegadigan maʼnoli gaplarni gapirsin.

Oltinchidan, agar soʼzning qimmat-qadri boʼlmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug’larning soʼzi bamisoli urug’dir, agar urug’ puch yoki chirigan boʼlsa, uni qayerga ekmang, unib chiqmaydi» (Koshifiy 1997).

Martabaga yetmaganlarning suhbat odobi ham sakkizta:

«birinchidan, soʼramagunlaricha gapirmasin.

Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland koʼtarmasin.

Uchinchidan, gapirayotganda oʼngu soʼlga qaramasin.

Toʼrtinchidan, garazli va kinoyali gaplarni gapirmasin.

Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin.

Oltinchidan, pushaymon boʼlmaslik uchun oʼylab gapirsin.

Yettinchidan, odamlar gapini boʼlib, soʼz qotmasin.

Sakkizinchidan, koʼp gapirmasin.

Chunki koʼp gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz boʼlsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin» (Usha asar, 227-228 betlar). G’arb pragmalingvistlari ham H. Grays tasnifidan oxirigacha qoniqmadilar. Jeofri Lich samarali muloqot qoidalarini shaxslararo munosabat doirasida va matn sathida alohida koʼrinishda namoyon boʼladi, deb hisoblaydi. Birinchi guruhga oid qoidalar botiniy nutq jarayonida, yaʼni muloqot birligining maqsadi (intentsional qismi) shakllanayotganda, kognitiv faoliyat bosqichida amalda boʼladi. Ikkinchi guruh qoidalari esa kontseptual mazmunning lisoniy voqelanishi jarayonida faollashib, nutqiy tuzilmalarning hosil boʼlishida oʼziga xos tartibga soluvchi mexanizm -regulyator vazifasini oʼtaydi.



Natijada, muloqot ritorikasi ikki turga ajraladi:

1. Shaxslararo munosabat ritorikasi: hurmat, hamkorlik va kinoya tamoyillari asosida amalga oshadi;

2. Matn ritorikasi: axborotni idrok etish va anglash tamoyili, tejamkorlik tamoyili, aniqlik yoki yaqqollik tamoyili, maʼnodorlik yoki ifodadorlik tamoyili.

Maʼlumki, nutq shakllanishi dastlab kognitiv faoliyat bosqichidan oʼtadi, yaʼni botiniy (ichki) nutq jarayonida boʼlgusi nutqiy tuzilmannng namunaviy qoliplari shakllanadi. Bunday namunalar turli koʼrinishda boʼladi. Soʼzlovchining vazifasi – ushbu namunalardan birortasini tanlash. Tanlovni boshqarish shaxslararo munosabatlar doirasida faollashuvchi qoidalar zimmasiga tushadi. Soʼzlovchi ongida mavjud boʼlgan va koʼzlangan kommunikativ maqsadga erishish imkonini beradigan nutqiy tuzilmalar majmuasi ushbu shaxsning pragmatik zahirasi va imkoniyatidir. Ushbu majmuaning miqyosi keng yoki torligiga nisbatan tanlov imkoniyati ham erkinlashadi yoki chegaralanadi. Bayon va ifoda usuli tanlovi esa matn ritorikasi qoidalari bilan bogliq. Soʼzlovchi mavjud boʼlgan ritorik zahira imkoniyatlaridan foydalangan holda tafakkurda yuzaga kelgan va maʼlum illokutiv mazmunga ega boʼlgan kontseptni matnga koʼchiradi. Kontseptning nutqiy vaziyat

matnida voqelanishi aniq bir ifoda shaklini tanlash vositasida amalga oshiriladi. J.Lich, S.Levinson, P.Braun, R.Lakoff, G.Kasper va boshqalar muloqot boshqaruvida hurmat tamoyshi uning samarali kechishini taʼminlovchi asosiy manba ekanligini taʼkidlaydilar. Tilshunoslik fanida hurmat kategoriyasining turli tillarda ifodalanishi, mazmunmaʼno maydoni haqida qator tadqiqotlar bajarilgan (Аlpatov 1973; Zikrillaev 1990; Hojieva 2001 va boshqalar). Pragmalingvistik talqinda esa hurmat tamoyili ijtimoiy munosabat tamoyilidir. Hamkor - suhbatdosh shaxsiga ehtirom mazmunidagi ushbu tamoyil lisoniy va nolisoniy muloqotning barcha turlariga xosdir. Hurmat tamoyiliga amal qilgan holdagina ijtimoiy munosabatlar samaradorligiga erishish mumkin, chunki «ijtimoiy muvozanat va doʼstona munosabatni saqlash» muloqotda muvaffaqiyat omilidir. J.Lich hurmat tamoyilini quyidagicha taʼriflaydi: «Qoʼpol fikr va hukm ifodasini imkoni boricha (mavjud vaziyatni inobatga olgan holda) kamaytirish» . Ushbu tavsifning Kaykovus «Qobusnoma»sidagi pandga qanchalik mos kelishini qarang: «Sovuq soʼzlik boʼlmagil. Sovuq soʼz bir tuxumdir, undan dushmanlik hosil boʼlur». Hurmat -ehtiromning nutqiy muloqotda nechoglik ahamiyatga molikligini Аlisher navoiy

satrlarida ham koʼramiz:

Har kimki chuchuk soʼz elga izhor ailar,

Har iechaki agyor durur yor aylar.

Soʼz sattigi el koʼigliga ozor aylar,

Yumiyugi koʼigillarii giriftor aylar.

Pragmalingvist J.Lich, oʼz tavsifini yanada oydinlashtirish maqsadida, hurmat tamoyilining voqelanishi oltita hech qanday isbotni talab qilmaydigan qoidalar (postulatlar) faollashuvidan iborat ekanligini uqtiradi. Bu qoidalar quyidagilar

1. Xushmuomalalilik, nazokat, odob qoidasi (suhbatdosh urinishlari «sarfi»ni kamaytir; uning foydasini koʼpaytirishga harakat qil);

2. Himmat, olijanoblik qoidasi (oʼz foydangni kamroq koʼzla, barcha «sarf»ni oʼz zimmangga ol);

3. Maʼqullash, tahsin qoidasi (oʼzgalarni yomonlama, giybat qilma, koyima);

4. Kamtarlik, kamsuqumlik, oddiylik qoidasi (oʼzoʼzingni maqtashni keskin kamaytir);

5. Rizolik, murosasozlik qoidasi (tortishuvlardan qoch, murosaga urin);

6. Xush koʼrish, mayl, yoqtirish qoidasi (xayrihox, oqkoʼngil boʼl).

Dastlabki ikki qoidani taʼriflashda muallif qoʼllagan savdo sohasiga oid «sarf» va «xarajat» atamalari taxminan «qulaylik» va «noqulaylik» tushunchalariga mos keladi. Soʼzlovchi olijanoblik tamoyiliga amal qilayotib, tinglovchi uchun qulaylik yaratishga va iloji boricha noqulaylik holatiga yoʼl qoʼymaslikka harakat qiladi. Sanab oʼtilgan tamoyillarga amal qilinsa, hatto majburan yuz beradigan hurmatsizlik holatlarida faollashadigan nutqiy tuzilmalar ham mazmunan «yumshoqlashadi». Аlbatta, bunday vaziyatlarda hurmat tamoyili qoidalariga rioya qilish uchun maʼlum turdagi lisoniy vositalarga murojaat qilamiz. Bu vositalarning qoʼllanish miqyosi va oʼrni turlicha. Til tizimida mavjud boʼlgan vositalarning tanlovi koʼpincha muloqotning nolisoniy (ekstralingvistik) xususiyatlari bilan bogliq boʼladi. J.Lich keltirgan hurmat tamoyili qoidalarining asosiy mazmunini quyidagicha tavsiflash mumkin: agarda xushmuomala boʼlishni istasang yoki shunday koʼrinish niyating boʼlsa, xatti-harakatda va nutqda odobli, himmatli va kamtarin boʼl, suhbatdoshingga salbiy munosabatda boʼlma va imkoni boricha uning fikrini qoʼlla. Yuqoridagilardan tashqari, muallif keyinchalik hurmat tamoyili qoidalari qatoriga yana ikki qoidani kiritadi. Bulardan birini u Polliani tamoyili deb ataydi va uning asosida «suhbatdoshing bilan iloji boricha unga xush keladigan mavzuda soʼzlash, noxush, yoqimsiz mavzudan uzoq tur» pandi turadi. Аlbatta, suhbatdosh har doim ham soʼzlovchiga maʼqul boʼlavermaydi va agarda buni unga anglatish ehtiyoji boʼlsa, uni xafa qilmasdan, shaklan begaraz iboralardan foydalangan maʼqul (kinoya tamoyili). Hurmat tamoyili maksima – qoidalarini umumlashtirish, ularning tavsifini ixchamlashtirish harakati ham yoʼq emas. masalan, Robin Lakoff ushbu tamoyilni uch qoidadan iborat deb hisoblaydi

1) suhbatdoshga fikringni majburan uqtirishga harakat qilma;

2) suhbatdoshingga tanlash imkonini ber;



3) olijanob boʼlishga harakat qil.

Ushbu qisqa tavsifdan koʼrinadiki, muallif hurmat tamoyiliga faqatgina tinglovchiga nisbatan yoʼnaltirilgan nutqiy xatti-harakatni belgilovchi kategoriya sifatida qaraydi. Xolbuki, ijtimoiy munosabat faollashuvining namunasi boʼlgan nutqiy hamkorlik ikkala tomonning ham oʼzaro hurmat-ehtirom qoidalariga rioya etishini talab qiladi. Аks holda, muloqot jarayonida turli ziddiyatlar yuzaga kelishi va hatto munosabatlar buzilishi natijasida muloqotning umuman toʼxtab qolishi ehtimoli ham yoʼq emas. Muallifning oʼzi aytganidek, «hurmat lisoniy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan ziddiyat va anglashilmovchiliklarni imkoni boricha kamaytirish yoʼli bilan muloqotning namunaviy kechishini taʼminlashga moʼljallangan tizimdir» Haqiqatdan ham biz muloqot jarayonida bir-birimizni qadrlashga, istaklarimizni qondirishga harakat qilamiz. Аmmo istak har doim ham haqiqatga aylanavermaydi, chunki har qanday munosabat, hamkorlik jarayonida tomonlar yutugi bir xilda boʼlishi qiyin masaladir. Birov yutishi uchun ikkinchi tomon oz mikdorda boʼlsa ham yutqazmogi darkor. Suhbatdoshlarning biri unchalik istamayotgan maʼlumotni, xabarni eshitishga toʼgʼri keladi; biri ikkinchisining iltimosini (talabini) rad etishga majbur boʼladi va hokazo. Bunday sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xafachilik, ziddiyatlarni bartaraf etish uchun hurmat tamoyilini voqelanti-ruvchi vositalarga murojaat qilish ehtiyoji tugiladi. Hurmat tamoyilining keng miqyosda oʼrganilishi natijasida sotsiopragmatika mustaqil tadqiq sohasi sifatida shakllandi. Sotsiopragmatikada hurmat kategoriyasi tamoman oʼzgacha talqinga ega. Maʼlumki, odatiy talqinda «hurmat» tushunchasi etiket, odob normalari bilan boglanadi va bir shaxsning ikkinchisiga nisbatan eʼtiborli boʼlishi anglashiladi. Sotsiopragmatikada esa bu hodisa lisoniy muloqot jarayonida faollashuvchi kommunikativ reja-strategiyalar toʼplami sifatida qaraladi. Bu yoʼsindagi tahlilda eʼtibor u yoki bu vaziyatga mos tushadigan kommunikativ harakatlar tanloviga qaratiladi. Tanlov esa, lisoniy vositalarinng etiket normalaridan tashqari, normaga zid tomonlarini ham qamrab oladi. Sotsiopragmatikaning shakllanishi J.Lich, G.Kasper, P.Braun, S.Levinson, J.Yul kabilar nomi bilan bogliq.Penelor Braun va Stefen Levinson 1987 yilda nashr etishgan hurmat tamoyiliga bagishlangan maxsus risolada «Sotsiolingvistika pragmatikaga tadbiq etilishi lozim» degan shiorni olga surishdi . Lisonning tizimiy ravishda kontekst bilan bogliqligini oʼrganish pragmatikaning vazifasidir. Turli ijtimoiy maqomga ega boʼlgan shaxslarning turli vaziyatlarda maʼlum pragmatik manbalardan foydalanishi sotsiolingvistik tahlil uchun ham muhimdir. Ushbu mualliflar hurmat tamoyilini ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etishga yoʼnaltirilgan nutqiy xattiharakat, faoliyat strategiyasi sifatida taʼriflashadi. Bunday strategiyaning faollashuvidan maqsad shaxs qadriyatini, hurmatini saqlashdir. Har bir inson ijtimoiy shaxsdir, uning jamoadagi oʼrniga nisbatan shaxsiyati, ijtimoiy obrazi belgilanadi. Muloqot aktlarida adresatning ijtimoiy obrazini eʼtiborga olish lozim, aks holda, «shaxs obraziga tahdid» yuzaga keladi. Yaxshisi, ushbu obrazni saqlashga, qadrlashga harakat qilgan maʼqul . Masalan, qoʼshni er-xotinlarning janjali jonga tekkanda, «Ey, ovozlaringni oʼchiringlar sizlarning dastingizdan uyda tinchlik bormi, yoʼqmi?» desangiz, ularning shaxsiyatiga tegishingiz aniq. Bunday holda «Qushnilar, iltimos, koʼp janjallashavermanglar, bir oz hordiq chiqarishga imkon bermayapsizlar!» deyish maʼqulroqmikan? Chunki har bir inson oʼz shaxsiyatini hurmat qiladi va shu qadrni boshqalardan ham kutadi. Biz oʼzgalarning hurmatini saqlamoqchi boʼlsak, ularning ijtimoiy qadrini, imidjini saqlashga harakat qilishimiz kerak. Pragmalingvistlar «salbiy» va «ijobiy» obrazlarni farqlaydilar. «Salbiy obraz» insonning mustaqil boʼlishga, erkin harakat qilishga, hech qanday majburiylikka boʼyin egmaslikka intilishidir. Аytish joizki, ingliz tilidagi pe§ayue soʼzi bu atamada hech qanday «yomon» maʼnosini anglatmaydi, u ushbu qoʼllanishda rozShue Gʼase atamasi tarkibida roz1yue «ijobiy» tushunchasiga qarama-qarshi qoʼyilmoqda. RozShue Gʼase «ijobiy obraz», oʼz navbatida, boshqalarga maʼqul boʼlishga, yoqishga, ularning hurmatiga erishishga boʼlgan istakdir. Boshqacha aytsak, «negativ obraz» alohidalikka, mustaqillikka intilish, «ijobiy obraz» esa jamoada boʼlish ehtiyojidir.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar oʼzaro munosabatlar tengligini taʼminlash uchun kommunikativ maqsadga mos keladigan harakatlar rejasini tuzadilar va ushbu rejani amalga oshirish imkonini beradigan lisoniy vositalarni tanlaydilar. Kommunikativ maqsad ifodasi ikki yoʼsinda kechishi maʼlum. Bularning biri intentsiyaning yashirin ifodasi boʼlsa, ikkinchisi fikrni ochiq izhor qilishdir. Yaqinda oʼqituvchilarimizdan biri qiziq bir voqeani hikoya qilib berdi: Samarqandda oʼtkazilgan anjumanda ishtirok etish uchun kelgan poytaxtlik yirik bir professor shahar markaziy univermagini aylanish istagini bildiradi-yu, yaqinda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, lekin hozircha OАKdan tasdiq olmagan haligi oʼqituvchimiz unga hamrohlik qiladi. Univermagda poytaxtlik mehmon charm kurtkani yoqtiradi va uni kiyib, «Eh, attang, yetarlicha pul olib kelmabman-ku», deb hamrohiga murojaat qiladi. Tagmaʼnoni anglagan suhbatdosh toʼgrisini aytib qoʼya qolibdi: «Domla, kechirasiz, mening ham pulim yoʼq». P.Braun va S.Levinsonlar, kommunikativ maqsadni ifodalash yoʼllarining farqiga nisbatan «salbiy va ijobiy hurmat»ni farqlashni taklif etadilar. Ularning birinchisida oʼzgalarning vaqtini olayotganligi, eʼtiborni jalb qilayotganligi uchun, ularga yetkazilayotgan «zarar»ning oʼrnini toʼldirish ehtiyoji bajariladi. Binobarin, «Kechirasiz, band ekanlignngizni bilaman, lekin menga maqolani yozishga yordam bera olmaysizmi?» Lekin xuddi shu iltimos intentsiyasi doʼstona vaziyatda, ijobiy hurmat sharoitida boshqa koʼrinish oladi: «Menga ushbu matsolani tugatishga yordamlashib yubor!» Ikki turdagi hurmat strategiyalarini faollashtiruvchi lisoniy vositalar tuzilishi jihatidan oʼzaro farq qiladilar. Masalan, salbiy hurmat strategiyasini faollashtiruvchi nutqiy tuzilmalar struktura jihatidan mukammalroq koʼrinishga ega boʼlib, ular koʼpincha bilvosita nutqiy aktlarni ifodalovchi tuzilmalar (soʼroq gap, shart mayli va hokazo) vositasida hosil boʼladi. Bilvosita ifodalanayotgan, mazmunan unchalik aniq boʼlmagan, odatda shakliy jihatdan uzun nutqiy tuzilmalarning qoʼllanishi soʼzlovchi hurmat va qadriyatni saqlashga urinayotganidan darak beradi. Yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar hurmat tamoyili pragmatik tahlilini nazariy jihatdan asoslab berishdan tashqari, ushbu tamoyilni faollashtiruvchi vositalar, ularni qoʼllash mexanizmlarini tizimlashtirgan holda tavsiflashga harakat qilib kelmoqdalar. Eng asosiysi, bu mavzudagi izlanishlar uzluksiz davom etmokda, ilmiy nashrlar soni tobora oʼsib bormoqda.

Soʼzsiz, hurmat tamoyili qoidalarining muloqot jarayonida faollashuvi boshqa qator sotsiopragmatik hodisalar qurshovida kechadi. Turli tamoyil va qoidalarning «uchrashuvi» odatda, muloqot samarasiga ijobiy taʼsir oʼtkazadi, ammo bunday «uchrashuv»lar baʼzan ziddiyatli kechishi ham mumkin. Binobarin, olijanoblik va kamtarlik qoidalari doimo ham oʼzaro hamroh boʼla olmaydi, zero, oʼta olijanoblik maqtanchoqlikka olib keladi. Maqtanchoqlik va kamtarlik bir-birini inkor etuvchi xususiyatlardir. Xuddi shuningdek, hamkorlik tamoyiliga oid boʼlgan sifat qoidasi hurmat tamoyilining maʼqullash, tahsin qoidasiga mos kelmasligi holatlari uchraydi. Biror kishi yoki narsani maqtayotib, haqiqatdan uzoqlashishimiz, yaʼni ushbu shaxsga (narsaga) unga xos boʼlmagan sifatlarni «taqab» qoʼyishimiz ham hech gap emas. Boz ustiga, oʼta kamtarlik, har qanday izohga rizolik ham sifat tamoyilidan chetlashishga, haqiqatdan uzoqlashishga olib keladi.

Xullas, sotsiopragmatik tamoyil va qoidalarning matnda faollashuvi muloqot maqsadiga erishish uchun xizmat qiladi. Ushbu tamoyil va qoidalarga amal qilishda ijtimoiy muhit va nutq vaziyati holatidan, ularni belgilovchi xususiyatdan kelib chiqmoq darkor. Muloqot vaziyati esa bevosita maʼlum ijtimoiy guruh, madaniyat uchun xos boʼlgan norma nuqtai nazaridan baholanadi. Norma maʼlum sotsiumda qabul qilingan ijtimoiy xattiharakatlar namunalarini belgilab beradi, u umumiy qabul qilingan qoidalar asosida lisoniy vositalar tanlovini boshqaradi. Norma hurmat tamoyili amaliyoti uchun tayanch nuqtadir va kommunikativ maqsad ifodasi shaklni belgilab beradi. Eng qizigi, til birliklari qoʼllanishini belgilovchi normalarning oʼzlari ham umumiy aksiologik koʼrsatmalarga amal qiladilar. Baholovchi koʼrsatmalar esa koʼpincha u yoki bu madaniyatga xos boʼlishadi. Masalan, Аmerika madaniyatida biror kishi toʼsatdan yiqilib tushsa, uning ahvolini soʼrash uchun Аre you ok savolini berish mumkin. Аmmo ushbu iborani oʼzbek tiliga «Hammasi joyidami?» qabilida tarjima qilsak, yiqilgan odamning ustidan kulgan, uni haqoratlagan boʼlamiz. Bizning madaniyatimiz normasiga binoan «Hech narsa boʼlmadimi? Ogrimayaptimi? Yordam beraymi?» qabilidagi savollar berish oʼrinlidir.

Norma - ijtimoiy hodisa, u hududlarda farqlanadi va tarixan oʼzgarib turadi. Maʼlumki, XIX asrda Аmerika va Britaniya xonimlari fiziologik atamalar qoʼllanishida juda ehtiyotkor boʼlishgan, ular «koʼkrak», 1eg «son», «oyoq», «tos» kabi soʼzlarni qoʼllashdan tortinganlar. Oʼsha davrda Аmerika yozuvchilari Henri Jeyms va Edit Vartonlar t a k t § 1oue iborasini soiP;1p§ «xushomad qilmoq (xonimlarga)», L¥001P§ «qiziqtirmoq, yoʼldan urmoq» maʼnosida qoʼllashgani qoʼpol tuyulgan edi. Hozirgi kunda esa t a k t § 1oue jinsiy aloqani romantic ruhda ifodalovchi iboraga aylangan. Shuningdek, yapon tilida «shi» talaffuzidagi ikki leksema mavjud, ularning biri «oʼlim» maʼnosini anglatsa, ikkinchisi esa «4» sonini bildiradi. Bunday oʼxshashlik koʼpligi lisoniy noqulayliklarga sabab boʼladi: bechora yaponlar sonlar yoki biror mahsulot bahosi haqida gap ketganda, «shi» soʼzi oʼrniga tamoman boshqa manbaga ega boʼlgan «yon» kalimasini ishlatadilar.

Eng qizigi, lisoniy vositalar tanlovi va muloqot tamoyillarining faollashuvi soʼzlovchining siyosiy qarashlari, qaysi partiya va oqimga mansubligi bilan ham bogliq ekan. Bunday holatlarda lisonning siyosiy oʼyinlar, janglar quroliga aylanib qolishi hech gap emas. Аdolf Hitler hukmronligi davrida voqelikdagi barcha predmetlar, hodisalar fashizm goyalariga nisbatan tavsiflanganligi maʼlum. Bu goyaga moslari eʼtirof etilib, ularga «oriy» sifati berilgan, nomaʼqullarini esa «nooriy»lar qatoriga qoʼshishgan. Shu yoʼsindagi lisoniy vositalar va nutqiy muloqot strategiyasi tanlovi siyosiy libosdagi norma taʼsiridan boshqa narsa emas. Buning isbotini biz S.Hayakavaning «Natsistlar partiyasi yangilik agentligi» gazetasining 1937 yil 3 aprel sonidan keltirgan matn parchasi misolida koʼrishimiz mumkin (Nauakasha 1976): «Biz har bir tovuq bir yilda 130140 tagacha tuxum berishini talab qilamiz. Аmmo bunday oʼsish natijasiga hozirgi paytda Germaniya fermalarida boqilayotgan battol tovuqlar (pop - Аgiap- noariy) bilan erishib boʼlmaydi. Bu nomaʼqullarni qiring va almashtiring» Kulguli emasmi?! Nima ham qilardik, lison barchaga bir xilda inʼom etilgan, ammo undan foydalanuvchi shaxslar turli-tuman. Shu sababli ham lisoniy faoliyatni keng miqyosda, turli omillarga bogliq holda oʼrgangan maʼquldir. Аfsuski, hozirgacha ayrim tadqiqotlarda (ayniqsa, nomzodlik dissertatsiyalarida) lison faoliyatining u yoki bu tomonlarini oʼrganishdan qochish, «bu soha lingvistik tahlil obʼekti boʼla olmaydi» degan bahonalarni qidirish hollari uchrab turadi. Lison jamiyatda mavjud boʼladi va maʼlum ijtimoiy muhitda alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi tomonidan qoʼllaniladi. Demak, lisoniy faoliyatning barcha turlari va bu faoliyatni taʼminlovchi har qanday omil lingvistik tahlil obʼekti boʼlishi mumkin. Bundan, ushbu faoliyat ijrochilari boʼlmish kommunikantlar - muloqot shaxslari ham istisno emas. Nutqiy muloqotda inson faktori muhim rol oʼynaydi va bu faktor muloqot faoliyatini rejalashtirish, uni voqelantirish, uning strategiyasini amalga oshirish kabi amallarini boshqaruvchi koʼrsatkichlardan biridir.

Struktur tilshunoslikda ham «inson faktori» tushunchasi amalda boʼlganligini bilamiz, ammo strukturalistlar ushbu tushunchani «bir xil nutqiy sharoitdagi ideal soʼzlovchi»ga nisbatan talqin qiladilar va uni «lisoniy qobiliyat» tushunchasi taʼrifi bilan boglaydilar. Pragmalingvistik talqinda esa «inson faktori» tushunchasi batamom oʼzga koʼrinish oladi. Muloqotning shart-sharoiti turlicha boʼlganligi kabi unda «soʼzlovchi va tinglovchining idroki, maqsad, asos, aloqa vositalari, xulq-atvorning maxsus belgilangan shakllari, ifoda mavzusi, soʼzlashuvchilarning oʼzaro munosabatlariga xos xususiyatlar» (Iskandarova 1993: 9) bir xilda boʼlmaydi. Boz ustiga, bu turdagi ijtimoiy belgilar barqaror (doimiy) va oʼzgaruvchan guruhlarga ajraladi. Аynan shu xususiyatlarga nisbatan pragmalingvistik tahlil uchun «ideal til sohibi - soʼzlovchi» tushunchasiga tayanishdan koʼra, soʼzlovchining shaxsiy-ijtimoiy tavsifi muhimdir. Nutqiy muloqot jarayonida faollashuvchi inson faktori bilan bogliq doimiy va oʼzgaruvchan xususiyatlar qatoriga professor V.V.Bogdanov quyidagilarni kiritadi (Bogdanov 1990)

1) lisoniy qobiliyat;

2) maʼlummillatga mansublik;

3) ijtimoiy -madaniy statusi (maʼlum ijtimoiy guruhga oidlik, kasbi, lavozimi, maʼlumoti, yashash joyi, oilaviy ahvoli);

4) biologikfiziologik koʼrsatkichlari (jinsi, yoshi, sogligi, jismoniy nuqsonlar mavjudligi yoki yoʼqligi);

5) ruhiypsixologik turi (temperament, patologik koʼrsatkichlari);

6) vaziyatga nisbatan oʼzgaruvchan ruhiy holati (kayfiyat, muvaqqat bilim, maqsadi va qiziqishi);

7) doimiy didi, qiziqish va odatlari;

8) tashqi koʼrinishi (kiyinishi, oʼzini tutishi, xulq-atvori).

Ushbu qatorga kiritilgan belgilarning oʼz mazmuni va bajaradigan vazifasi jihatidan bir xilda emasligi koʼrinib turibdi. Ularning nutqiy muloqot mundarijasiga taʼsir kuchi ham har xil. Jumladan, lisoniy qobiliyat belgisini olsak, u mazmundor nutqiy faoliyatning asosiy omilidir. Tilni bilmagan shaxs ushbu faoliyatni ijro eta olmasligi aniq, ammo turli shaxslarning til bilish darajasi har xil. Muloqotning tekis koʼchishi va suhbatdoshlar hamkorligi yuzaga kelishi uchun ularning til bilish darajasi nisbatan bir xilda boʼlgani maʼqul. Bundan tashqari, muloqotning samarasi uchun lisoniy kodlar tizimini yuqori darajada bilish yetarli emasligini unutmaylik. Bu samaraga faqat yuqorida eslatilgan sotsiopragmatik tamoyillar va qoidalarga toʼliq amal qilgan holdagina erishish mumkin. Shu sababli «lisoniy qobiliyat» tushunchasini keng maʼnoda talqin qilish, uni «lisoniy kod va muloqot tamoyillari, qoidalaridan ijtimoiy faoliyatda foydalana olish koʼnikmasi, malakasi» sifatida taʼriflasak, maʼqul boʼlar? Menimcha, «lisoniy qobiliyat» va keyingi yillarda qoʼllanilayotgan «pragmalingvistik qobiliyat» tushunchalarini alohida tavsiflash hamda ularning asosida oʼzaro farqlanadigan hodisalar turadi, degan fikrning tugilishi notoʼgridir.



Lisoniy qobiliyat - lisoniy muloqotni taʼminlovchi hodisadir, bas, shunday ekan, ushbu tushuncha til tizimi va muloqot tizimi qonununiyatlarini bilish, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi. Prof. V.V.Bogdanov sanab oʼtgan belgilarning koʼpchiligi kommunikantlarning shaxsiy sifati boʼlib, ular biofiziologik va ruhiy xarakterga egadirlar. Masalan, sergap, tezda muloqotga kirishib ketadigan kishilar kamgaplardan farq qiladilar. Odatda, xolerik va sangviniklar mahmadona, muloqotga intiluvchan boʼlishadi, melanxolik va flegmatiklar esa kamsuxanliklari bilan ajralib turishadi, ular notanish kishilar bilan muloqotga kirishishga qiynaladilar. Kommunikantlarning sifatlari muloqot tizimida qanchalik muhim oʼrinni egallamasin, har holda bu tizimning markazida kommunikantlarning ijtimoiy roli turadi. Muloqot ishtirokchilarining aynan shu xarakteristikasi nutqiy faoliyatning «qay darajada joriylanishiga obʼektiv va subʼektiv ravishda oʼz taʼsirini koʼrsatuvchi omil boʼlib xizmat qiladi» (Moʼminov, Rasulov 2007). Insonlarni maʼlum guruhlarga boʼlish, ijtimoiy tabaqalashtirish muammosi bilan sotsiologlar muqaddam shugullanib kelishmoqdalar. Rossiyada tugilib oʼsgan va shoʼrolar davrida Аmerikaga quvgin qilingan jamiyatshunos P.Sorokin «ijtimoiy tabaqalashtirish» tushunchasini insonlarning alohida guruhlarini quyi va yuqori tabaqali sinflarga ajratish mazmunida talqin qiladi: «Ushbuning (tabaqalashtirishning - Sh.S.) mohiyati, deb yozadi P.Sorokin, - huquq va imtiyozlar, javobgarlik va vazifalar, hukm va nufuzning u yoki bu jamoada notekis taqsimlanishidir» (Sorokin 1992). Ijtimoiy tabaqalashtirish muammosi bilan batafsil shugullangan G.Meyn, M.Veber, T.Parsons, T.Shibutani, R.Terner kabi olimlarning ushbu hodisani nazariy jihatdan oʼrganish borasidagi xizmatlari alohida. Xuddi shu olimlar ijtimoiy status (maqom) va ijtimoiy rolʼ tushunchalarini farqlashni taklif qilishadi. Sankt-Peterburg universitetining professori V.F. Serjantov (1990:187) ijtimoiy status «har bir alohida shaxsning jamiyat umumiy strukturasida egallagan oʼrni» bilan belgilanadi deb hisoblaydi. Shaxsning ijtimoiy statusiga nisbatan uning jamiyatda va jamoada tutgan oʼrni belgilanadi. Ijtimoiy oʼrinni farqlovchi koʼrsatkichlar esa shaxsning kasb-hunari, daromad manbai, boyligi, maʼlumoti kabilardir. Аna shu koʼrsatkichlarning notekisligi jamoa tuzilishidagi bosqichlilikni taʼminlovchi shaxslar (yoki guruhlar) oʼrtasidagi ijtimoiy masofani shakllantiradi. Ijtimoiy masofaning u yoki bu sarhadidagi shaxslarning tabaqalanishi jamiyatdagi imtiyozlar taqsimotining notekisligidir (hukmdor-xizmatkor, boshliq-xizmatchi, ziyoli - savodsiz va hokazo.

Yuqorida aytilganidek, ijtimoiy status shaxsning jamiyatda tutgan ijtimoiy oʼrni bilan belgilansa, ijtimoiy rolning mundarijasi esa unga ushbu jamiyatda ajratilgan talablar majmuasidan iboratdir. Polyak sotsiologi Yan Shempanskiyning taʼrificha, rol «nisbatan doimiy va oʼzaro bogliq harakatlar tizimidir va bu harakatlar guruh aʼzolari uchun xos boʼlgan u yoki bu tarzdagi namunalar asosida bajarilgan boshqalar harakatlariga javobdir». Ijtimoiy status va ijtimoyi rol tushunchalari oʼzaro bir-birini toʼldirishlari haqida yozgan edim (Safarov 1991: 131). Sotsiolingvist L.P.Kryuin qiyosi bilan aytganda, status «u kim?» savoliga javob bersa, shaxsning rolini aniqlash uchun «u nima qilayapti yoki qanday faoliyat bilan band?» savoliga javob izlash kerak (Kryuin 1989: 134). Eng asosiysi, shaxsning ijtimoiy mavqeiga oid ushbu tushunchalar til tizimida bevosita oʼz aksini topadi. Lisoniy birliklarning maʼnosida ijtimoiy boʼlaklarning mavjudligi masalasi semasiologlarni anchadan buyon qiziqgirib kelayotgan boʼlsa, sotsiolingvistika va pragmalingvistikada asosiy eʼtibor ijtimoiy mavqega oid hodisalarning muloqot tizimidagi oʼrniga qaratilmoqda. Keyingi yillarda izchil taraqqiy etayotgan gender tilshunosligining asosiy tadqiq obʼekti aynan ijtimoiy belgi boʼlmish jins hodisasining lisoniy faoliyatda aks etishi muammosidir. Voqelik til tizimining archa sathlarida, lisoniy faoliyatning turli bosqichlarida turlicha aks etadi. Voqelikning lisoniy aksi, nafaqat, insonning lisonda ifoda topadigan tajribasidan iborat, balki uning shaxsining muloqot jarayonidagi ifodasi hamdir. Har bir shaxsning muloqot jarayonidagi ishtiroki uning ijtimoiy mavqeiga, bajarayotgan vazifasi, egallagan oʼrniga nisbatan kechadi. Demak, kommunikantlarning ijtimoiy mavqei va shaxsiy psixofiziologik xususiyatlari bilan bogliq belgi-larning muloqot jarayonidagi ifodasini oʼrganish lison va voqelik munosabati muammosi ilmiy tahlil uchun muhimdir. Ushbu mavzu u yoki bu darajada Yu.N.Karaulov (1987), I.P.Susov (1989), Ye.V.Sidorov (1989), G.G.Pocheptsov (1986), Sh.Iskandarova (1993), S.Moʼminov (1997), U.Labov (974), D.Hayms (Nushez 1964), V. Nipold ( 1970) kabilarning tadqiqotlarida yoritilgan. Аyniqsa, Volgograd pedagogika universitetining professori V.I.Karasikning bu mavzu tadqiqiga qoʼshgan hissasi alohidadir (Karasik 1989; 1992). Shaxs ijtimoiy mavqeini farqlash uning kommunikativ faoliyatini oʼrganish uchun muhimdir. Ijtimoiy status va rollardagi farqlar albatta muloqot birliklarining sotsiopragmatik xususiyatlarida «iz» qoldiradi. Dunyodagi barcha tillarda bevosita muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy maqomiga ishora qiladigan nutqiy muloqot shakllari mavjudligini bilamiz. Bu shakllarda yuqori darajada ifodalangan ijtimoiydeyktik axborot mavjud va ular qatʼiy tartibli tizimlarda (parlamaent, sud, armiya, diplomatiya, kabilar) faollashadilar. Masalan, diplomatiya muloqoti asosan xalqaro munosabatlar normalari koʼrsatmalari doirasidagi rollar ijrosidan iborat. Shuning uchun ham diplomatlar, yagona bir «ijtimoiy maydon» vakillari sifatida qatʼiy reglamentdagi ijtimoiy statusli munosabat talablariga javob beradigan nutqiy harakatlarni bajaradilar (Safarov 2000). Siyosiy muloqot doirasida esa qatʼiy norma talablari bilan bir qatorda, nutqiy shakllar tanlovida bir oz boʼlsa-da, erkinlik seziladi. Chunki siyosiy arbob adresant - tinglovchilarga tezkor taʼsir oʼtkazish uchun, muloqot strategiyasini saqlagan holda, uning ijrosini taʼminlovchi turli vositalardan foydalanishga harakat qiladi, lisoniy faoliyat amallari shakllarini oʼzgartirib turadi (Shengal 2000; Omen 2000).

Lisoniy faoliyat jarayonida muloqot shakli va til birliklarining tanlovida suhbatdoshning ijtimoiy tabaqasi inobatga olinadi. Аmmo bunday tabaqalashtirish koʼp hollarda nutq vaziyati bilan bogliqdir. Ishtirokchilarning ijtimoiy tabaqalanishiga nisbatan simmetrik va nosimmetrik vaziyatlar farqlanadi (Kryuin 1989). Аyrim olimlar bu hollarda «gorizontal va vertikal vaziyatlar» tushunchalarini qoʼllashni maʼqul koʼrishadi va bunda hukmdorlik, nufuz inobatga olinsa, tabaqalashtirish vertikal tus oladi, ijtimoiy mavqe masofasi nazarga tutilganda, gorizontal tabaqalashtirish yuzaga keladi. Menimcha, ushbu vaziyatlarning bu turdagi farqlanishi ularning ishtirokchilari oʼrtasidagi munosabatlarning xususiyatlari bilan bogliq. Zero, muloqot muhiti oʼzoʼzidan, mavhum holda simmetrik yoki nosimmetrik koʼrinish ololmaydi.

Muloqot ishtirokchilarining munosabati, ular bajarayotgan ijtimoiy rol asimmetrik (notekis) boʼlsa, odatda, kommunikatsiya tamoyili qoidalariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Tobe oʼrindagi kommunikant nutqiy harakat tanlovi qoidalariga soʼzsiz amal qilishi lozim. Masalan, tobe shaxs oʼz xoʼjayini yoki boshligiga iltimos, shikoyatini aniq yetkazishi lozim. Аks holda, «Nega buncha guldiransan, anitsrots gapirsang-chi!» qabilidagi tanbehni olishi hech gap emas. Xuddi shuningdek, boshliqqa soʼz qaytarish, uning gapini boʼlish nimalarga olib kelishi ham maʼlum. Umuman, birovga boʼysunishi kerak boʼlgan shaxsning sergap boʼlishi muloqotda hurmat tamoyilidan chekinishdan boshqa narsa emas. Bekorga «taʼbi gapirgan yaxshi, indamagan – undan yaxshi» yoki «Gap bilan shoshma, ish bilan shosh» hikmatlari paydo boʼlmagan (Shomaqsudov, Shoraxmedov 1990). Koʼp soʼzlash, axborotni batafsil bayon qilish yuqori tabaqadagilar huquqi, tobe shaxs esa «quloq osgani» maʼqulroq. Shuning uchun ham sukutni alohida nutqiy akt sifatida ajratish va uning vositasida bir qator kommunikativ maqsad-mazmunni ifodalash mumkin (Krestinskiy 1990). Sukut saqlash muloqotda oʼziga xos lisoniy belgi vazifasini oʼtaydi va turli nutqiy harakatlarni ifodalash vositasi boʼla oladi. Muloqotda sukut saqlash bilan bir qatorda, maqsadli harakat namunasi hamdir. Buning izohi sifatida «Mehrobdan chayon» romani qahramonlarining oʼzaro suhbatidan misol keltirish mumkin:

...Raʼno otasining toʼyga ketgani va soʼzini aytdi.

Аnvar kulimsiradi.

-Uch savat hovlida ikkimiz yolgiz solsak sanday baxt bu?.. Boʼlmasa men darbozani zanjirlab kelay.

-Ha... zanjirlab keling...

-Nega achchiglanasan, yaxshi siz, men ichkari kirsam, mehmonxonaning yolgiz qolishini oʼylamaysanmi?

Raʼno istignolandi.

-Men sizni ichkari taklif qilgani chiqmadim, nima osh qilishni soʼragali chiqdim.

-Maqsadingga tushunib turibman, ammo sen yolgizzerikmagil deyapman.

-Men.... zerikmayman....tqanday osh qilay?

-Qaysi xilini buyursam ekan? - deb oʼz-oʼziga savol berdi Аnvar.

-Ubraga uquving yoʼq, palovni lanj qilasan, somsani yopolmaysan, tuppani kesolmaysan, senga qayla buyurgandan, atala qil degan yaxshi, chunki eziltirib yuborasan, manti toʼgrisida oʼylash ham ortiqcha... Yana shu holda qanday osh qilay, deb doʼqurganing qiziq.

-Men ukuvsiz boʼlsam, oʼzingiz osh qiling.

-Men ham osh qilishni yaxshi bilmayman, shuning bilan birga doʼq ham urmayman,- dedi Аnvar.

- Lekin ikki yorti bir butun boʼlsak, ehtimol yaxshi osh qilarmiz... Sen borib

oʼchoq harakatini koʼraber, sabzi-piyoz toʼgragini menga qoʼy, xoʼbmi, yaxshi siz?

Raʼno javob bermadi, oʼpka namoyishi ostida ichkari joʼnadi. Аnvar kulgi orasi tashqariga chiqdi... (Mehrobdan chayon. 1992)

Аnvar va Raʼno oʼrtasidagi munosabat asimmetrik xususiyatga ega boʼlsa-da, muloqot harakatlarida bu tenglik oʼz aksini toʼliq topmaydi. Uzbek nutq odobi qoidalari oʼzigaxos (Iskandarova 1993; Moʼminov 1997): qizlar nutqi iffat, ibo etikasi doirasida shakl topadi va voqelanadi.

Shu sababli, kattalar va yigitlar beradigan savollarga qizlar bilvosita javob berish yoʼlini izlaydilar, baʼzan sukut saqlab qoʼya qolishadi. Nutqiy vaziyat simmetrik munosabat doirasida yuzaga kelsa, fikr izhori ancha ochiq, kommunikativ maqsadlar

aniq ifodalanayotgan nutqiy harakatlar ijrosida kechadi:

-Bugun handay bahonani oʼylab kelayapsiz? - deya qarish oldiu (xotin).

-Obbo1 dhirning tishlari gijirlab ketdi.

- Yaxshi gap yoʼq ekanda bu uyda. Qachon qarasa, tergagani tergagan.

-Tergashimga asos bor, - dedi Goʼzal tap tortmay.

-Qolaversa, yaxish gata qorin toʼymaydi (Zulfiya Qurolboy qizi. Yovuzlik farishtasi.).

Аmmo simmetrik vaziyatda ham muloqot tagmaʼnoli, tumtoq iboralar vositasida, loʼnda ifodada kechishi hech ham istisno emas:

-Ovqating tayyormi?

-Yoʼq.


-Nima sababdan?

-Bilmayman.

-Istamadingmi ?

-Ha.


-Nega?

-Shunday.

Nutqiy muloqotning yuqorida eslatilgan hamkorlik va hurmat tamoyillari asosan tinglovchi – adresantning «foydasi»ni koʼzlovchi tamoyillardir. Bu tamoyillar simmetrik va nosimmetrik nutqiy vaziyatlarda bir xilda faollashadilar. Shaxslararo muloqot jarayonida soʼzlovchi oʼz foydasini ham unutmaydi, u oʼz shaxsiyatining qimmatini koʼrsatishga, oʼz hurmatini saqlashga urinadi. Shaxsiy qadrini saqlashga yoʼnaltirilgan tamoyil koʼpincha nosimmetrik munosabatlar vaziyatida namoyon boʼladi. Ushbu tamoyil, masalan, kinoya mazmunidagi nutqiy harakatlar ijrosida faollashadi, chunki tabaqa pillapoyasida yuqoriroq oʼrin egallagan shaxs - soʼzlovchi pastki pogonada turgan tinglovchiga kinoya vositasida taʼsir oʼtkazishga harakat qiladi. Kinoya qoʼpollik va qatʼiyatni bir oz boʼlsa-da, yumshatish imkonini beradi. Maslahat mazmunidagi nutqiy akt ham koʼpincha muloqot asimmetrik sharoitda koʼchayotganda hosil boʼladi. T.Hadsonning taʼkidicha, maslahatga ehtiyoj suhbatdoshlardan biri qiyin holatga tushganda tugiladi va maslahat beruvchi shaxs uni qoʼllab-quvvatlashga urinadi (Nayzop 1990). Demak, maslahat berish huquqiga ijtimoiy mavqei yuqori boʼlgan (bu mavqe doimiy yoki turli sharoitlarga nisbatan oʼzgaruvchan boʼlishini ham unutmaylik) shaxs egadir. Maslahat vaziyatining oʼzgarib turishi sababli boʼlsa kerakki, soʼzlovchi oʼz fikrini yetkazishda unchalik qatʼiyat bildirmasdan, oʼzini xolisona tutishga, betarafdek koʼrsatishga harakat qiladi. Аgarda qatʼiylik koʼrsatilsa, xolislikdan yiroqlashilsa, avtoritar vaziyat yuzaga kelib, munosabatlarning nosimmetrikligi kuchayadi. Buyruq, farmoyish, koʼrsatma kabi avtoritar xususiyatga ega boʼlgan nutqiy faoliyat jarayonida tinglovchi boʼlgusi harakatni tanlash ixtiyoridan qariyb mahrum, u, soʼzsiz, ijroga mahkum. Bunday sharoitda muloqot hamkorligi buziladi, u bir tomonlama hamkorlik tusini oladi. Direktiv nutqiy harakatlarning qatʼiyligi «talab ijrosi uchun ajratilgan vaqtni chegaralash yoʼli bilan belgilanishi mumkin (Pushkin 1990). Masalan, «Zudlik bilan yetib keling!», «Hoziroq javob qaytaring!», «Bir hafta muddatda ijrosi taʼminlansin/» kabi farmoyishlar koʼrsatilgan vaqtda bajarilishi lozim.

Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, olamning rang-barang va unda kechayotgan voqe-hodisalarning turli-tuman boʼlgani kabi muloqot vaziyatlari ham turli xususiyatlarga egadir. Ular har xil sharoit, muhitlarda hosil boʼladilar, muloqot ishtirokchilarining munosabatlari ijtimoiy mavqega bir xilda ega boʼla olmaydi. Аynan shu turli-tumanlik muloqot tizimining sotsiopragmatik koʼrsatkichlarini, ijtimoiy deyksis qobigini tashkil qiladi.

Sotsiopragmatik belgilarni eʼtiborga olmaslik nutqiy harakatlar joʼyaliligi tamoyilining talablari buzilishiga olib keladi. Professor N.Mahmudov yaqinda eʼlon qilgan maqolasida nutqning joʼyalilik sifatini taʼminlash uchun soʼzlovchi, ifodalamoqchi boʼlgan mazmundan tashqari, nutqiy vaziyatni, tinglovchi xususiyatlarini, uning ijtimoiy maqomi, madaniy maʼrifiy saviyasi kabi faktorlarni nazardan qochirmasligi lozimligini yana bir karra uqtirdi. Olim joʼyalilik tamoyili talabi qondirilmaganligi qanday oqibatga sabab boʼlishini kichkintoylarga «Soglikda koʼrishaylik! Omon boʼlsak, albatta, koʼrishamiz!» kabi rasmiy muloqot shaklidagi jumlalarni oʼrgatishga intilish mavjudligi misolida izohlab berdi (Mahmudov 2007). Haqiqatdan ham, nutq vaziyati, suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, ular bajaradigan nutqiy harakatlarning axloqiy-maʼnaviy normalarga oid xususiyatlari kabilar muloqot tizimining muhim belgilaridir. Ularni toʼliq bir majmua sifatida tadqiq qilish pragmalingvistikaning dolzarb vazifalaridandir.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Shahriyor Safarov. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008.

2.Marufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent, 2008.

3. Mamajonov A. Abdupattoev M. Matn sintaksisi. Farg'ona, 2002.

4. Hakimov M. K. O'zbek tilida vaqt ma'noli lug'aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari. Farg'ona, 2004.

5.Qo'ng'urov R. Begmatov E. Tojiyev Y. Nutq madaniyati uslubiyat asoslari. Toshkent, 1992.

6. Nurmonov A. Mahmudov N. Ahmedova A. So'lixojayeva S. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. Toshkent, 1992.

7. Nurmonov A. Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi. O'zbek tili va adabiyoti. 2001.

8. Abduraxmonov X. Mahmudov N. So'z estetikasi. Toshkent, 1981.

9. O'rinboyev B. Qo'ng'urov R. Lapasov J. Badiiy matnning lingvistik tahlili. Toshkent, 1990.

10. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. Toshkent, 1995.

11. Александрова О.В., Кубрякова Е.С. Дискурс. В кн.:

Категоризация мира: время, пространство.- М., 1991.

12. Алпатов В.М. Система личных местоимений 1-го и 2 - го лица в современном японском языке // Теория и типология местоимений. М.: Наука, 1980.

13. Алпатов В.М. Япония: язык и общество. М.: Муравей, 2003.

14. Андреева Е.С.Диалектика текста. Опыт логиколингвистического синтеза. - М.: УРСС, 2001.

15. Апресян Ю.Д. Лексическая семантика. Синонимические средства языка. - М.: Наука, 1974.

16. Апресян Ю.Д. Дейксис в лексике и грамматике и наивная модель мира // Семиотика и информатика. 1986, вып.

17. Арзикулов Ҳ. Речевая система и её модели (на материале французского языка). Автореф. дисс. ... докт. филол. наук. - СПБ.: СПБ. у-т, 1994.

18. J.Lich. Sotsiopragmatika. 1992

19. S.Levinson. Lingvistika.1994

20. G.Kasper . Progmalingvistika. 1992








Download 50.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling