Kasbiy psixologiya mustaqil ish mavzu: Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi psixologik omillar
Download 399.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqS6-20 Aminjonov Zoirjon
Kasbiy psixologiya MUSTAQIL ISH Mavzu: Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi psixologik omillarGuruh: S6-20 Bajardi: Aminjonov Zoirjon Tekshirdi: Axmedova A.AToshkent 2023 Biz yangilanayotgan, ijtimoiy hayot qonunlariga asoslangan milliy psixologiyamizni yaratish uchun nimalarga asoslanishimiz kerak? Eng avvalo tarixiy xotirani, milliy iftixor va milliy g‘ururni, milliy ruhiyatimizni rivojlantirishimiz zarur. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz xalqimizning milliy iftixoridir. Shu kabi buyuk zotlarning asrlar davomida aqlu zakovati ila bunyod etilgan boy ma’naviy ruhiyati tufayli xalqimiz e’tiqodli, mag‘rur yashadi. Ana shu milliy dunyoqarash, milliy e’tiqod, milliy ong, ana shu milliy g‘urur bugungi istiqlolimizning oltin poydevoridir. Nihoyat, haqiqiy milliy psixologiyani yaratishda bugungi psixolog va pedagoglarimizning dunyoqarashi, ongi, shuuri, tafakkuri, qolaversa, milliy madaniyati va e’tiqodi qanday bo‘lishi kerak, degan savolga aniqlik kiritishga to‘g‘ri keladi. Inson tafakkuri tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Odamzod dunyoqarashi dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas bog‘langan edi. Bu konkret amaliy tafakkur edi. Keyinchalik dunyoqarash shakllangan sari tafakkur konkret tafakkurdan abstrakt tafakkur sari va amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur sari taraqqiy qilib bordi. Tarixiy dunyoqarashning muayyan bosqichida ilmiy tafakkur tarkib topdi, voqelik ana shu ilmiy tafakkur yordami bilan to‘laroq, chuqurroq, aniqroq bilib olindi. Odamning dunyoqarashi voqea-hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy hayot qonunlarini o‘zining dunyoqarashi yordami bilan oladi. Insonning dunyoqarashi endi fan, san’at, murakkab texnologiya ham yaratadi. Odamlar ilmga asoslangan dunyoqarash yaratishga intiladilar va shunga harakat qiladilar. Taraqqiy qilayotgan dunyoqarash fan-texnika va san’at esa o‘z navbatida kishilar ongining o‘sishiga, ularning ma’naviy dunyoqarashiga ta’sir etadi. Odamlar tafakkuri taraqqiyotining oliy bosqichi dialektik va ilmiy dunyoqarashdir. Odam o‘zining dunyoqarashi orqali tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatni o‘ziga asta-sekin bo‘ysundiradi, uni o‘ziga xizmat qilishga majbur etadi, lekin dunyo odamni qanoatlantirmaydi va odam o‘z dunyoqarashi bilan hatto jamiyatni o‘zgartirishga harakat qiladi. Unga tarixiy taraqqiyot jarayonida uzoq kurashlar yo‘li bilan inson ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siridan qutiladi, ijtimoiy dunyoqarash qonunlarini sekin-asta bilib olib, jamiyatga uyushgan holda ta’sir ko‘rsata boshlaydi, inson jamiyatning taraqqiyotini muayyan yo‘lga sola boshlaydi. Mustaqil Vatanimizda kishilarning dunyoqarashi erkin mehnati zo‘r ijodiyot ekanligini ta’kidlash kerak. Endi Mustaqil Vatanimiz kishilari mustabid tuzum kishilari emas. Istiqlolimizning g‘alabasi kishilarning yangi ma’naviy qiyofasi va g‘oyaviy dunyoqarashida yaqqol ko‘rinib turadi. Endi istiqlol egalarining ma’naviy qiyofasi avvalo o‘z mehnatlariga mustaqil jamiyatimiz uchun muhim ish deb va Vatan oldidagi muqaddas burch deb ongli munosabatda bo‘lishlarida ko‘rinib turadi. Vatanimiz kishilarning dunyoqarashi, milliy va ma’naviy qiyofasi O‘zbekiston xalqlari psixologik tuzulmasining hamma eng yaxshi xususiyatlaridan, ya’ni ana shu xalqlarning tarixiy taraqqiyot jarayonida mustabid tuzum va terrorchilikka qarshi kurashda qaror topgan milliy xususiyatlaridan oziqlanadi, kelajakda ham shu xususiyat va xislatlarni o‘ziga singdiradi. Shunday qilib, ijtimoiy hayot sharoiti o‘zgargan mustaqil mamlakatimizda yoshlar ommasining tafakkurida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganini, ilgari qizil imperiya tuzumi, zulmi ostida bo‘lgan kishilarning ongi va dunyoqarashida qanday o‘zgarishlar bo‘layotganligini bugungi kunda ochiq-oydin ko‘rib turibmiz. Bugun milliy istiqlol g‘oyalarini shaxs ongiga singdirish psixologik muammo sifatida odam dunyoqarashini va ongining kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va ijtimoiy e’tiqodini shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Bu fan odam ongi va shaxsining rivojlanish masalalarini hamda uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganadi va o‘rgatib boradi. Shaxsning ruhiy potentsial imkoniyatlari birinchi marta bizning mustaqil mamlakatimizda istiqlol sharoitining imkoniyatlari yana bir marta shuni isbot etdiki, inson qobiliyatlari va iste’dodlarining kamol topishi, dunyoqarashi va e’tiqodining o‘zgarishi ijtimoiy hayot formalariga bog‘liqdir. Istiqlolga erishgan xalqimizning ongi birdaniga shu tariqa o‘zgarmaydi, albatta. Mustaqil jamiyatimiz o‘z bag‘rida yashayotgan har bir kishidagi barcha dunyoviy tushunchalar, ma’naviy e’tiqodlarining yuzaga chiqishi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib berdi. «Xo‘sh, ma’naviy e’tiqodsizlik eng avvalo nimalarda namoyon bo‘ladi. E’tiqodsizlik har qanday muqaddas axloqiy qoidalar, huquqiy normalarni yemiradi. So‘z bilan ish birligining uzilishiga olib keladi. E’tiqodsizlikning asosida bilimsizlik yotadi. Bilimi sayoz kishida e’tiqod, iymon, diyonat yuzaki bo‘ladi»1. Sobiq tuzum davrining so‘nggi 20-30 yillar ichida «jadallashtirish» degan dastur e’lon qilinib, jamiyat hayotida kechishi lozim bo‘lgan yoinki kechayotgan jarayonlar sun’iy ravishda tezlashtirilgani, bu nomaqbul siyosat oxir-oqibatda tuzumning zo‘riqishi va tanazzuliga sabab bo‘lganligini boshimizdan kechirdik. Bu o‘z navbatida bilimi past kishilar sonining ortib borishi, yoshlarning jismonan zaiflashib borayotganligi bilan psixologik bog‘liqdir. Ma’naviy qashshoqlikning eng muhim ko‘rinishlaridan biri va eng dahshatlisi mustaqil fikrlash madaniyatining yo‘qligidir. Mustaqil fikri yo‘q kishi qo‘rqoq bo‘ladi. Chunki qo‘rqoqlik bilan e’tiqodsizlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. E’tiqodsizlik inson ongining zaifligidan dalolat bersa, qo‘rqoqlik insonning amaliy faoliyatida sodir bo‘ladi. Bola tarbiyasida, yoshlarni ilm yoki bir hunar olishga yo‘naltirishda ularning psixologik imkoniyatlari (layoqati, xohish-istagi va moyilliklari)ni inobatga olmasdan yo‘nalish berilsa, ma’naviy e’tiqodi ham zaif bo‘lib shakllanadi. Ular yengil-elpi yashashga, mehnat qilmasdan pul topishga intiladilar. Ongi va kundalik faoliyatida hukmronlik qilayotgan bunday kayfiyat ta’sirida qolgan yoshlar, hatto nopok yo‘llardan ham qaytmaydilar, o‘z e’tiqodiga qarshi ish qiladilar. Ijtimoiy adolat printsiplarini tushunmaydilar. Hatto davlat, jamiyat mexanizmini zaiflashtiradilar. Xullas, odamlardagi iymon-e’tiqodga zarba beradi. Download 399.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling