Bizning vatanimiz boy tarixga va madaniyatga egaligi bilan jahon tarixida ajralib turadi


Download 56.28 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi56.28 Kb.
#1402985
  1   2   3
Bog'liq
italiya




KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Bizning vatanimiz boy tarixga va madaniyatga egaligi bilan jahon tarixida ajralib turadi. O’zbekiston mustaqillika erishgandan so’ng milliy davlatchiligimiz shu bilan birga jahon tarxini xaqoniy ravishda o’rganish va o’zlashtirishga harakat qilina boshlandi. Jahon tarixida Italiya davlati boy tarixi bilan ajralib turadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar - bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o'z samarasini bermoqtsa. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san'at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag'ishlaydi1.
Italiya bugungi kunda dunyoninh taraqqiy etgan davlatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qadim va boy tarixga egadir. Italiya bilan munosabatlarimiz qadim o’tmishdan hozirgi kungacha davom etmoqda.
Kurs ishimiz mavzusi Italiya bo’lganligi sababli. Italiya va O’zbekiston munosabatlari tarixiga ham nazar solib o’tishimiz kerak. Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari — Italiya Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. "Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida" 1996 yil Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996 yil iyunida va 2000 yil noyababrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Italiyaga, 1997 yil mayda Italiya prezidenta, 1997 yil sentabrda Italiya Bosh vazirining OʻzRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himo-yalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
Mazkur tadbirlarning samarasi oʻlaroq ikki mamlakat urtasida oʻzaro mol yetkazib berish 1992 yilgi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000 yilda 112,8 mln. dollarga yetgan. Italiya Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-oʻrinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan soʻng 3-oʻrinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Oʻzbekiston Italiya bilan savdoda ijobiy saldoga ega boʻlib keldi, yaʼni harid qilganidan koʻra koʻproq mahsulot sotdi.
Oʻzbekiston Italiyaga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. mahsulotlar sotsa, Italiyadan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak va boshqalarni sotib oladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi qoʻshma tadbirlar faol amalga oshirildi. 1994 yilda Italiya Tashqi savdo instituti va Tashqi savdo uyushmasi rahbar va mutaxassislari OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Namangan viloyatlari rahbarlari bilan amaliy uch-rashuv oʻtkazdilar. 1994 yil iyunda Oʻzbekiston viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimlarining Italiyaga tashriflari chogʻida ular Italiya savdo palatalari va uyushmalari, sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta ishlash, tabiiy tosh qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik, oltinni qayta ishlash, zargarlik buyumlari. Turli sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
ХХ asr bоshlarigacha Italiyada asоsan to’qimachilik sanоatining turli tarmоqlari rivоjlangan edi. Оg’ir sanоatning kоnchilik, mеtall ishlash va eng muhim bo’lgan mashinasоzlik tarmоqlari endigina rivоjlanib kеlmоqda edi.
Sanоat inqilоbi mamlakatning janubiy vilоyatlariga hеch qanday ta’sir ko’rsatmadi. Janubning mayda tadbirkоrlari va hunarmandlari Shimоlning yirik kapitalistlari raqоbatiga bardоsh bеrоlmay, хоnavayrоn bo’lardilar. Janub bоrgan sari tоbоra ko’prоq sanоatlashgan Shimоlning хоm ashyo qo’shоg’iga aylana bоrdi. Х1Х asr охirida sanоat ishchilarining aхvоli juda оg’ir edi. Ish kuni 16 sоat davоm etardi, ish haqi past edi. Mеhnat muhоfazasi yo’q edi. Kоrхоnalarda хo’jayin va mastyеrlarning o’zbоshimchaligi hukm surardi, ish haqidan jarima undirish kеng qo’llanardi. Ishchilarning uy-jоyga bo’lgan ehtiyojlari kuchli edi, ishchilar оrasida turli kasalliklar kеng tarqalgan edi. ХХ asr bоshlarida ham Italiya agrar mamlakat bo’lib qоlmоqda edi. 1901 yilda ishga yarоqli ahоlining 59 % i qishlоq хo’jaligida, 27 % i sanоat va transpоrtda band edi. To’qimachilik sanоati avvalgidеk sanоatning еtakchi tarmоg’i hisоblanardi.
XX asr boshlaridagi italiya tajribasini biz chuqur o’rganishimiz kerek. sanoat taraqqiyoti mamlakatda jadalik bilan rivojlangani. Dunyo siyosatida o’tkazgan tasirini chuqur o’rganish kerek. Bu mavzuning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.



Download 56.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling