Mavzu: nutqimiz bezagi a ta’limiy maqsadi
Download 0.93 Mb.
|
3-sinf ona tili ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Tashkiliy qism.
- III.Yangi mavzu bayoni.
- IV.MUSTAHKAMLASH
SINF:3-G FAN:ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI MAVZU:NUTQIMIZ BEZAGI a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarda nutqimiz bezagi mavzusiga oid bilimlarini shakllantirish. b) tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarda dars berish jarayonida birodarlik, hozirjavoblik , topqirlik fazilatlarini tarbiyalash . d)rivojlantiruvchi maqsadi:o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, chiroyli nutqda gapirish malakasini rivojlantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish; Dars turi: yangi bilim,ko’nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars. Dars metodi: noan’anaviy, savol-javob,suhbat , “ Nima o’zgardi? ”o’yini. Dars jihozi: darslik,mavzuga oid rasmlar,tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar, notebook,multimedia ilovasi. I.Tashkiliy qism.O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,navbatchi axborotini o’tkazish. Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish. Darsning shiori: Ishga yarab qolsa ilming bir muddat Uni oshirmoqqa aylagin shiddat. (Mirzo Ulug’bek) II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash .O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning bilimlari turli xil o’yinb va metodlar yordamida asosan savol javob yordamida mustahkamlanadi. O’quvchilarda o’rganishi qiyin bo’lgan mavzu qisimlar tez va tushunarli qilib yana yodga olinib ketiladi. III.Yangi mavzu bayoni. Qani birinchi rasmda onajonisining tug’ilgan kuniga bag’ishlab kim tabrik yo’llaydi? Ikkinchi rasmdagi qahramonimiz o’rnidan kim nutq so’zlaydi? Uchinchi rasmdagi vaziyatga e’tibor qilamiz.Madina qizimiz Jarqo’rg’on tumanida o’tkazilgan tennis bo’yicha musobaqada faxrli birinchi o’rinni egalladi.Sinfdoshingiz Madinaxonga yutuqlari uchun qanday tilaklar bildirasiz? To’rtinchi rasm asosida o’quvchilarimiz ya’ni sinfimiz faollari hozirgi kunda o’zlarini tashvishga solayotgan muammolarning yechimini izlamoqda.Qani ular qanday yechimini topishadi?O’z nutqlarida qanday so’zlardan foydalanishadi? IV.MUSTAHKAMLASH Uyga vazifa Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling