Tavsifiy (monologik) matn Dars rejasi


Download 55.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi55.5 Kb.
#228697
Bog'liq
Tavsifiy (monologik) matn


Aim.uz

Tavsifiy (monologik) matn

Dars rejasi:

  1. Tavsifiy matnlarda fikr mulohaza bildirish, isbotlash, asoslash bayoni

  2. Tavsifiy matn (insho) yozish va uni tahlil etish

  3. Mashqlar bajarish.

Tayanch so’z va iboralar: So’zlovchi yoki yozuvchi, tavsif, ma’lumot, maqola, insho, fikr-mulohaza bildirish, izohlash, biror uslubga xoslanish. Matn va uning shakllarini farqlash, bunday matnlarda fikr-mulohaza bildirish, isbotlash, asoslash bayoni.

Tavsif (monologik) matn so’zlovchi yoki yuzovchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.

Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlaridandir. Shuning uchun bunday mantda belgi-xususiyatni ifodalovhi so’zlar, atamalar, modal so’zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo’llanadi.

Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo’laklar, ajratilgan gap bo’laklari, atov gaplar, qo’shma gap ko’rinishlaridan keng foydalaniladi.

Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy shuningdek, badiiy uslubga xosdir.


56-mashq

A.Qodirov “O’tkan kunlar” romanidan olingan Kumushbibi tasviriga oid parchani o’qib, belgi-xusuiyat bildiruvchi so’zlarni ajratib ko’chiring. Bu so’zlar nimalarni tasvirlashga qaratilganligini aniqlang.


…Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jingala kiprik ostidagi tim qorako’zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir bir narsani ko’rgan kabi…qop-qora kamon, o’tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi…to’lgan oydek q’uborsiz oq yuzi bir oz qizillikka aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi… Shu vaqr ko’rpani qayirib ushlagan oq qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’tirdi. Sariq rupoh atlas ko’ylakning ustidan uning o’rtacha ko’kragi bir oz ko’tarilib turmoqda edi. Turib o’tirgacha, boshini bir silkitdi-da, ijirg’anib qo’ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to’zg’igan soch tolalari o’rab olib jonsiz bir suratga kirgizdi. Bu biz suratiga ko’ringan malak qutidorning qizi-Kumushbibi edi!
67-topshiriq

O’zingiz yoqtirgan badiiy qahramon yoki san’atkor aktyorning qiyofasini va tabiatini tasvirlab matn tuzing.



68-topshiriq

Berilgan matn parchalarini o’qing, ular tavsifiy matnning qaysi shakllariga xosligini aniqlang, mazmun jihatdan bayon usuli qanaqaligini belgilang va shular asosida farqlarini izohlang.



1. “…Shunday qilib, til juda katta ma’rifiy ahamiyatda ega ekan. Ammo, tilning ahamiyati bu bilan tugamaydi. Uning juda ulug’ badiiy ahamiyati ham bor. Tilning badiiy imkoniyati cheksizdir. Til imkoniyatining cheksizligi va ahamiyatining nihoyatda ulug’ligi uning ham moddiy, ham ma’naviy olamni qamrab olganligidadir.”


Aim.uz


Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling