Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying


Download 118.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi118.47 Kb.
#242480
Bog'liq
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tinish belgisi 040218145116



Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying. 

  

1. Borliq jim // har bitta darchada zangori shu`lalar porlaydi. 



2. Hamal keldi // amal keldi. 

3. Bizning qarorimiz shu// hasharda barchamiz qatnashamiz. 

4. Yer tosh qotgan// qor moylanmagan aravaday g`ichirlaydi. 

5. Bugun havo ochiq// derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi. 

6. Suv keldi//cho`llarda hayot boshlandi. 

7. Osmonda na oy na yulduz ko`rinadi// havo buzuq edi 

8. Faqat bitta iltimos// bir bayt o`qiyman, shuni yaxshilab eshiting. 

9. Yuragida qanday dard bor //mana bu menga sir. 

10. Kuz keldi//yig`im – terim ishlari boshlandi 

11. Siddiqjon to`xtadi// orqasidan kimdir kelayotgan edi. 

12. To`rt mashina o`g`it yubordik// fermerlarga vaqtida taqsimlansin 

13. Ehtimol sizda ham shunday hollar bo`lgandir// tun yarmidan og`g`anda birdan uyg`onib ketasiz 

14. Sabr ila bog`liq ish oshilur// ishda ochiqqan ko`p toyilur 

15. Yaxshi o`g`il -el obro`si// yaxshi qiz -uy obro`si 

16. Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi //hozir uning ko`ngliga bahs sig`mas edi. 

17. Qor yog`di //don yog`di. 

18. Qayerdadir xo`roz qichqirdi// tong otishi yaqinlashgan 

19. Ter to`kildi //dur yetishtirildi 

20. Ertaga cho`qqini egallaymiz// sovuq qattiq emas, shamol bo`lishi ham kutilmaydi 

21. Rais kirib keldi// majlis ochildi 

22. Bildi ota// foydasizdir qiynamoq 

23. G`animlar duch kelar// jang bo`lar puxta   

24. Bir vaqt dasturxon yozildi// turli taomlar kirdi 

25. Xushxabar olb keldim// garnizon yanchildi 

26. Doston aytdim// kitob bo`ldi 

27. U biladi, ishonadi //sinlisi o`zi bo`lmasa, uydirma-yu mish-mishlarga ishonadigan ayol emas 

28. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar// qizlarmaktab hovlisini supurdilar 

29. Elning bir so`zi bor // o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma 

30. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko`plarni qiziqtirardi //ko`plari hikoya eshitish uchun kelardi 

31. Qattiq charchagan edim //nima deb javob berganimni bilmayman 

32. Istiqlol davri bolalari g`ayratli, shijoatli// ko`zida chaqini , ko`ksida yolqini bor 

33. Endi nima bo`libshundoq bo`lganini aytib o`tirishga fursatim yo`q // idorada odamlar kutib o`tiribdi 

34. Urilmoq ham foyda// pishiq bo`lasiz. 

35. Ko`prikni  biz qurdik// dushmanlar o`tdi 

36. Kechasi shamol tindi// yo`l azodidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar. 

37. Qo`ng`roq chalindi// dars boshlandi. 

38. Orzum shul// o`chmasin yongan chirog`ing 

39. Dalasida o`smas tikanlar// cho`llarida chopmas ilonlar. 

40. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o`rniga o`tirdi //u ko`rmadi. 

41. Paxtalar qiyg`os ochildi// terim avjiga chiqdi. 

42. San`atkor tajang edi// tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,bir traktorist uni savodsizlikda aybladi. 

43. Shinel jiqqa xo`l // Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi. 

44. Traktorist tanqid qilganiga san`atkor  asti chiday olmas edi// traktor qayda-yu, masalan, “chorzarb” 

qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashula-chi qayoqda! 

45. Bir necha nafas shunday turgach, ko`zlarini ochdi//nur yo`qolibdi. 

46. Kampirning jig`ibiyroni chiqdi// ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig`irig`ini ko`tarib, 

vasaganicha, uyiga kirib ketdi. 

47. Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi //yangi oyning o`rog`i daryoda  qalqib-qalqib suzadi 

48. Ruboiyni ichida o`qidi// yuzini tabassum qopladi 



49. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik  //yo`lda arava tugul, piyoda ham 

zo`rg`a,qo`rqa-pia qadam bosadi. 

50. Tilmoch bitta-bitta bosib , eshikka tomon borarkan, orqasiga qaradi//  zal bo`m-bo`sh yetimchadek edi. 

51. Yaxshisi shu// har kuni savob ish qilishga odatlan. 

52. Bularni  ko`rib  hamma ishondi// Sobirjon bugun ,albatta, g`alabaga erishadi. 

53. Abror qizni  darrov tanidi: u qo`shni mahalladagi do`konda ishlar edi. 

54. Sizning qilayotgan ishingiz yomg`irga o`xshaydi// har bir tomchisi  don undiradi. 

55. Chol aqlli odam //unga o`rgatish ham mumkin, undan  o`rganish ham mumkin. 

56. Olamni quyosh yoritadi// insonni –ilm 

57. Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman // tanam hamma vaqt harakatda bo`lishi kerak. 

58. Eh, bu yerning nimasini aytasan// xayoldagi jannatning xuddi o`zi. 

59. Kimki mehnatning zo`rini qilibdi //odamning sarasi ana shu 

60. Ish kuchini elga berma, yerga ber //jamg`armani selga berma , elga ber! 

61. Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi// yiqilasan kishi. 

62. Yaxshini yomon  dema ,olising bo`lsa ham// yomonni yaxshi dema, yaqinig bo`lsa ham. 

63. Faxr bilan silkitib qo`l, derlar// Tilaymiz oq yo`l 

64. Ishning ko`zini bil// dala ham obod, choyxona ham 

65. Istiqlol kedi// o`zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi. 

66. Bizlar xizmatkor odam //nimani bilaylik ,to`ram . 

67. Navoiy H.Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi // isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo 

etish kerakligini talab qildi. 

68. Qirq to`rt so`mdan yigirma yeti so`mniolib tashladik// o`n yeti so`m qoldi. 

69. Hayhotday hovli fayzsiz // daraxtlar ostini o`t-olan bosgan,hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik 

qarg`a loqayd kezib yuribdi. 

70. Obidjin borib pechkaning ichiga qo`l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi 

71. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi// qo`llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi. 

72. Oltmishga kirib bildim// umrim bekorga o`tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman 

73. Kurashda bir tabiat qonuni bor// polvon davrada mag`lub bo`lsa,taqdirga tan berib ketmaydi. 

74. Elning bir so`zi bor //o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma. 

75. Axir shu qarorga keldilar //bolalarni buvimga topshiradigan va  akam o`zi bilan shaharga olib ketadigan 

bo`ldi. 

76. Mashina haydovchilariga qiyin bo`ldi //shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlarni tinimsiz to`xtashga 

majbur qilardi. 

77. Beshinchi kun hamma narsa ma`lum bo`ldi // ko`rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan 

to`tiqush bajarayotgan ekan. 

78. Hargiz talabi shuhrat  etmakim// ofat turur. 

79. Nodon aytur: g`olib chiqdim, dono aytur// yo`l berdim 

80. Qrim urushidan keyin hammasi chappasiga o`zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. 

81. Yolg`on o`rmonga o`xshaydi// o`rmonga qanchalik kirib boraversang,undan chiqib olish hamshunchalik 

qiyinlashaveradi. 



 

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling