Biznes muloqot va akademik yozuv


Download 25.91 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi25.91 Kb.
#204211
  1   2   3
Bog'liq
2 5208615979273161183


BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV.

13- VARIANT.

Mazmun 1.Samarali muloqot prinsiplari: Xabarning aniqligi Tezlik Ikki tomonlama jarayon Ishonchlilik Toliqlilik Aniqlik Qobiliyat Maxfiylik Iqtisod

Muloqot tizimining eng zarur xususiyatlarining batafsil ro‘yxati taklifini kiritish juda qiyin. Bu vaziyatning muayyan ehtiyojlariga bogʻliq boʻladi. Quyidagi yoʻriqnomalar yoki prinsiplar samarali muloqotga erishish uchun rioya qilinishi mumkin:

.Xabarning aniqligi: muloqotning bosh prinsipi aniqlikdir. Xabar iloji boricha aniq boʻlishi shart. Unga noaniqlik o‘rmalab kirmasligi kerak. Xabar soʽzlovchining ham, tinglovchining ham ongida aniq ta’riflanganda to‘gʻri yetkazib beriladi.

. Tezlik: muloqotning yaxshi tizimi xabarning tez yetkazilishini kafolatlashi shart. Xabarni belgilangan joyga yetkazilishiga ketadigan vaqt va muloqot tizimining tezligi xabar uzatishning shoshilinchligi asosida hisoblanishi kerak. Agar xabar oʽz vaqtida yetkazilmasa, bu tashkilot uchun muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Ishonchlilik: muloqot ishonch asosida boshlanadi. Bu muhit ekspert tomonidan unumdorlik bilan yaratiladi. Qabul qiluvchi jo‘natuvchiga ishonishi kerak. U manbaning predmet boʻyicha qobiliyati xususida yuqori fikrda boʻlishi shart.

Toʻliqlilik: har qanday muloqot muvofiqligi uchun toʻliq boʻlishi shart. Xabarlarning toʻliq boʻlmasligi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi, xabarni oluvchini taxminlarda qoldirib, harakat yoki faoliyatning kechiktirilishini keltirib chiqaradi.

Mazmun: xabar uni oluvchi uchun ma’noli boʻlishi shart, uning baholash tizimiga mos boʻlishi shart. U uchun ahamiyatga ega boʻlishi shart. Umuman olganda, odamlar narsalar yoki predmetlarni ular uchun katta mukofotlar istiqboli uchun tanlaydilar. Mazmun tinglovchilarning javobini aniqlaydi

Maxfiylik: muloqot tizimi maxfiylikni kafolatlashi kerak va ma’lumot chiqib ketishi kerak emas. Xabarlar maxfiy xususiyatga ega boʻlganda, muhimroq boʻladi.



2.

TERMINLARNING YASALISHI Morfologik usul bilan termin yasashda o`zak-negizga so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shiladi va yangi terminlar hosil qilinadi. Iste`molchi, tadbirkor, mulkdor, shartnoma, taqsimot, bojxona Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlar hosil qilinadi. ot+ot= bozor narx, yer rentasi; sifat+ot= yalpi mahsulot, sof daromad; sifatdosh+ot= cheklangan xarajat, kechiktirilgan talab, uyushgan narxlar Semantik usul bilan termin yasashda ma`no ko`chishining metafora usuli asosiy rolni o`ynaydi. Yig`ma ko`rsatkich, kreditning elastikligi, kapital sig`imi, undirilgan pul, o`rmalovchi inflyatsiya, pul massasi,

Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b. Shakldosh so‘zlar - Ma’lum bir umumiy so‘zlar bir xil ma’no anglatishi mumkin, lekin ular turlicha talaffuz qilinadi va ma’no jihatdan o‘zgaradi. Masalan: qurg‘oqchilik Avstraliya bug‘doy ekinlariga ta’sir qildi. Tezda narxning oshishi ta’siri talabning kamayishiga olib keldi. Boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va iboralar Akademik matnlarni o‘qish mobaynida boshqa tillardan (odatda lotin, nemis va fransuz) kirib kelgan so‘z va iboralarni uchratish mumkin va bu kabi so‘zlar ajratib yoziladi. Siz bu iboralarni yozuvda qo‘llamasligingiz mumkin, lekin ularni o‘qish davomida tushunish juda muhimdir. Qisqartma so‘zlar - Qisqartma so‘zlar tildagi eng muhim va keng tarqalgan bo‘lib, ularni qo‘llash qulay va oson hisoblanadi. Talabalar oddiy va murakkab qisqartmalarni bilishlari juda muhim. Qisqartma so‘zlar turlari. Qisqartma so‘zlar biror so‘z va iborani qisqartma shakli hisoblanadi. Quyida turli xildagi qisqartmalar berilgan. Qisqartma so‘zlar - Odatda, norasmiy yoki so‘zlashuv usulda qo‘llaniladigan qisqartmalardan iborat. Akronim - bu kabi qisqartmalar so‘zlarning bosh harflaridan tuziladi. Masalan, OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu kabi qisqartma-akronimlar bir so‘z sifatida talaffuz etiladi. Boshqa turdagi qisqartmalar - ular yakka tarzdagi harflarning yig‘indisi. Masalan, AQSH - Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Ushbu turga kiruvchi ko‘pchilik qisqartmalar qanday so‘zlardan tuzilgani noma’lum bo‘lib qoladi. Misol uchun, DVD, DNK. Punktuatsiya. Ba’zi qisqartma so‘zlardan foydalanilganda, albatta, ularni nuqta bilan yakunlash kerak bo‘ladi (1 mln. = 1 million). Akronim va boshqa turdagi qisqartma so‘zlarda tinish belgisi (nuqta) qo‘llanilmaydi (masalan, AQSH yoki BMT). Sinonimlar – yozillishi har xil, lekin bir xil mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Professional yozuvchi sinonimlarni bir xillikdan qochish va o‘quvchini asarga jalb qilish maqsadida qo‘llaydi..

3.


Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. Ma’lum voqelik U o‘ziga xos asar hisoblanishi va haqida tasavvur mazmuniga ko’ra ilmiy, rasmiy, badiiy va (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha hokazo, yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. sintaktik birliklardan Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: tashkil topgan nutqiy butunlik matn dialogik va monologik. Dialogik matn ikki hisoblanadi. va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush(harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodorbirlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, odda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va graramatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo'ladi, Shunga ko'ra, nutqning quyidagi uslublari o'zaro farqlanadi: so'zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va vadiiy uslub.




Download 25.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling