7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi


Download 420.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana05.01.2022
Hajmi420.66 Kb.
#215081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-maruza 3192a4f01fe991763823c3ac6a0a363d



7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda 

va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi. 

 

Ega  anglatgan  predmetning  predikativ  belgisini  ifodalaydigan,  ega  haqidagi 

hukmni  bildiradigan  bosh bo‘lak kesim deyiladi. 

Kesim  o‘zida  predikativlikni  aks  ettiradigan,  gapni  grammatik  jihatdan 

shakllantiradigan  bosh bo‘lak hisoblanadi. 

Kesim  ifoda materialiga  ko‘ra (qaysi so‘z turkumi  bilan  ifodalanishiga   ko‘ra) ikki 

turga ajratiladi:  1) fe’l kesim; 2) ot kesim. 

Fe’l  kesim. Turli  fe’l  shakllari  bilan  ifodalanadigan  kesim  fe’l  kesim deb 

yuritiladi:  Yo‘l  chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik  qiyg‘os gullaganda



birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.). 

Fe’l  kesim  ba’zan  frazeologik  ibora  bilan  ham  ifodalanadi:  Tog‘  etagida 



qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.). 

Ot  kesim. Fe’ldan  boshqa so‘z turkumlari  (ot,  sifat,  son,  olmosh,  ravish, 

undov va  b.) bilan,  shuningdek,  fe’lning  harakat  nomi  shakli  bilan  ifodalanadigan 

kesim ot kesim deb ataladi.   


Download 420.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling