Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli


Download 132.1 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi132.1 Kb.
#1769495
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar-hozir.org

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli


  • Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani oʻzlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, koʻrgazmali, оʼyin, eng oddiy mehnat va oʻquv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni oʻzlashtirib, faollik koʻrsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bogʻliq bilimlar, malaka, koʻnikmalarni oʻzlashtiradi. Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.

  • Faoliyat — kishining moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi maʼlum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.

  • Faoliyat — insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat — bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni)6.

2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari


  • Bu davr oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha boʻlgan davr mobaynida bolaning nutqi va oʻzgalar to- monidan aytilgan soʻzlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan boʻlsa, 2-3 yoshga kelib, oʻzgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy soʻz taʼsiriga tez berila­di.

  • Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab sheʼrlar aytish hamda raqsga tushishni oʻrgatish lozim. Ularda kattalarga joʻr boʻlib qoʻshiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish koʻnikmasi shakllanadi.

  • Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida oʻzaro muloqotga kirishish koʻnikmalari shakllana boshlaydi. Taʼlim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu koʻnikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yoʻnaltirilmogʻi lozim.

4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari


  • Bola 3 yoshga qadam qoʻyganda jismoniy oʻsishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning ogʻirligi 14-15 kg., boʻyi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraq- qiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida oʻz xatti-harakatlarini idora qilish koʻnikmasiga ega boʻladilar. Ulardagi mustaqil- lik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib bora­di. Jamoa boʻlib oʻynash koʻnikmalari shakllanadi. Oʻyin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki koʻrinishlari namoyon boʻladi. Uch yoshli bolalar­ning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda oʻyin faoliyati yetakchi rol oʻynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yoʻl ochadigan taʼlimiy mashgʻulotlar tizimini belgilab berishga yoʻnaltirilgan.

5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari


  • Bola toʻrt yoshga yetgach, uning jismoniy oʻsishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida boʻyi 105-108 sm gacha oʻsadi, ogʻirligi esa 18-19 kg boʻladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar poʻstlogʻining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat oʻzgarishlar sodir boʻladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash koʻnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan boʻladi. Barcha ha­rakat va faoliyatlarni oʻzi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, oʻyinqaroq, oʻta qiziquvchan boʻladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni toʻgʻri ovqatlantirish, oʻz vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda boʻlishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega.

6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari


  • Bu davrda bolaning boʻyi 7-8 sm ga oʻsadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, ogʻirligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli, qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning toʻgʻri oʻsishini taʼminlashga alohida eʼtibor berish kerak. Ilia ruing yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan boʻladi. Olti yoshga yetganda miya poʻstlogʻining asab katakchalari rivojlanib, ogʻirligi va tashqi koʻrinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon boʻlishini taʼminlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson boʻlgan taqdirda uning oldini olish choralarini koʻrish lozim. Bu yoshdagi bolalarning soʻz boyligining rivojlanishiga alohida eʼtibor berish lozim. Ularning nutqidagi soʻzlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini toʻla qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash koʻnikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Download 132.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling