Birinchi chorak
Download 50.73 Kb.
|
4-sinf Musiqa namuna maktabim.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Darsning metodi
- Darsning borishi
- Musiqa savodi
- Uyga vazifa
- Darsning borishi
- Musiqa tinglash va jamoa bolib kuylash.
- IV Yangi mavzuni mustahkamlash
- V Baholash
- Darsning maqsadi: — Ta’limiy
Maktabim.Uz 4 – sinf musiqa BIRINCHI CHORAK l-DARS. Mavzu Xalq qo’shiqlari Shaftoliga savolim SANA_______________________ Darsning maqsadi: —Ta’limiy: O'quvchilarda ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni shakllantirish. TK1 mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob beradi, muloqotda muomala odobiga rioya qiladi. —Tarbiyaviy: «O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi»ning mualliflari haqida tushuncha berish. FK1: qo‘shiq haqida tushunchaga ega bo‘ladi, oddiy musiqa shakllarni biladi, band shaklini farqlay oladi, — Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko'nikmalarini shakllantirish. FK2: turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatadi; Darsning metodi: suhbat, «Klaster» usuli. Darsning jihozi: Davlat ramzlari, M.Burhonov, A.Oripov portretlari, texnik vositalar, 4-sinf «Musiqa» darsligi. Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar. Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish. Musiqa tinglash. O'quvchilar «O'zbekiston Respnblikasining Davlat Madhiyasi»ni tinglaydilar. Suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savollar berish bilan darsni boshlaydi: 1. Kecha yurtimizda qanday bayram nishonlandi? 2. Siz bu bayramni qanday o'tkazdingiz? 3. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz? 4. O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi mualliflari kimlar? Madhiya qanday yangraydi? O'qituvch o'quvchilardan savollarga aniq javoblar olgach, ularning fikrlarini umumlashtirib, to'ldirib, Madhiyaning bastakori M.Burhonov va shoir A.Oripovlarning hayoti va ijodi haqida tushuncha beradi. Yangi mavzuni boshlashdan avval «Klaster» usulini qo'llab, doskaga «Vatan» so'zi yozib qo'yiladi. O'qituvchi «Vatan deganda nimani tushunasiz?» deb savoi beradi. O'quvchilar birma-bir Vatan haqida bilganlarini doskaga chiqib yozadilar. Shu orqali o'quvchilarning Vatan haqidagi bilimlari aniqlanadi va mustahkamlanadi. Shundan so'ng O'qituvchi ijrosida ona-Vatanni, mustaqil diyorimizni madh etuvchi qo'shiq ifodali ijro etiladi. Qo'shiq mazmuni o'qnvchilar bilan tahlil etiladi va O'qituvchi hamkorligida kuyhnadi. O'quvchilar qo'shiq harakatlariga mos raqs harakatlarini bajaradilar. Musiqa fani orqali milliy urf- odat va an’analarimiz haqida ma’lumot berish. O'zbek xalq og'zaki ijodiyotining ajralmas qismini qo'shiq- aytimlar tashkil etadi. Mavzu va mazmun jihatdan xilma-xil bu qo'shiqlar o'zida xalq hayoti, turmush tarzini ifoda etadi. Shu bilan birga qo'shiqlarda odamlarning ona-Vatanga, tabiatga, atrof-muhitga, oila va yor-u do'stlariga mehr tuyg'ulari badiiy aks etadi. Xalq qo'shiqlari dastlab el orasidan chiqqan dehqonlar, hunarmandlar, xizmatchilar va ziyolilar tomonidan turli vaziyatlarda to'qilgan. Biroq ko'p hollarda ulaming nomlari bizga noma’lum bo'lib qolgan, chunki yangi to'qilgan qo'shiq, odatda, yozib olinmagan, balki og'zaki ravishda aytilgan va shu asnoda (yo'sinda) bir aytuvehidan ikkinchisiga, otadan o'g'ilga, bobolardan nabiralarga o4ib, omma orasida yoyilgan. Shu tarzda o'zbek xalq qo'shiqlari ajdodlardan avlodlarga ma’naviy meros bo'lib, bizga qadar yetib kelgan. Xalq qo'shiqlarini aytish vaziyati va mazmuniga ko'ra «Mehnat qo'shiqlari», «Oilaviy (to'y) marosim qo'shiqlari», «Mavsum aytimlari» va «Bolalar qo'shiqlari» kabi turlarga ajratish mumkin. Bulardan tashqari, madaniy hordiq chiqarish paytida aytishga moljallangan lapar, yalla va ashula kabi aytimlar xalq orasida keng tarqalgan. IV Yangi mavzuni mustahkamlash. Jamoa bo’lib kuylash: Shaftoliga savolim P. Mo’min she;rini o’quvchilar bilan yod oilsh va kuylashga tayyorlanish. Shaftolim, oh, shaftolim, (oh), Qizil-u oq shaftolim. Hamma menday sevadi, Pishganda maza bolim, Shaftolim... Asta aytib beraqol, Seni topgan qay olim? Indamadi shaftolim, Qiyin ekan savolim, Shaftolim Qo'shiq namunalarini kasbiy musiqa ijodkorlari bo'lgan bastakor va kompozitorlar ham to'qiydilar. Bunda ular xalq an’analariga ijodiy tayanadilar. Jumladan, kompozitor Nadim Norxo4jayevning «Shaftoliga savolim» (Po'lat Mo'min she’ri) qo4shig4i xalq qo'shiqlari singari yetti bo'g'inli she’riy bandlar asosida kuylanadi. Shu bilan birga unda cholg'u jo'mavozligi ham qo‘llaniladi.
— Ta’limiy: O'quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish. TK2 mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish. — Tarbiyaviy: O'quvchilarda musiqiy va shovqinli tovushlarni qiyoslash asosida xulosalar chiqarish ko'nikmasini shakllantirish. FK1: qo‘shiq haqida tushunchaga ega bo‘ladi, oddiy musiqa shakllarni biladi, band shaklini farqlay oladi, — Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda musiqa tinglash va jamoa bo'lib kuylash malakalarini mustahkamlash. FK2: turli dinamik belgilarida artikulyatsiya apparatini faol va to‘g‘ri ishlatadi; Darsning metodi: aralash. Darsning jihozi: — 4-sinf musiqa darsligi; — O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi mualliflarining portretlari; — fortepiano, texnik vositalar, musiqa savodiga oid plakatlar. Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar. I Tashkiliy qism. Salomlashish, davomot aniqlash, tozalikni nazorat qilish. Uyga berilgan vazifani tekshirish. O'quvchilar chizgan rasmlari haqida gapirib beradilar. II O’tgan darsni mustahkamiash. Uy vazifasini tekshirish. O'quvchilardan uy vazifasi so'ralib, baholanadi. O'tilgan mavzuni takrorlash. “O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi”mualliflari so'raladi va O'qituvchi hamkorligida kuylanadi. Musiqa savodi. Nota yo'li, nota laming yozilishi va nomlanishi, nota cho'zimlari to'g'risida musiqa savodidan savollar beriladi, 3-sinfda olgan bilimlari mustahkamlanadi va takrorlanadi: 1. Nota yo'li nechta chiziqdan iborat? 2. Skripka kaliti nota yo'lining qaysi chizig'ida yoziladi va qaysi nota shu chiziqda joylashadi? 3. Musiqada nechta nota bor va ularning nomlarini ayting? 4. Notalar qanday cho'zimdan iborat?
1. Xalq qo‘shiql arming qanday turlarini bilasiz? «Shaftoliga savolim» qo‘shig‘ining mualliflari kim? «Shaftoliga savolim » qo‘shig‘ini yod oling. Musiqa tinglash va jamoa bo'lib kuylash. O'qituvchi tomonidan N.Norxo’jayevning « Shaftoliga savolim » qo'shig'i ijro etiladi. O'quvchilar qo'shiqni tinglab, o'qituvchi bilan qo'shiq mazmuni, xarakteri haqida suhbat o'tkazadilar. Keyin qo'shiqjumlalar bo'yicha kuylab o'rganiladi. Qo'shiq aytish qoidalariga rioya etgan holda gunmlarga bo'linib qo'shiq ijro etiladi. Qo'shiq xarakteriga mos raqs harakatlari bajariladi. IV Yangi mavzuni mustahkamlash Musiqa savodi: Oddiy musiqa shakllarini eslash. Band shakli. Kompozitorlar qalamiga mansub qo'shiqlar, xalq qo'shiqlaridan farqli o‘laroq, ko4p ovozli bo4lishi, ya’ni ikki, uch va hatto to4rt ovozda kuylash uchun mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Shu bois bu kabi qo'shiqlar ko4pchilik tomonidan jamoa (xor) bo'lib kuylanadi.. Kompozitorlaming qo'shiqlarida ba’zan she’r bandlaridan so'ng naqarotlar ham qo4llaniladi. Jumladan, kompozitor Laylo Mujdaboyevaning «O'zbekistonim» qo4shig‘i shunday shaklga ega. Bunda qo'shiqning bandlarini yakkaxon kuylay boshlasa, naqarotini hamma birgalikda aytadi. V Baholash Dars yakunida o'quvchilar darsdagi ishtiroki asosida baholanadilar va rajbatlantiriladilar. VI Uyga vazifa. «Vatanjonim - Vatanim» qo'shig'ini yod olish. 3-DARS. Mehnat qo’shiqlari Bolalik Dilnur she’ri, X. Hasanova musiqasi Sana_____________________ Darsning maqsadi: — Ta’limiy: O'quvchilarning musiqiy tovushlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. qo’shiqlari » atamasi haqida bilim berlsh. TK2 mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish. FK2: turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylaydi, ramazon marosim aytimlari, navro‘z bayram qo‘shiqlarini sof ohangda kuylay oladi, — Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning emotsional qobiliyatlarini rivojlantirish. FK1: sol major tonalligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Darsning metodi: suhbat, savol-javob. Darsning jihozi: — 3 -sinf musiqa darsligi; — fortepiano, cholg'u asboblari; — musiqa savodiga dpir tasviriy-illustrativ ko'rgazmalar; — texnik vositalar.
Darsning borishi O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar. I Tashkiliy qism Salomlashish, davomot aniqlash, tozalikni nazorat qilish. II O’tgan darsni mustahkamiash. O'tilgan mavzuni takrorlab mustahkamlash uchun suhbat musobaqa sifatida o'tkaziladi. O'quvchilar qatorlar bilan guruhlarga bo'linib javob beradilar. To'g'ri javob bergan va faol qatnashgan gunih rangli kartoch-kalar bilan rag'batlantiriladi. Kuz fasli haqida suhbat o'tkaziladi.
Mehnat qo'shiqlari — xalq tomonidan yer haydash, hosil yig‘ish, tegirmon tortish, ip yigirish kabi jarayonlarda ijod etilgan va kuylangan. Bajarilayotgan mehnat turiga qarab mazkur aytimlarni chorvadorlik, dehqonchilik va hunarmandchilik qo'shiqlari kabi guruhlarga ajratish mumkin. Xususan, dehqonchilik qo'shiqlari ham o‘z mavsumiga qarab turlicha bo‘lgan. Chunonchi, yer haydash paytida «Qo‘sh haydash» (Qo4 she hi qo‘shig4i) kuylangan bo4Isa, hosilni yig'ib olishda «O'rim qo‘shig‘i» aytilgan. «Xo'p hay da» qo'shig'i esa xirmon yanchishda kuylangan. Musiqa tinglash. Xo’p hayda qo’shigini tinglash. Audio yoki CD diskka yozilgan «Qashqarcha» o'zbek xalq kuyi bilan ijro etilgan mehnat qo’shiqlari tinglanadi va asar haqida savol-javob o'tkaziladi: — asar xarakteri qanday? ; — qaysi cholg'u asbobida ijro etildi? — qanday ijro etildi? Bollalik she’rining matni bilan o’quvchilarni tanishtirish. Download 50.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling