Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarni shakllantirish
Download 52.08 Kb.
|
Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarni shakllantirish
Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarni shakllantirishBAJARDI:____________Bolalarga o`zga tilni o`rgatishda grammatik qoidalar alohida o`zlashtirilishi lozim bo`lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o`zlashtirib olish ko`nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o`rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o`yin-mashqlarda shakllantiriladi. O`yindagi harakatlar ko`plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo`lmog`i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o`z fikrini aytishi ikki so`zdan iborat bo`lishi kerak: ikki qo`g`irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o`yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo`lgan bir nechta o`yinchoqlarni qo`liga oladi. Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a`zoli gaplarni to`g`ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog`lovchilarni qo`llaydi; u o`z nutqida qo`shma gaplardan, ko`pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo`shma gaplardan foydalanadi: qo`shimcha gaplar -«Kamol nima ko`rganligimizni so`radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do`konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg`ir yog`masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. O`z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim. Maktabgacha ta`lim tashkilotining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o`rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg`ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog`liqlikda amalga oshiriladi. Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko`nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo`lishi mumkin. Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg`ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga birbirining o`rnini bosishi mumkin bo`lgan gaplar tuzishni o`rgatadi. Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o`yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to`g`ri nutq ko`nikmalarini shakllantirishda asosiy o`rinni egallashi lozim. Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo`llashni o`rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo`nalishi bo`lishi mumkin. Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o`qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.). Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o`qiyapti». Tarbiyachi o`qiyotgan bola so`z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so`z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so`ngra bolalardan so`raydi: «Qaysi bola?» - «O`qiyotgan bola» Mashg`ulot uchun eng ko`p qo`llaniladigan fe`llarni olish va ulardan xozirgi zamondagi xaqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma`lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saklab qolishlari va zarur bo`lganda ularni o`z nutqiga qo`sha olishlari juda muhimdir. Bolalarning sifatdoshlarni qo`llashlariga oid ishlar tabiatni kuzatish chog`ida, rasm chizish mashg`ulotlarida, badiiy adabiyotni o`qish jarayonida o`tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: Predmetni, uning belgilarini ko`rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so`z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo`r bo`lib aytgan ma`qul. Muayyan so`zning hosil bo`lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so`zi chizmoq so`zidan, «raqsga tushayotgan» so`zi raqsga tushmoq so`zidan. Sifatdoshga savollar qo`yish: «Dala qanday, sarg`ayayaptimi?» - «Sarg`ayayapti». Ot va sifatdoshdan iborat bo`lgan so`z birikmasi asosida gap tuzish: sarg`ayayotgan barglar - «Olmaning sarg`ayayotgan barglari ko`rinib turibdi»; g`irillayotgan samolyot - «g`irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o`tdi» va x.k. Maktabgacha ta`lim tashkiloti ta`lim tizimining eng muhim sohasi bo`lib barkamol avlod asosan ana shu bo`g`inda shakllanadi. Shunga ko`ra maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog`lanishli nutqni rivojlantirish ham ta`limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo`lib hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim tadqiqotlar olib borilgani xolda bog`lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tevarak-atrofni o`rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning so`z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko`rinishidir. Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko`rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro`y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega. Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish Hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir. Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o`zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o`z so`zlari kategoriyasini yaratadi. Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug`at to`plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o`rganayotgan bola ko`p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin. Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma`nosini tushunish - o`sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni Faqat barcha grammatik shakllarni o`zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o`qishga yaxshi tayyorlangan bo`ladi. Agarda o`qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo`lgan otlar bilan birgalikda qo`llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo`lgan fe`l nomini ayta olishlariga e`tibor berish juda muhimdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o`yinlar, narsalar bo`yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o`rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o`tkazishda tarbiyachi bolalarning o`zlariga ma`lum bo`lgan barcha grammatik shakllarni qo`llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to`liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe`llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o`ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko`makchilar va bog`lovchilar. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 52.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling