Bizga amaliyotning maqsad va vazifalari haqida tushuntirib o`tdi. Har bir guruhga biriktirilgan maktablar va amaliyot rahbarlari tayinlandi. Amaliyot o`tash uchun amaliyot rahbarimiz bilan birgalikda maktabga bordik


Download 26.17 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi26.17 Kb.
#1106454
Bog'liq
dilmurod



Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha
(1-hafta)
HISOBOTI
Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`n haftalik o`quv malakaviy amaliyotiga chiqdik.
Bizga amaliyotning maqsad va vazifalari haqida tushuntirib o`tdi. Har bir guruhga biriktirilgan maktablar va amaliyot rahbarlari tayinlandi. Amaliyot o`tash uchun amaliyot rahbarimiz bilan birgalikda maktabga bordik. O`qituvchilar birma –bir so`zga chiqib amaliyotning tartib qoidalari maqsad vazifalari amaliyot davomida yuritiladigan me`yoriy hujjatlar to`g`risida ma`lumot berdilar.Shundan so`ng maktab o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rin bosari Toliqov Erkin Toshpo‘latobich meni maktab tartib intizomi bilan tanishtirib unga qattiq amal qilishimizni eng avvalo darsga kechikmasdan kelishimizni uqtirdilar. Keyin biriktirilgan sinfimizga kirdik. Men 2-“E” sinfga kirdim va salomlashdim. Sinf rahbari Xurramova Ra‘no ustoz sinfda 23 nafar o`quvchi bo`lib shundan 12 nafari o`g`il bolalar qolgan 11 nafari qizlar ekanini aytdi.Xonadagi jihozlar, sinf burchagi, dars jadvali bilan tanishdim. Sinf rahbari ertadan amaliyotga kirishishimni aytdi. Hafta davomida sinf rahbarining fanlar bo`yicha tuzilgan yillik ish rejasi bilan tanishdim va to`rtta fan yuzasidan tuzilgan rejani yozib oldim. Hafta davomida darslarni va fan o`qituvchilarining darslarini ham kuzatib tahlil qildim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(2-hafta)
HISOBOTI
Hafta mobaynida boshqa boshlang`ich sinf o`qituvchilarining darslarini kuzatib tahlil qildim. Masalan:1-“A” sinf rahbari Gulbaxor opaning o`tayotgan darslarni kuzatdim.
1-“A” sinf dars jadvalini o`rganish jarayonida , atrofimizdagi olam, musiqa, tasviriy san`at darslarining, haftada bir marotaba, jismoniy tarbiya, ingliz tili darslari haftada ikki marotaba bo`lishini bilib oldim.
Darslarni kuzatib tahlil qildim.
Bundan tashqari o`zim biriktirilgan sinfning musiqa fani o`qituvchisi uyushtirgan bayram tadbirda qatnashdim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(3-hafta)
HISOBOTI
Bu haftada fan o`qituvchilaridan ingliz tili o`qituvchilarining darslarini kuzatib tahlil qildim. O`qituvchiningish hujjatlari bilan tanishdim. Sinf rahbarining ish jurnali, konspekt ish rejasi va mavzulari bilan tanishib ulardan nusxa ko`chirib oldim.O`qituvchining tarbiyaviy soatlari uchun yozgan dars ishlanmalardan nusxa olib ko`chirdim. Boshqa boshlang`ich sinf o`qituvchilarning darslarini kuzatdim. O`qituvchining tarbiyaviy soatlari uchun dars ishlanmalardan nusxa olib ko`chirdim. Boshqa boshlang`ich sinf o`qituvchilarning darslarini ham kuzatdim.
2-“E” sinfda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirga tayyorgarlik ko`rdik tadbirni o`tkazishga yordam berdim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(4-hafta)
HISOBOTI
Biz dars tahlili, kundalik daftar, sinf rahbarning ish jurnali, yilik ish rejasi va boshqa me`yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqganimizni aytib o`tdik. O`qituvchi bizga xomaki darslar o`tishimiz, asosan bu hafta ichida odobnoma darslarini o`tishga tayyorlanishimizni aytdi, shu bilan bir qatorda me`yoriy hujjatlar o`z joyida bo`lishini aytib, boshqa topshiriqlar ham berdi.
Sinf rahbari Xurramova Ra‘no ustozdan har xil metodlarni qo`llashni o`rgandim. O`qituvchining hujjatlari bilan yaqindan tanishdim va hujjat yuritishni o`rgandim. O`qituvchimiz o`zining ish faoliyati haqida gapirdi.Bu soha juda murakkab ekanligi va mashaqqatli kasb bo`lganligi uchun ko`p mehnat qilishimiz kerakligini takidladi. Bizga bir qator ko`rsatmalar va qimmatli maslahatlar berdi.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(5-hafta)
HISOBOTI
Pedagogik amaliyotning 5-haftasi ham boshlandi. Dushanba kuni soat 12:30 da 27-maktabga keldim. Dars tahlillarini o`z vaqtida qilishimni, me`yoriy hujjatlar o`z joyida bo`lishini qayta-qayta takidlab o`tdi. Ko`rgazmali qurollar tayyorlab darslar o`tishimiz, o`quvchilardan nazxorat ishlar olishimiz kerak ekanligini tayinladi. So`ng sinfimizga kirdik. Darslarni kuzatib tahlil qildim.
Chorshanba kuni ona tili va matematika darslarini o`tdim.
Shanba kuni sinf rahbari Xurramova Ra‘no ustoz bilan “Yosh matematiklar “to`garagini o`tishga yordam berdik va darslarni kuzatib tahlil qildim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(6-hafta)
HISOBOTI
Hafta boshidagi amaliyot rahbarimiz Norbo'tayev ustoz o`tkazgan yig`ilishda ishtirok etdim. O`qituvchimizning sinf rahbari ruxsati bilan o`qituvchilarning fanlarini o`tish kerakligini aytdilar. Sinf xonada “Navro`z” bayramini nishonladik. O`quvchilar tayyorlab kelgan milliy taomlarni har bir o`quvchiga taqdim etdik, sinf rahbari bilan birgalikda o`zimiz milliy taomlardan tatib ko`rdik. So`ng maktab hovlisida tashkil etilgan navro`z bayramini tomosha qildim. Chorshanba kuni darslarni kuzatdim, ba`zilarni tahlil qildim. O`quvchilarning uyga vazifalarini tekshirdim. Payshanba kuni o`qituvchimiz Norbo'tayev X. ustoz ro`yxatdan o`tkazdi va metodik ko`rsatmalar berdi. Darsdan keyin o`quvchilarga “Biz buyuk Temur avlodlarimiz” tadbirimizga bag`ishlangan sher, hikmatli so`z va boshqalarni bo`lib berdim. O`qituvchi yordamida ta`til mobaynida yodlab kelishlarini tayinladik. Juma kuni darslarni tahlil qildim. O`quvchilarning husnixatlarini tekshirdim. O`qituvchi bolalarga 19-martdan 29-martgacha ta`til ekanligini e`lon qildi. Shu tariqa amaliyotimizning 6-haftasi ham nihoyalandi.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(7-hafta)
HISOBOTI
Dushanba kuni sinf rahbari bilan suhbatlashdim u kishi menga o`z ustida ishlash daftarlarini ko`rsatdi. Unda nimalar joy olganligi haqida tushuncha berdi. Undan nusxa ko`chirib olishimni tayinladi. Maktabda fan olimpiadalari o`tkazilishini aytdi. Seshanba kuni o‘qituvchi bilan suhbatlashdim. Ta`til bo`lganligi sababli o`quvchilar yo`q. Men o`qituvchidan sinf jurnalini qanday tutishi, tutishda qanday qoidalarga amal qilish kerak ekanligi haqida tushunchalar oldim.
Chorshanba kuni sinf rahbarining dars ishlanmalari daftaridan foydalanib turishimni iltimos qildim va olib qaytdim. Payshanba kuni kursdoshlarim bilan darslarni qay tariqa o`tayotganligi va qanday natijalarga erishayotganligi haqida suhbatlashdik. Mehnat fanidan yillik ish rejasidan nusxa ko`chirib oldim. Juma kuni amaliyot rahbarimiz Norbo'tayev X ustoz davomatni aniqladilar va shaxsiy ish rejamiz haqida so`radilar.Biz tayyorlaganimizni aytdik. Sinf rahbari Xurramova Ra‘no ustozning ba`zi dars ishlanmalarini ko`chirib oldim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(8-hafta)
HISOBOTI
Dushanba kuni maktabga keldim. Sinfga kirib o`quvchilar bilan salomlashdim. 1-soat o`qish darsini o`tdim. 2-soat ona tili, 3-soat matematika va 4-soat tarbiya darslarini o`tdim. Darsdan keyin “Biz buyuk Temur avlodlarimiz” tadbiriga tayyorgarlik ko`rdik. Darslarni kuzatib tahlil qildim. Pedagogik amaliyot yakunlanishiga kam vaqt qolayotganligi, ko`proq narsalarni o`rganishimizni, vazifalarni to`liq o`z vaqtida bajarishimizni tayinladi. O`qish, ingliz tili va ona tili darslarini kuzatdim. Juma kuni 4-A sinfga matematika darsini o`tdim. Bolalar jismoniy tarbiya darsiga chiqqan paytida matematika fanidan uyga vazifalarni tekshirdim. Darsdan keyin tadbirga tayyorgarlik ko`rdik. 1-soat matematika darsini o`tdim. 2-soat Hasanova Gulbahor opaning atrofimizdagi olam darsini tahlil qildim. Darsdan keyin tadbirga tayyorgarlik ko`rishda yordamlashdim.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(9-hafta)
HISOBOTI
Haftaning dushanba kuni soat 12:50 da maktabga keldim va 3"B sinf dars tahliliga kirdim. Seshanba kuni 4-A sinf o`qish darsini kuzatib tahlil qildim. Chorshanba kuni 4-soatga kelib matematika darsini o`tdim. Payshanba kuni 2-soat o`qish darsini o`tdim. 2-soatdan keyin maktab hovlisida “Biz buyuk Temur avlodlarimiz” deb nomlangan tadbirni tomosha qildim. Juma kuni 3-"A" sinfda matematika fanidan ochiq dars o`tdim. Shu tariqa amaliyotning 9-haftasi ham yakunlandi.

Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodning Uzun tumanidagi 53-umumiy o`rta ta`lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo`yicha


(10-hafta)
HISOBOTI
Pedagogik amaliyotning 10-haftasi ham boshlandi. Dushanba kuni soat 12:30 da maktabga keldim. 1-soat o`qish darsini o`tdim. Keyingi darslarni o`qituvchining o`zi o`tdi. Seshanba kuni 1-B sinfga o`qish fanidan dars o`tib berdim. Darsimda o`qituvchilar ishtirok etdi. Chorshanba kuni soat 12:30 da maktabga keldim. Dars soat 13:00 da boshlandi. Tanaffus vaqtida hujattlarimni metodist o`qituvchiga ko`rsatdim. Payshanba kuni soat 13:00 da darsga kirdim. Darslarni kuzatib tahlil qildim. Juma kuni 1-soat matemateka darsini kuzatib tahlil qildim. Amaliyotning 10-haftasi ham yakunlandi.





Termiz davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta`lim yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Abdusattorov Dilmurodga

TAFSIFNOMA


Abdusattorov Dilmurodga 2021-yil 8-fevraldan 17-aprelgacha bo`lgan davrda Surxondaryo viloyati Uzun tumani XTBga qarashli 53-sonli maktabda malakaviy-pedagogik amaliyotda bo`ldi. Shu davr mobaynida u o`qituvchilar jamoasi orasida o`zini odobli va madaniyatli, bilimli, intizomli, ma`suliyatli talaba sifatida ko`rsata oldi. 53-maktab jamoasi ishlarida faol qatnashdi. Xususan, u amaliyot o`tash jarayonida o`ziga biriktirilgan boshlang`ich sinf o`quvchilariga dars berish bilan bir qatorda darslarga jiddiy yondashishi bilano`quvchilar e`tiborini o`ziga tortdi. Boshlang`ich sinf darslariga qiziqish bilan qaradi. Darsdan keyin fanlarga qiziqishi baland bo`lgan o`quvchilar bilan ishladi. Ularga tushunmagan mavzulari bo`yicha tushunchalar berib, ularning bilimlarini oshirdi. 10 haftalik pedagogik amaliyoti davomida o`quvchilarda kuchli qiziqish uyg`ota oldi. U bundan keyingi ish faoliyatida ham yosh avlodni tarbiyalash bilan birga yosh pedagogik kadrlarga xos shijoat bilan ishlaydi va o`quvchilarga o`zining beg`araz yordamini beradi. Vatan ravnaqi va kelajagi uchun yosh avlod bilan birgalikda kuch-g`ayratini va o`z kasbiga sadoqatini namoyon etadi. Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadr bo`lishiga ishonamiz!

Maktab direktori:

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari:
Sinf raxbari:.





Uzun tumanidagi 53-sonli maktabning 2-“E" sinf o`quvchisi Suyunova Sabohat

TAFSIFNOMA


Abdusatt2020-yil Sherabod tumanidagi 27-sonli maktabga o`qishga keldi. Maktabda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko o`quvchi sifstida o`zini ko`rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o`rganishga harakat qiladi. U matematika va ona tili fanlariga alohida qiziqadi. U maktada o`tkazilgan 1-4 sinflar uchun o`tkazilgan ‘’Bilimlar bellashuvi ning maktab bosqichida qatnashib faxrli o`rinlardan birini egalladi. Undan tashqari ko`plab ma`naviy va ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etdi.O`z sinfdoshlariga mehribon va ko`makdosh do`st. Darsni a`lo baholarga o`zlashtirib, sinf va darsdan tashqari to`garaklarga qatnashadi.
Suyunova Sabohat maktab jamoat ishlarida faol qatnashdi.U kamtarin va to`g`riso`zligi, mehribonligi tufayli sinfdoshlarining hurmatiga sazovor bo`ldi.
Sinf rahbari:

Amaliyotchi talaba:




Sherabod tumanidagi 27-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 2-“E” sinf o`quvchilar jamoasiga psixologik-pedagogik

TAFSIFNOMA
2021-yil 2-“E” sinfda 14 ta o`quvchi bor. Shulardan 7 tasini o`g`il bolalar va yana 7-tasini qiz bolalar tashkil qiladi.
Sinf o`quvchilarining barchasi tetik va sog`lom. Uy sharoitida o`qiydigan o`quvchisi yo`q. O`quvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Sinf jamoasida o`zaro hurmat va mehr-oqibat hukm surmoqda. Sinfda a`lo baholarga o`qiydigan o`quvchilar ko`pchilikni tashkil qiladi. Sinf faollari o`z ma`sulyatlarini his qilib sinf jamoasini boshqaradilar. Sinfda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilar ham bor. Ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi. O`quvchilarning matematik qobilyatlarini rivojlantirish uchun sinfda “Yosh matematiklar” to`garagi tashkil etilgan. Barcha o`quvchilar bu to`garakka a`zo bo`lgan.
O`quvchilarga xatosiz va chiroyli yozishni o`rgatish maqsadida haftada bir marta “Chiroyli yozuv” darsini o`tadi.
O`quvchilar maktabda tashqari turli to`garaklarga a`zo bo`lgan. Bu to`garaklar o`quvchilarni har tomonlama yetuk bo`lib o`sishida yordam beradi. Bundan tashqari ushbu sinf turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda va jamoat ishlarida birgalikda faol ishtirok etadi.
O`quvchilarning tartib intizomi, o`zlashtirishi, toza-ozodaligi o`qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Sinf rahbari:



Amaliyotchi talaba:



Download 26.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling