Bolalarda nutq, tasavvur, diqqat, xotira, tafakkur va mayday qo’l motorikasini rivojlantirish


Download 413 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi413 Kb.
#1632821
Bog'liq
Alimova Dilafruz bolalarda nutq



MEN VA MENING OILAM”


mavzusida
Bolalarda nutq, tasavvur, diqqat, xotira, tafakkur va mayday qo’l motorikasini rivojlantirish.
Mavzu: “MEN VA MENING OILAM”
Faoliyatning
maqsadi: tarbiyalanuvchilarning oila xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish, nutqni rivojlantirish, so’z boyligini rivojlantirish, so’z boyligini boyitish.
Rivojlantiruvchi: bolalarning o’z uylariga, yaqinlariga muhabbat tuyg’ularini uyg’otish, markazlarda ishlashni ta’minlash.
Tarbiyaviy: bolalarning o’z uyiga bo’lgan mehrini oshirish, oila a’zolarini qadrlashga o’rgatish.
Usullar: suhbat, savol – javob, kuzatish, tushuntirish, ko’rsatish.
FAOLIYATNING BORISHI
Salom bolajonlar, qanday, kayfiyatlar yaxshimi?
Faoliyatga tayyormizmi?
Bugun bolalar, biz sizlar bilan “Men va mening oilam” mavzusida suhbatlashamiz. Buning uchun biz oldin jonlanib olamiz. Va o’z olilalarimiz xaqida bir – birimizga aytib beramiz. Kelinglar, bolalar men birinchi bo’lib o’zimni va oila a’zolarimni tanishtiraman.
Men Mamasaidova Maxpiratxon shu bog’chada psixolog bo’lib ishlayman. Oilamizda 5 kishidan iboratmiz. Qani endi kimdan boshlaymiz?
Bolalar navbatdan o’zini va oila a’zolarini tanishtirishadi.
Mening ismim Nurillo. Yoshim 6 da, olilamizda 5 kishimiz. Dadam, onam, akam, men va ukam.

Bolalar navbatdan tanishtirib bo’lganlaridan so’ng,
Qani bolajonlar, oila, ota – ona xaqida she’rlar bilasizlarmi?

  • Xaa, deb javob beradi bolajonlar.

Bolalar ommaviy maqollar aytishadi.

  1. Ota aql – ona idrok.

  2. Ota – bola bir bog’

Biri gul, biri bog’bon

  1. Otangni quyosh bilsang,

Onangni oy bil.

  1. Ona daraxt – bola meva.

  2. Bola loy – ona kulol

She’r
Oyim uyda bo’lsalar,
Uyimiz to’lib ketar.
Dadam ishdan kelsalar,
Yana to’y bo’lib ketar.

Bo’lmasalar, ularning


O’rinlari yo’qlanar,

Xammamiz bir burchakda,


Shodligimiz yo’qolar.

Barakalla bolajonlar aytib bergan she’r va maqollaringiz uchun sizlarga raxmat.
Bolajonlar kelingla shu biz sizlar bilan rivojlantiruvchi markazdan foydalanib uyimizni, oila a’zolarimizni tasvirlaymiz. Qani marxamat kim nimadan foydalanib o’z uyini, oila a’zolarini tasvirlab beradi? O’zinglar uchun kerakli jixozlarni olinglar va chiroyli, ozoda qilib yasanglar, chizinglar.
Bolalar rivojlantiruvchi markazlardan uylarini uchun karakli jixozlarni olib, lego, plastilin, qumli plastilin, rangli qalamlar, rangli qumlar, rangli qog’ozlar, qaychi, geometrik shakllardan, yelim, sanoq cho’plar, rangli iplar, rangli sharlar, rangli marker, akvarel bo’yoqlaridan foydalanadilar. Faoliyat davomida bolalarni ishlari kuzatilib turiladi. Qiynalgan bolalarga yordam, ko’rsatmalar beriladi.
Bolalarning ishlari tayyor bo’lganidan so’ng o’zlari qanday ishlaganlari, nimalarni tasvirlaganarini izoxlab beradilar. Bolalar ishlash davomida o’zlari hohlagancha erkin xarakat qiladilar. Bolalarni bajargan ishlariga qarab rag;batlantiriladi va bog’cha xaqidagi she’rlari ommaviy aytiladi.
BOG’CHAMIZDA

  1. Hamma bola inoqmiz,

Yaqin do’stmiz, o’rtoqmiz.
Bog’chamizda, bog’chamizda.

  1. Sog’ bo’ling deb o’ynatar,

Quvnoq bo’l deb kuylatar.
Bog’chamizda, bog’chamizda.

  1. Tanamiz kuchga to’lar,

Tilimiz burro bo’lar,
Bog’chamizda, bog’chamizda.



  1. Yuzlar o’xshar oftobga,

O’rganamiz odobga,
Bog’chamizda, bog’chamizda.

  1. Yo’llar bizni hayotga,

Minnatdormiz g’oyetda,
Bog’chamizda, bog’chamizda.


Psixologlarga “Sayoxat trenengi” o’tkaziladi.
Xurmatli kasbdoshlar! Xammamiz sayoxatga chiqishni yaxshi ko’ramiz. Kelinglar sayoxatga borish uchun tayyorgarlik ko’ramiz.Jomadonimizni olamiz, kerakli kiyimlarimizni joylaymiz. Sayoxat uchu eng kerakli narsa nima? Bu albatta pul. Ayollar pullarni qayerga qo’yamiz? Biron kishi olib qo’ymasin deb albatta yuqoriroq jayga qo’yamiz. Shaf tepasiga pul olish uchun qo’llarimizni cho’zamiz. Yaxshi yana xam balandroq ko’taramiz qo’llarni. Pullarni olganimizdan so’g qo’llarimizni yonimizdagi sherigimizni yelkasiga qo’yamizda, yelkalarini massaj qilamiz va chap tomonga burilib yana yuqoridagi harakatlarni takrorlaymiz. Sayoxatga chiqishga tayyormiz, e’tiboringlar uchun raxmat.
Faoliyat yakunida musiqa terapiya o’tkaziladi, bunda bolalarga tezlik bilan musiqa oxangiga moslashish va xarakat qilish kerak, bunda bolalarni diqqati, tasavvuri, qo’l xarakat motorikalari rivojlanadi. Bolalarda qo’shni mamlakatlarga nisbatan xurmat, qiziqishni uyg’otadi.
Bolalarni charchoqlari yozilib, kayfiyatlari ko’tariladi. Bolalardagi yashirinib yotgan ichki hissiyotlari ochiladi, yana xam yaxshiroq xarakat qilishga intiladila.
Bolalarga ishtiroklari uchun raxmatlar aytilib, faoliyatga yakun yasaladi.
Raxmat bolajonlar, sog’ bo’linglar, ko’rishguncha.



Download 413 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling