Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari
Download 9.62 Kb.
|
Спорт формаси тарақҚиётининг фазолилиги ва унинг мезонлари-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Jismoniy tarbiyaning zvenolariga
Спорт формаси тарақҚиётининг фазолилиги ва унинг мезонлари Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalariReja: Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi – o’quv fan sifatida O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining yetakchi tushunchalari Valieva sadoqat Tayanch so’zlar Jismoniy tarbiya, sog’lomlashtirish, moddiy-texnika bazasini, yurak-qon tomirlari, - suyaklar sistemasi, ichki organlarning,ovqat hazm qilish, modda ajralish, psixik jarayonlar, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy mashq, sport, jismoniy kamolat, moddiy boyliklar, ma’naviy boyliklar. O’quv muassasalarida (maktabgacha ta’lim muassasalari, umum o’rta ta’lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari) shug’ullanuvchi o’quvchi-yoshlarning(bolalarning) jismoniy tarbiyasi O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo’limi bo’lib hisoblanadi. Bu eng katta bo’lim bo’lib, bunda o’quvchi-yoshlar (bolalar) bilim tajriba va harakat maxoratini maktabgacha ta’lim muassasasida, umum o’rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarda davom ettirishlari ko’zda tutilgan, demak, mana shu yillar mobaynida jismoniy tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo’ladilar.Jismoniy tarbiyaning zvenolariga: 1.Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi. 2.Maktab yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya. 3.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlardagi jismoniy tarbiya. 4.Oliy o’quv yurtlardagi (VUZ) jismoniy tarbiya. 5.O’zbekiston armiyasi (va harbiy flot) jismoniy tarbiyasi. 6.Ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlaridagi jismoniy tarbiya kiradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning masalalarini asoslashda va mutaxassislar tayyorlashda P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, Ye.A.Arkin kabi buyuk olimlarning hissasi katta. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimining kelajakdagi ravnaљiga, pedogogika fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari A.N.Bikova, L.Gorinevskaya, D.V.Xuxlayeva (1950-60y.y) sobiq sovet akademiyasining xodimlari M.Yu.Kistyakovskiy, N.T.Terexova, T.N.Osokina, Ye.L.Timofeyeva, B.Ch.Vavilova, A.A.Udyalova va boshqalarni (1960y.), pediatriya ITI hodimi Z.S.Uvarova, bolalar va o’smirlar gigiyenasi ITI хodimi G.P.Yurko va boshqalar, jismoniy tarbiya institutlari, maktabgacha pedogogik kafedralarning o’qituvchilari o’z hissalarini qo’shganlar.Download 9.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling