Bolaning dunyoqarashi
Download 99.04 Kb.
|
Bolaning dunyoqarashi
Bolaning dunyoqarashiGroup: 301 (MBT) uzSulaymonova XumoraReja:1. Kichik maktab yoshi davrida bolalar dunyoqarashi2. Kichik maktab yoshi davrida bolaning “Men”ining shakllanishi. Atrof-muhitga bo’lgan munosabati.3. Bola dunyoqarashini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.Tayanchiboralar: yosh, bolalar dunyoqarashi, atrof-muhit, “Men”obrazi, oila, jamiyat, munosabat, ta’siretuvchiomilar,fikrlash, psixologikxususiyatlari, rivojlanish, muhit, ta’lim-tarbiya,Dunyoqarash haqida umumiy tushuncha.Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarash ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit dunyoqarash shakllanadi.Download 99.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling