Biznes yuritishda siyosiy va xuquqiy omillar mavzusi bo‘yicha savol-javoblar


Download 25.28 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi25.28 Kb.
#1452129
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu boyicha amaliy mashg`ulotlar


Biznes yuritishda siyosiy va xuquqiy omillar mavzusi bo‘yicha savol-javoblar



  1. Siyosiy omil deganda nimani tushunasiz?

Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo‘layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabatini va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi.

  1. Siyosiy omilning biznesga ta’siri avvaldan rejalashtiriladimi?

Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag‘batlantirish yoki qo‘shilishmaslik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

  1. Siyosiy tizim holati biznesni rivojlantirishga ta’siri bormi?

Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo‘lmasa, tadbirkorlar katta investistiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo‘ljallangan turli xildagi operatsiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi.

  1. Xozirgi kunda bozor islohotlarini amalga oshirishda biznesni ahamiyati nimadan iborat?

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g‘oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo‘llabquvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir.

  1. Tadbirkorlik muhiti yaratishdagi asosiy omillar nimalar bo‘ladi?

Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to‘rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘likligi natijasida amalga oshiriladi.

  1. Tadbirkorlik(biznes)da ijobiy muhit nima?

Tadbirkorli muhiti ijobiy yoki rag‘batlantirish ko‘rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo‘ladi.
Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishiga keng imkoniyat tug‘diradi. Tadbirkorning o‘z ishi natijalarini oldindan ko‘ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi.


  1. Download 25.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling