Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Download 186.5 Kb.
bet1/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI



GAP BO’LAKLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


So’z birikmasi tahlili 1. So’z birikmasi yuzasidan tahlil quyidagi tartibda amlaga oshiriladi: 1-bosqich. Berilgan gapdagi so’z birikmalari aniqlab yozib chiqiladi. 2-bosqich. Har bir so’z birikmasi alohida-alohida tahlil qilinadi. Bunda: a) hokim so’z bilan tobe so’zning birikish turini ko’rsatish; b) hokim va tobe so’zni aniqlash; d) hokim va tobe so’zni bog’lovchi Grammatik vositani ko’rsatish; c) hokim va tobe so’zning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini izohlash; e) so’z birikmasining hokim so’ziga ko’ra turini (otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi) izohlash kerak. 2. Tahlil namunasi: Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
Sintaksis. Bosh bo’laklar 1. Gap tarkibida tobe bog’lanib, ma’lum bir so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’zlar birikmasiga gap bo’laklari deyiladi. 2. Demak, gap bo’laklari tobe bog’lanish doirasida yuzaga keladi. 3. So’zning qaysi gap bo’lagi vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi. 4. Gap bo’laklari jami 5 ta. Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra 2 guruhga, 2 drajaga bo’linadi: a) bosh bo’laklar – ega va kesim kiradi; Bunda: - gapni shakllantiruvchi eng muhim bo’lak – kesim; - gapda kesimdan keyin turuvchi bo’lak – ega hisoblanadi. b) ikkinchi darajali bo’laklar – hol, aniqlovchi, to’ldiruvchi kiradi. Bunda: - to’ldiruvchi va hol ko’proq kesimga bog’lanib, uni to’ldirib, izohlab keladi, shuninguchun ular 2-darajali bo’lak sanaladi; - aniqlovchi barcha gap bo’laklariga bog’lanishi mumkin. 5. Ma’lumki, gapning markazi kesim hisoblanadi. Agar gap bo’laklari bevosita, to’g’ridan to’g’ri kesimga bog’lanib kelsa, odatdagiday gap bo’laklari, ya’ni boshqa bir bo’lak orqali bog’lansa, gap bo’lagining bo’lagi sanaladi. 6. Gapda faqat kesimgina boshqa gap bo’laklariga nisbatlanmagan holda aniqlanadi. Qolgan bo’laklar esa kesimga nisbatan aniqlanadi.
Kesim haqida ma’lumot 1. Kesimga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: - kesim gapning mazmuniy va Grammatik markazi hisoblanadi; - kesim gapni gap qilib shakllantiruvchi muhim bo’lak sanaladi; - kesim gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatdan gapda katta ahamiyatga ega; - kesim hukmni ifodalaydi, gaplikning asosiy belgisini ko’rsatadi; - kesim kesimlik ma’nolarini, ya’ni zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor, mayl ma’nolarini ifodalaydi; - kesim gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi, ya’ni gapda ega ham, 2-darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi. 2. Kesimning so’roqlari: - asosan, nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? nima qilmoqda? nima bo’ldi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi; - ba’zan kim)dir)? nima(dir)? qayer? qanday? qanaqa? qancha? nechta? nechanchi? kimga? kimda? kimdan? qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Kesim, asosan, ikki tomonlama tasnif qilinadi: a) qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra; b) tuzilishiga ko’ra.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling