Birinchi ustoz Qalam tutib qólimga ilk bor, Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz! Eslagaymiz biz sizni kóp bor, Ta'lim bergan birinchi Ustoz! Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar, Siz uchun yaralsin bari roxatlar. Óquvchimas sizga góyo farzandlar


Download 23.93 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi23.93 Kb.

Birinchi ustoz

Qalam tutib qólimga ilk bor,

Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!

Eslagaymiz biz sizni kóp bor,

Ta'lim bergan birinchi Ustoz!



Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,

Siz uchun yaralsin bari roxatlar.

Óquvchimas sizga góyo farzandlar,

Jon fido aylagan birinchi Ustoz!



Bizni yetaklagan kamolot sari,

Bilim berganida ketmagin nari.

Aylanar haqiqat bularning bari,

Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!



Kóp ozorlar bersak ham sizga,

Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.

Bolada shóxliklar qiladi menga,

Deb yana boshimiz silagan Ustoz!



Hanuz sog'inaman yoshlik chog'larim,

Deysiz bular mening óquvchim.

Kóchada kórganda ôg'il,qizlarim,

Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!



Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,

Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.

Beg'ubor damlarim kutub tursaydi,

A'lo baholarni olardim Ustoz!



Shamshod Safar ótdi yoshliging,

Kóp beg'ubor kóp shóxliging.

Armon bóldi aziz maktabing,

Siz ardoqda birinchi Ustoz!



Muallif:Shamshod Safar!


30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar


bo'lim: Shaxsiy rivojlanish Avgust 18, 2015 21 ta fikr 75,733 marta o'qilgan

So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman.

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir». — Henry David Thoreau

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh

14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder



Endi esa mening eng sevimli ruhlantiruvchi hikmatli so’zimni o’qiysiz. Aslida bu so’zlar Rocky VI filmidan olingan. Ularni o’qishdan avval filmning shu so’zlar aytilgan parchasini ko’ring:
Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling