Битирув малакавий ишига


Download 43 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1657073
Bog'liq
tashqi taqriz



BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA
TAQRIZ
Bitiruvchi: Sanayev Sardor Isomiddinovich
Mavzu. Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini
rasmiylashtirish (Samarqand viloyati misolida)
1.Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati: Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi mavzusining dolzarbligi, uning bugungi kunda soliq va byudjet qonunchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan o‘zaro uzviy aloqadorligi bilan ham izohlanadi. Bundan tashqari, ushbu sohadagi iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlarning nazariy-amaliy jihatdan yetarli tadqiq etilmaganligi, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini yanada rivojlantirish va takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, mazkur masalaning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tadqiq etish dolzarb ahamiyatga egadir. Bugungi kunda esa, yer resurslaridan samarali foydalanishni eng dolzarb masalalardan biriga aylandi.
2.Ishning tarkibini baholash BMI 3-bobdan iborat, BMI da nazariy, iqtisodiy zamonaviy-ilmiy uslublardan foydalangan holda bajarilgan.
3.Ishning(mavzuning) baholanishi va uning afzallik tomonlarini ko‘rsatish: Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi yerdan foydalanish va yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni tahlil qilish va yanada takomillashtirish borasida tegishli nazariy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
4.Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish.
Ishda kerakli statistik ma’lumotlar va milliy adabiyotlaridan, milliy hisobotlar va internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.
5.Bitiruvchining ilmiy munozara yuritish qobilyatiga va foydalanilgan adabiyotlarga baho berish. Bitiruvchi o‘zi bajargan bitiruv malakaviy ishini ilmiy asoslay oladi.
6.Xulosa va takliflarning ochiqliligi va asoslanganligi: BMI dagi keltirigan ma’lumotlar va xulosalar aniq dalillar bilan asoslangan. BMI da statistik ma’lumotlar tahlil qilingan.
7.Chizmalar, grafiklar va jadvallar sifatiga berilgan baho, ishni rasmiylashtirishning talab darajasiga javob berishi: Tahliliy ma’lumotlar, chizmalar va jadvallar to‘g‘ri, aniq qilib bajarilgan.
8.Ishdagi kamchiliklar: BMI da jadval va grafik ko’rinishdagi ma’lumotlar kamroq kiritilgan. BMI da ba’zi orfografik xatolar uchraydi, bu kamchiliklar BMI ning saviyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
9.BMI ning qaysi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq: Yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ va Markazning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish taklifi.
10.Bitiruv malakaviy ishining qo‘yilgan talab darajasiga mos kelishi to‘g‘risida umumiy xulosa: Bitiruv malakaviy ishi nizom bo’yicha barcha qo‘yilgan talablarga mos bo‘lib, bitiruv ishi rasmiylashtirishning barcha shartlariga to‘liq javob beradi.
11.Bitiruv malakaviy ishini yaxshi bahoga baholash mumkin.
Bitiruvchi: Sanayev Sardor Isomiddinovichga 5410700 Yer kadastri va yerdan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini berish mumkin.


Toyirov A.K. Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi


«_______» ____________________ 2023 yil


(imzo, muhr)


Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling