​Kesim gapning markazi bo'lib u tasdiq-inkor,zamon,mayl,shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi,hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo'laklarini o'z atrofida birlashtiradi. Gapda EGA ham ikkinchi darajali bo'laklar ham becosita va bilvosita kesimga


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1451806
Bog'liq
Kesim



​Kesim gapning markazi bo'lib u tasdiq-inkor,zamon,mayl,shaxs-son
ma'nolarini ifodalab keladi,hukmni ifodalaydi va gapning boshqa
bo'laklarini o'z atrofida birlashtiradi.
Gapda ega ham ikkinchi darajali bo'laklar ham becosita va bilvosita
kesimga bog'lanadi.
Kesim nima qildi?,nima bo'ldi?,nima qilyapti? kabi so'roqlarga javob
bo'ladi.
KESIM
 

Kesim ifodalanishiga ko‘ra fe’l kesim va ot kesimga ajraladi. 
Fe’l kesim sof fe’l va ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadi: 
1. Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va
chiroyli hayotlarni 
xira va kuduratli qilib yuboradi. 
2. Ishning boshi – boshlanguncha. Eslatma: -guncha
qo‘shimchasini olgan 
ravishdoshgina kesim bo‘lib kelishi mumkin. 
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid
so‘z) bilan, 
shuningdek, fe’lning harakat nomi va sifatdosh shakli bilan
ifodalangan kesim 
ot kesim deyiladi: 
1) ot bilan: Axloqi zamimalarning eng zararligi hasaddur. (A.
Avloniy); 
2) sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol); 
3) son bilan: Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. (Maqol); 
4) olmosh bilan: O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur.
Webtopdfconverter.com


(Qo‘shiq); 
5) ravish bilan: Savobning eshigi ko‘p. (Maqol); 
6) modal so‘z bilan: Ish bor, vaqt yo’q. 
7) harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o‘qish; 
8) sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o‘lgani; (Maqol); 
9) taqlid so‘z bilan: Ko‘chada odam g‘ij-g‘ij; 
10) undov so‘z bilan: Endi uning holiga voy. 

(davomi)'>Fe’l kesim ish-harakatni, ot kesim predmetning turi yoki belgisini
ifodalaydi

Kesim
(davomi)

Kesimlar tuzilishiga ko‘ ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va
murakkab kesim. 
Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan
yurt bezanadi. 
Rost gapir. Haqiqat achchiq. 
Webtopdfconverter.com


Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 
1. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2. Sadafdan inju, ilondan
zahar hosil 
bo‘ldug‘i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo‘lur. 
3. To‘y – bahor kelganda. 4. Hamma gap – mening yo‘qligimda. 
Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.) ham
murakkab 
kesimni shakllantiradi. 
#Online_dars 
Kesim
(davomi)

Kesimlar tuzilishiga ko‘ ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va
murakkab kesim. 
Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan
yurt bezanadi. 
Rost gapir. Haqiqat achchiq. 
Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 
1. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2. Sadafdan inju, ilondan
zahar hosil 
bo‘ldug‘i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo‘lur. 
3. To‘y – bahor kelganda. 4. Hamma gap – mening yo‘qligimda. 
Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.) ham
murakkab 
kesimni shakllantiradi. 
#Juda kerakli
Webtopdfconverter.com


MURAKKAB OT-KESIMNING IFODALANISHI:
 
✓I. Ot-kesim + edi, ekan, emish, erur, emas bog‘lamalari yordamida.

Ⓜ️U o‘quvchi ekan. Ahvoli yaxshi ekan. 
✓II. Ot-kesim + bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq.

Ⓜ️U talaba hisoblanadi. U a‘lochi sanaladi. 
✓III. Harakat nomi + kerak, lozim, darkor, zarur, shart. 

Ⓜ️Bu masalani yechish kerak. Mehmonlarni kutib olish zarur.
Webtopdfconverter.com

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling