Bola tarbiyasida axloqning muhim ro`li
Download 15.77 Kb.
|
Макола
Bola tarbiyasida axloqning muhim ro`li Bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash g`oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi.Zero ,har bir shaxs birinchidan,jamiyatimizning a`zosi sifatida hayotimizda amalga oshirilayotgan islohatlar,yangilanishlarning yaratuvchisi,jamiyat sub`yekti bo`lsa, ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob`yektidir. Ma`lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma`naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat.Albatta, bu jarayon insonga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Bilim saviyasi yetarli bo`lgan kishilar har qanday murakkablikni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba`zilar esa bunday holatda esankirab qoladi.Natijada loqaydlarcha munosabatda bo`ladi, ba`zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Shunday ekan salbiy og`ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko`lamini kuchaytirish, ta`sir ko`rsatish darajasini oshirishni taqozo etadi.Buning uchun esa keng omma shu jumladan salbiy og`ishga moyil bo`lgan shaxslar bilan shug`ullanishning faol yo`l ,usul, vositalarini aniqlash, ularga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishning uslubiyotini ishlab chiqish zarur.Bu ma`suliyatli ish ta`lim muassasalarida, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshiriladi Axloqimizning binosini go`zal va chiroyli bo`lishida albatta tarbiyaning ta`siri bor.Ba`zilar ``tarbiyaning axloqqa ta`siri yo`q , insonlar asl yaratilishida qanday bo`lsalar , shunday o`sarlar , tabiat o`zgarmas`` deydilar.Lekin bu so`z to`g`ri emas.Chunki tarbiyaning axloqqa albatta , ta`siri bo`ladi. Tarbiya - `Pedogogika``, ya`ni bola tarbiyasining fani demakdir.Har bir millatning saodati , davlatining tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`liqdir. Abdulla Avloniyning ``Turkiy guliston asarida ham ``Beshikdan to mozorga borguncha ilm o`rgan `` deyilgan.Ilm axloqning asosi. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoqlik, tanini pok tutmoq, yaxshi xulqlarni o`rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o`stirmoqdir.Tarbiya qilguvchilar tabib kabilardir.Tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi ,tarbiyani bolaning vujudida ``yaxshi xulq`` degan davoni ichidan ``poklik degan davoni ustidan berib katta qilmoq lozim.Tarbiyani tug`ilganimizdan boshlamoqlik, fikrini nurlantirish, zehnini ravshanlanyirish, axloqini go`zallashtirish lozim Tarbiyani biz uchga bo`lib olishimiz mumkin:badan tarbiyasi ,fikr tarbiyasi,axloq tarbiyasi. Badanning salomat va quvvatli bo`lishi insonga eng kerakli narsadur Chunki oqish va o`rganish uchun kuchli va sog`lom bolishi lozim.Sog` badanga ega bo`lmagan insonlar ishlarida kamchiliklar qiladilar. Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog`lom vujud kerakdir.Shuning uchun ota –onalar bolasi kasal bolishi bilan beparvolik qilmasdan , tezlik bilan davolatmog`i kerak. Fikr tarbiyasi eng kerakli kop zamonlardan beri muallimlarning diqqatlariga suyalgan , vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir.Fikr insonni g`ayratli bo`lishiga sabab bo`ladi.Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtoj ,chunki fikrning quvvati , ziynati, kengligi muallimlarning tarbiyasiga bog`liq. Dars bilan tarbiya orasida biroz farq bolsa ham biri biriga bog`liq,birining vujudi birining taniga boylangani kabi. Axloq tarbiyasi: insonlarning eng ziyoda , baland daraja beruvchi tarbiyadir . Download 15.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling